1-fasl. Ma’naviy merosimizda bozor iqtisodiga munosabat


-fasl. Ma’naviyat va bozor


Download 23.81 Kb.
bet3/6
Sana11.09.2023
Hajmi23.81 Kb.
#1675900
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
iqtisod

3-fasl. Ma’naviyat va bozor.
Ma’naviyatning bozori bormi? Yo‘q. Chunki bozor insonlar aro iqtisodiy muomala maydoni, iqtisod esa ma’naviyatga emas, moddiyatga aloqador hodisa. Ammo inson moddiy vujud ekan, uning ma’naviyati ham moddiy voqelikda o‘zligini namoyon etishi tabiiy. Bu - madaniyatdir. Madaniyat - inson ma’naviyatining moddiy voqelik shaklida namoyon bo‘lishi. Demak, ma’naviyat va bozor munosabatlarining ikkinchi muhim jihati madaniyat va bozor nisbati tariqasida bugunning eng dolzarb muammolaridan bo‘lib turipti. Madaniyat o‘z-o‘zicha olib qaralmaydi, u kimgadir nima uchundir kerak. Masalan, sho‘rolar tuzumida “sosialistik madaniyat” degan tushuncha bo‘lardi. Bu kommunistik partiya va uning mutlaq hukmronligini ta’minlashga xizmat qilgan “sovet davlati” uchun kerak bo‘lgan “madaniyat” edi. “Sosialistik madaniyat” totalitar tuzum “qadriyat” larini insonlar ongiga singdirishga yo‘naltirilgan edi. “Burjua madaniyati” esa xususiy mulk egalari uchun qadrli bo‘lgan timsollarni ilgari suradi.
Dunyoda ijtimoiy toifalar ko‘p. Har biri o‘zi qadrli deb bilgan narsalarni, o‘z manfaati uchun xizmat qiluvchi g‘oyalarni himoya qiladi. Ammo haqiqiy madaniyatni o‘zligidan kechib qo‘ygan, xolis Alloh bergan iste’dodni uning roziligi yo‘lida yuzaga chiqarishni o‘ziga burch deb bilgan insonlar yaratadi.
Haqiqiy madaniyat namunasidan ma’naviyat nuri yog‘ilib turadi. Chunki iste’dodli shaxsning qalbidagi nur uning asariga ko‘chadi. Bunday asarlar insoniyatning boqiy mulkidir. Ammo inson moddiy, bu dunyo moddiy voqelik, shunday ekan, iste’dodli insonlarning ham ro‘zg‘ori, oddiy insonga yarasha turmush tashvishlari bor. Madaniyat bozori eng murakkab voqelikdir. Bozor iqtisodining ibtidoiy bosqichlarida bu bozor butkul parokanda shaklda bo‘ladi, unda noqislik komillik bahosida, yuksak iste’dod bir qop somon bahosida ketishi mumkin.
Ammo bu bozorning noqisligi ibtidoiyligi belgisidir, bozor iqtisodi rivojlangani sari madaniyatning bahosi oshib, ma’naviyatning mavqei yuksalib bora beradi. Bugun jahonnning yuksak rivojlangan mamlakatlarida ilm, axborot, sifat ko‘rsatkichlari (masalan, dizayn) jumladan, oziq-ovqat sifati, borgan sari yuqori baholanmoqda. Insonni tushunish endigi insoniyat rivojining belgilovchi omiliga aylanib borayotgani bunga dalildir.
Demak, ma’naviyatga, madaniyatga e’tibor bozor iqtisodining bugungi jahon talablari darajasiga ko‘tarilib borishida yetakchi ko‘rsatkichlardan hisoblanadi. Ammo masalaning ikkinchi jihati ham bor. Biz - ma’naviyat va madaniyat sohasining odamlari, o‘zini ziyoli sanab yurganlar ham eski aqidalardan, ko‘nikmalardan iloji boricha tezroq forig‘ bo‘lishimiz, Alloh bergan farosatimizni ishga solib, o‘z sohamizda mantiqli tadbirlar ishlab chiqishimiz kerak. Agar qo‘limizdan kelmasa, olimligimiz, ustozligimiz haqidagi da’volarni yig‘ishtiraylik va boshqa kasbning boshini tutaylik. Ammo olim va ustoz bo‘lish niyatimiz bo‘lsa, haqiqiy olim, haqiqiy ustoz bo‘laylik, ya’ni qilayotgan ishimiz, gapirayotgan gapimiz bugungi voqelikka qanchalik muvofiq ekani ustida o‘ylab ko‘rib, el tilagan ishni qilaylik. O‘zimiz o‘rgangan “eski plastinka”ni qayta-qayta aylantira bermaylik. “Sosializm” yo‘q, uning talablari bugun bekor bo‘ldi. Bugunning talablari qanday? Shu savolni o‘z oldimizga qo‘yib, bir tanamizga o‘ylab ko‘raylik. Qisqasi, bu yerda farosat masalasiga ahamiyat berish zarur bo‘ladi. Tadbirkorga farosat kerak, lekin bugungi ma’naviyat va madaniyat sohasi xodimlariga o‘n karra farosat lozim. O‘z holimizni to‘g‘ri idrok etib, o‘zgani ham tushunishga intilib, voqelik haqida to‘g‘ri tasavvur hosil qilmas ekanmiz, o‘zimizga ham, jamiyatga ham, millatga ham tayinli foydamiz tegmaydi.
Download 23.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling