1. Geografik o ‘rni, tabiiy sharoiti va aholisi


Klisfenning islohotchilik faoliyati


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/18
Sana02.01.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1075338
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
1-МАРУЗА

4. Klisfenning islohotchilik faoliyati. Pisistrat va uning o‘g‘illari tiraniyasidan so‘ng Afinada 
turli ijtimoiy qatlamlar o‘rtasida kurash kuchayib ketdi. Pisistrat va uning o‘g‘illarining 50 yillik 
(mil.avv. 560–510-yillar) tiraniyasi ag‘darilganidan so‘ng, yevpatridlarning o‘z hukmronliklarini 
tiklashga urinishlari Afina demosining keskin qarshiligiga uchradi. Afinada taniqli bo‘lgan 
Alkmeonidlarning urug‘idan bo‘lgan Klisfen toifaviy tuzum sarqitlaridan xoli bo‘lib, Afinaning 
qudratini yangi Tiraniyani o‘rnatish bilan emas, aksincha, barcha fuqarolarning huquqlarda to‘la 
va mutlaq tengligini amalga oshirish bilan ta’minlash mumkin deb hisobladi. Shunday bir 
sharoitda demos qo‘llab-quvvatlagan Klisfen yangi islohotlarni o‘tkazdi (mil.avv. 509–507-yillar). 
Klisfen mil.avv. 509-yilda qo‘shimcha vakolatlar bilan Birinchi arxont lavozimiga saylandi. Uning 
islohotchilik dasturining asosiy maqsadi Solon asos solgan demokratik muassasalarni 
rivojlantirish va mustahkamlash, demokratiyani oligarxik to‘ntarish yoki tiraniyaning 
o‘rnatilishidan himoya qilish mexanizmini yaratish edi. U, eng avvalo, demokratiyaning ijtimoiy 
tayanchi sifatida Afina fuqarolik jamoasini mustahkamladi va kengaytirdi. U ma’muriy-hududiy 
islohotni amalga oshirdi. Azaldan mavjud bo‘lgan urug‘-zodagonlari va badavlat boylarning 
hokimiyati tayanchi bo‘lgan to‘rt sinf (fillar) tugatildi. Klisfen Attika viloyatini geografik tuzilishi 
bo‘yicha har birini tarkibida 10 dem (jamoa) bo‘lgan 10 fil (okrug)ga bo‘ldi.
Fillarga chet elliklar 
va meteklar birlashtirildi. Shu bilan urug‘ zodagonlari hokimiyati tugatildi. Har bir fil o‘n demdan 
iborat bo‘lib, har bir dem oliy ma’muriy organ Besh yuzlar kengashiga 25 kishigacha a’zo 
saylagan. Afina ko‘ngilli qo‘shinlari tarkibi ham o‘zgardi. Uning asosiy qismini og‘ir qurollangan 
jangchi – goplitlar tashkil etdi. Ular ko‘p sonli uchinchi toifa zevgitlardan to‘ldirilgan. Fetlar 
yengil qurollangan jangchilar va harbiy flot matroslarini tashkil etdilar. 
Afina siyosiy ustqurmasida zodagonlar tayanchi bo‘lgan areopagga qarshi turgan To‘rt yuzlar 
kengashi (Bule) tashkil etildi. Kengash a’zolari to‘rt fildan yuztadan fuqaro saylanadigan, 
muntazam faoliyat ko‘rsatadigan organ bo‘ldi. To‘rt yuzlar kengashi xalq yig‘inida ko‘riladigan 
va tasdiqlanadigan masalalarni tayyorlar edi. Xalq yig‘ini (ekklesiya) to‘laqonli barcha 


vakolatlarga ega bo‘lgan boshqaruv organi bo‘lib, fuqarolarning barcha qatlamlari ovoz berish va 
uning ishida qatnashish huquqiga ega bo‘ldilar. Xalq yig‘ini muntazam yig‘iladigan bo‘ldi 
(mil.avv. V asrda yiliga 40 marta yoki 9 kunda 1 marta). 
To‘rt yuzlar kengashi endilikda 500 fuqaroni o‘z tarkibiga kiritdi. Har yangi 10 hududiy fildan 
50 kishi bu kengashga saylandi. Shu bilan birga, yangi Besh yuzlar kengashi tarkibi (Bule) har yili 
to‘la yangilandi. Ikki martadan ortiq saylanish mumkin emas edi. Klisfen tub joy aholi huquqiga 
kelgindi aholi huquqini tenglashtirdi. Endi fuqarolik qadimgi urug‘ filiga mansublik bilan emas, 
balki eng kichik hududiy birlik – demga mansublik bilan belgilandi. Endilikda har bir fuqaro o‘z 
ismiga otasining avlodi ismi emas, o‘z demining nomini qo‘shdi. Bu fuqarolik jamoasining 
barqarorligiga olib keldi.
Yana bir siyosiy yangilik – tiraniyaning o‘rnatilishiga qarshi qo‘yilgan ostrakizm qonuni qabul 
qilindi. Bu qonunga ko‘ra demokratiya, tenglik va erkinlikka tahdid qiladigan fuqaro Afinadan 10 
yil muddatga, keyin besh yil muddatga quvg‘in qilinishi mumkin bo‘lgan. Quvg‘in qilinadigan 
fuqaroga qarshi 6 ming kishi ovoz berishi kerak edi. Bu qonun siyosiy hayotda mil.avv. 487-yildan 
417-yilgacha qo‘llanib, shu davrda tiraniyaning uch tarafdori Afinadan haydab yuborilgan. 
Klisfenning islohotlari urug‘chilik aloqalarining uzilishi va aholining aralashib ketishiga olib 
keldi. Endilikda Attika aholisi yashash joyiga qarab hududiy aloqalar bo‘yicha birlashdi. Urug‘ 
fillari to‘la tugatildi.
Bu vaqtda zodagonlar Isagor boshchiligida hokimiyatni zodagonlarga qaytarish uchun 
Spartadan yordam so‘radilar. Spartaning kichik harbiy qismi Afinaga kirdi. 700 ta oila quvg‘in 
qilindi, beshyuzlar kengashi tarqatib yuborildi. Lekin oddiy xalq qurollanib, spartaliklarni 
Afinadan chiqib ketishga majbur qildilar. Spartaning yangidan tazyiq o‘tkazishidan qo‘rqqan 
afinaliklar forslardan yordam so‘radilar. Sard shahrida turgan Eron satrapi Klisfen boshchiligidagi 
Afina elchilarini qabul qildi. U yordam berishga va’da qilib, faqat fors podshosiga yer va suv 
berishga (qaramlik belgisi) rozi bo‘lishni so‘radi. Elchilar bunga rozi bo‘ldilar. Lekin afinaliklar 
bu shartnomani rad qildilar. Klisfen Afinaga qaytishi bilan u Afinaga xiyonat qilgan hisoblanib, 
ostrakizm yo‘li bilan Afinadan quvg‘in qilindi. 
Klisfen islohotining ahamiyati shundaki, bu islohotlar urug‘chilik munosabatlari va urug‘ 
zodagonlarining hokimiyati qoldiqlarini to‘la tugatdi. Afina davlat qurilishiga demokratiyaning 
to‘la hukmronligini o‘rnatdi. Barcha Afina fuqarolari (Afinada yashayotgan chet elliklar, qullar 
bundan mustasno) polisning siyosiy hayotida faol qatnashdilar. Ular har qanday davlat 
lavozimlariga saylanishlari, o‘z fuqarolik jamoalari siyosiy hayotini eng muhim muammolarini 
yechishda ishtirok etishlari mumkin edi. Barcha yunon polislari orasida Afina davlati eng ilg‘or 
va rivojlangan demokratik davlat qurilishiga ega bo‘ldi. 

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling