1. Geografik o ‘rni, tabiiy sharoiti va aholisi


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/18
Sana02.01.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1075338
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
1-МАРУЗА

 


 
4-mavzu. Yunon – fors urushlari. 
Reja; 
1. 
Miloddan avvalgi V-IV asrlarda Yunoniston. 
2. 
Yunon-Eron urushi sabablari va boshlanishi,oqibatlari. 
3. 
Miloddan avvalgi V-IV asrlarda Yunonistonning iqtisodiy rivojlanishi.
 
TAYANCH SО‘ZLAR. 
Yunoniston-Eron urushlari haqida ma’lumot beruvchi yozma manbalar. Esxel, Plutarx, 
Diodor va boshqa tarixchilarning asarlari. О‘rta yer dengizidagi xalqaro ahvol. Yunoniston-Eron 
urushlarining kelib chiqish sabablari, olib borilgan janglar natijalari. Afina va Eritriya 
shaharlaridagi qо‘zg‘olonlar. Yunoniston-Eron urushlarining ikkinchi bosqichi. Marofon jangi. 
Forslarning Yunonistonga qarshi uchinchi jangi. Salamin jangi. Mil.avv. 779-749 yillarda harbiy 
raqobat va urushlar. Dellos ittifoqi. Yunoniston-Eron о‘rtasidagi tuzilgan Kalliy sulhi va uning 
natijalari. 
 Miloddan avvalgi V-IV asrlarda Yunoniston. 
 Yunoniston-Eron urushlariga oid asosiy manba Gerodotning “Tarix” asari bо‘lib, bu asar 
er.av. 478 yil voqealari bilan uzilib qolgan. Esxil “Forslar” tragediyasida Salamin yaqinidagi 
dengiz janggini yorqin obrazlarda tasvirlagan. Keyin Yunoniston-Eron urushlarini sitsiliyalik 
Diodor tasvirlagan. Plutarx о‘sha zamon siyosiy va harbiy arboblari Felistok, Aristid va 
Kimonning tarjimai hollarini bayon qilar ekan, grek-fors urushlarini yoritgan. Afina va boshqa
jang bо‘lgan joylarni arxeologlar qazib qimmatli materiallar topganlar.
Er.av. VI asr о‘rtalarida paydo bо‘lgan Eron davlati tezda Yaqin Sharqdagi hamma
davlatlarini zabt etgan ulkan davlatga aylangan edi. Er.av. VI asr oxirlarida Eron о‘z qudratining 
chо‘qqisiga chiqqan. Podsho Doro I g‘oyat katta davlatni idora qilish sistemasini tashkil etgan.
Qо‘shin harakat qiladigan strategik va savdo yо‘llari takomillashtirilgan, istilo qilingan
mamlakatlardan Eron poytaxtiga undirilgan boj-xiroj muntazam tashilgan. Qaram mamlakatlar
iqtisodiy holdan toydirilishi Eron podsholarini yangi territoriyalar istilo qilishga undagan. Er.av. 
VI asrdayoq forslar Egey dengizining Kichik Osiyo sohilidagi grek polislari, shaharlarini о‘ziga
bо‘ysundirgan edi. Forslar Marmar va Kora dengizning Yevropa qirg‘oqlaridan dorakiyalik va 
skiflarning qarshiligiga uchragan. Doro I Kichik Osiyo sohilida о‘z mavqeini mustaxkamlash 
uchun Eramizdan avval 513 yilda Frakiya va Shimoliy Qora dengiz bо‘ylariga yurish boshlangan. 
Doro I qо‘shini turli xalqlardan tashkil etilgan. Hatto greklardan iborat injener-saper otryadlari 
xam bо‘lgan. Ular yordamida Bosfor orqali va Dunay daryosi orqali ponton kо‘priklar qurilgan. 
Doro I ning skiflarga qarshi yurishlari muvoffaqiyatsiz chiqqan. Lekin bu yurishlar natijasida 
forslar Vizantiyni va Bolqon yarim orolining sharqiy qismini egallagan. Makedoniya forslar oliy
hokimiyatini tan olgan. Eron Yunonistonga juda yaqinlashib qolgan. Eron Qora dengizga 
boruvchi dengiz yо‘lini egallab olib, Yunonistonning Qora dengiz bо‘yi bilan aloqasini buzgan. 
Eron Misrdagi greklarning novkrotis koloniyasi bilan aloqasini izdan chiqargan. Greklarning 
g‘alla olib kelishiga putur yetkazgan. Greklarning ashaddiy raqibi finikiyaliklarni forslar 
rag‘batlantirganlar. Forslar aristokrat greklarni ham qо‘llaganlar
1
.
Yunoniston polislari bir butun davlat emas edi. Aristokratiya bilan demos orasida, savdo-
hunarmandlar orasida kurash davom etayotgan edi. Grek polislari shavqatsiz tashqi dushmanga
qarshi kelgan edi. Grek polislarining demosi kuchlar nisbati notinchligini anglab Eronga qarshi 
aktiv harakat qilishdan о‘zini saqlab turdi.
1
Roger B.Beck, Linda Black, Larry S. Krieger, Philip C, Naylor, Dahia Ibo Shabaka ‘’World history: patterns of 
interaction’’. Oxford University Press. England I994.p.48-49. 


Kichik Osiyoning grek shaharlari Eron soliq sistemasidan, ayniqsa kо‘p jafo kо‘rgan. 
Naksos foshda aristokratiya ag‘darilgan va aristokratlar Ioniyaga qochganlar. Ular Milet 
tirani Aristogorga murojaat qilganlar. Aristogar Eron yordamida Naksosni zabt etmoqchi
bо‘ladi. Lekin amalga oshira olmaydi. Doro I g‘azabidan qо‘rqib, Miletga qaytadi va Eronga 
qarshi qо‘zg‘olon boshlaydi. Er.av. 500 yilda Kichik Osiyoning kо‘p grek shaharlariga
Miletdan boshlangan qо‘zg‘olon yoyilgan. Qо‘zg‘olonlarni forslar kutmagani uchun g‘alabaga 
erishgan. aristogor yordam sо‘rab Yunoniston shaharlariga borgan. Kо‘p polislar Eron bilan 
tо‘qnashuvdan qо‘rqqan. Afina kо‘p jafo chekkan, u 20 ta harbiy kema yuborgan. Evbeydagi
Eritriya shahri 5 kema yuborgan. Lekin kuchlar teng bо‘lmagani uchun qо‘zg‘olonlar er.av. 
494 yilda batamom bostirilgan.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling