1. Geografik o ‘rni, tabiiy sharoiti va aholisi


Qadimgi Yunoniston tarixi manbashunosligi


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/18
Sana02.01.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1075338
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
1-МАРУЗА

Qadimgi Yunoniston tarixi manbashunosligi. 
Qadimgi Yunoniston tarixiga oid manbalar ko‘pligi va yaxshi saqlanib qolganligi bilan 
boshqa hududlar tarixidan farq qiladi. Bu manbalar ichida qadimgi yunon yozuvchilarining asarlari 
muhim o‘rin tutadi. Ilk bor yunon prozaik asarlari yunoncha logos – hikoya deb atalgan. 
Logograflar yunon viloyat, shaharlari tarixini geografik o‘rni, turmush tasviri va mifologiyada 
berganlar. Logograflar mil.avv. VII asrda yashaganlar. Ulardan miletlik Gekateyni, Kadi, Evgeon, 
Deiox, Damokl va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Fukidid Gerodotni ham logograflar safiga 
qo‘shadi. Logograflar asarlarining ayrim parchalari keyingi antik mualliflar asarlarida bizgacha 
yetib kelgan.  
Mil.avv. VI–V asrlarda Yunonistonda qator tarixiy asarlar yaratilgan. Bu davrda tarix 
bo‘yicha ilk yunon yozuvchilari Gerodot, Fukidid va Ksenofontni ko‘rsatish mumkin. Gerodot 
(mil.avv. 484–431\ 25) Kichik Osiyoning janubi g‘arbidagi Kariya viloyatidagi Galikarnas 
shahrida tug‘ilgan. U qarindoshi Paniasid bilan Galikarnas shahri Tirani Ligdamidga qarshi siyosiy 
kurashda qatnashadi. Natijada Paniasid o‘ldirilib, Gerodot Galikarnasdan qochib ketadi. U Misr, 
Mesopotamiya, Eron, Shimoliy Qoradengizbo‘yi, Sitsiliya va Egey orollariga safar qiladi. Afinada 
Perikl bilan yaqinlashadi, janubiy Italiyadagi Furiya shahriga boradi. Gerodotni vafot etgan joyi 
noma’lum. Uning qo‘lyozmalari mil.avv. III asrda Aleksandriyalik olimlar tomonidan 9 jildga 
keltiriladi. Gerodot asari dunyodagi birinchi tarixiy asar emas. Ungacha 4 ming yillik tarixga ega 
bo‘lgan qadimgi sharq mamlakatlarida ko‘plab tarixiy asarlar yaratilgan, lekin ular bizgacha yetib 
kelmagan. Sitseron uni tarixning otasi deb atagan. Bu ibora hozirgacha kitobdan kitobga ko‘chib 
yuradi. Gerodot Ahmoniylar Eroni bostirib kirgan mamlakatlar hududlari to‘g‘risida hikoya qiladi. 
Uning hikoyalari tizimga solinmagan bo‘lib, ilmiy ahamiyatga ega emas. 
Gerodotning kichik zamondoshi Fukidid (mil.avv. 460\51–396-yillar) frakiyalik bo‘lib, 
Afinada yashadi. Fukidid Afinada strateg etib saylangan. Harbiy yurishlarda qatnashadi, Afina 
uning faoliyatini salbiy baholab, natijada u umrbod Afinadan quvg‘in qilinadi. Frakiyada yashab, 
o‘zining tarix asarini yozadi. Uning asari keyinchalik antik mualliflar tomonidan 8 kitobga, bob 


va paragraflarga bo‘linadi. Ushbu 8 kitob Fukididga tegishli ekani shubha qilinadi. Fukidid 
Peloponnes urushi tarixini o‘ziga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlar asosida tahlil qiladi. Bu ilmiy-
tarixiy tanqidning boshlanishi edi.
Ksenofontning Yunon tarixi bo‘yicha yozgan asari Fukidid tarixining davomi edi. Afinalik 
Ksenofont (taxminan mil.avv. 430–360- yillar) boy, zodagon oilasidan bo‘lib, Suqrotning sho-
girdi bo‘lgan. U shahzoda Kayxusrav qoshinida yollanma sarkarda bo‘lib xizmat qiladi. 
Shahzoda mil.avv. 401-yil Kunaks yonidagi jangda yengilgach, Ksenofont Spartaga harbiy 
xizmatga kirdi. Podsho Ageselay bilan do‘stlashdi. Shundan so‘ng Afina uni xoin deb hisoblab, 
umrbod shahardan quvg‘in qildi. Ksenofontning «Yunon tarixi» mil.avv. 410-yildan boshlanib
Peloponnes urushining nihoyasiga bag‘ishlangan.
Kvint Kursiy Ruf Rim tarixchisi taxminan mil. I asrda yashab, 40-yillarda Makedoniyalik 
Aleksandrning tarixi nomli 10 jildli asarini yozdi. I-II jilddan boshqa barcha jildlari saqlanib 
qolgan. Asarda Makedoniyalik Aleksandrning faoliyati tanqidiy yoritilgan. Plutarxning «Qiyosiy 
tarjimayi hollar» asari qadimgi yunon-rim siyosiy arboblarining qiyosiy tarjimayi hollariga 
bag‘ishlangan. 
Makedoniyalik Aleksandrning Sharqqa yurishlaridan so‘ng Yunoniston tarixida Arastu 
tarixi maktabi shakllandi. Bu davrning eng ko‘zga ko‘ringan asari Arastuning «Politiya» asaridir. 
Bu asar Arastu va uning shogirdlari tomonidan yozilgan bo‘lib, yunon polislari, O‘rtayer dengizi 
qirg‘oqlaridagi yunon koloniyalari to‘g‘risida muhim ma’lumot beradi. Asar juda ko‘p bo‘lim-
lardan iborat bo‘lsa-da, bizgacha uning faqat «Afina politsiyasi» qismi yetib kelgan. Ellin davriga 
kelib, yunon jamiyatidagi keskin o‘zgarishlar, katta davlatlarning vujudga kelishi bilan umumiy 
tarixga asos solindi. Bu davrning eng ko‘zga ko‘ringan tarixchilaridan biri Timey bo‘lib, u 
o‘zining asarida Bolqon Yunonistoni, g‘arbiy yunon koloniyalari haqida muhim ma’lumotlar 
beradi.
Qadimgi yunon tarixi bo‘yicha eng muhim manbalardan biri arxeologik topilmalar 
hisoblanadi. Arxeologlar Bolqon Yunonistoni va Egey dengizi orollaridagi qadimgi ibodatxonalar, 
saroylar, mudofaa inshootlarini qazib ochdilar. Ayniqsa, Krit orolida ingliz arxeologi A. Evans 40 
yildan ko‘proq vaqt davomida Knoss saroyini qazib ochdi. Knoss saroyi katta supa ustida qurilgan 
bo‘lib, maydoni 1 ga yaqin. Bu saroy Kritning afsonaviy podshosi Minosning qarorgohi bo‘lgan. 
Kichik Osiyoda nemis arxeologi G. Shlimanning Troya xarobalarini qazib ochishi natijasida Troya 
shahar-davlati to‘g‘risida aniq ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Yunonistonning janubida mil.avv. II 
ming yillikka tegishli Miken, Tirinf va Pilos shaharlari o‘rganildi. 

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling