1. Geografik o ‘rni, tabiiy sharoiti va aholisi


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/18
Sana02.01.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1075338
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
1-МАРУЗА

 


1
. Gomer davri Yunonistoni.
Mil.avv. XIII asrda axey davlatlari tushkunlikka yuz tutdi. Axey davlatlarining zaiflashuvi 
bilan hozirgi Makedoniya va Epir hududida yashagan doriy qabilalari mil.avv. XII asrda 
Yunonistonga bostirib kirdilar. Doriylar o‘z hududlarini frakiya qabilalari tazyiqi ostida tark etdi. 
Yunonistonda axey hududlarini doriylar yuz, bir yuz ellik yil davomida egalladilar. Mil.avv. XI 
asr oxirida doriylar butun Shimoliy va O‘rta Yunonistonga o‘rnashib, Peloponnesning katta 
qismini o‘zlashtirdilar.
Axeylarning bir qismi doriylar taziyqi ostida Attika hududi va Egey dengizi havzasiga 
ko‘chdilar. Yuqori darajada rivojlangan axey davlatlarini bosib olgan doriylar ibtidoiy jamoa 
turmush tarzida va harbiy demokratiya sharoitida yashar edilar. Doriylar axeylarning shaharlarini 
vayron qildilar va ibtidoiy jamoa tuzumida yashashni davom ettirdilar. Yunonlar bu davrda 
ibtidoiy jamoa tuzumida yashadilar. Ayrim paytda urug‘lar o‘zlariga tegishli biror-bir umumiy 
masalani yechish uchun kattaroq tashkilot – fratriyaga birlashganlar. Fratriyalar birlashib, qabila 
– filni tashkil qilgan.
Fratriya va urug‘ bir umumiy ajdoddan kelib chiqqan. Urug‘ boshliqlari bilan bir qatorda, 
fil va fratriyaning Gomerda filobasiley deb eslatiladigan yo‘lboshchilari bo‘lib, urug‘ boshliqlari 
ularga o‘z hokimiyatlarining bir qismini berganlar. Bir necha urug‘lar bir qabilaga birlashgani 
uchun qabila oqsoqoli saylanadi. 
Shimol xalqlari va doriylar mil.avv. XIII asrda Yunonistonga kirib keldi. Axeylar 
Yunonistonning bir necha viloyatlarida saqlanib qoldi. Yunon tarixidagi mil.avv. XI–IX asrlarni 
tarixchilar «Qorong‘i davrlar» deb ataydilar. Chunki bu davrga oid ma’lumotlar juda kam. 
Mil.avv. XI–IX asrlardagi yunon tarixini o‘rganish bo‘yicha asosiy manba bo‘lib, Gomerning 
«Iliada» va «Odissey» dostonlari xizmat qiladi. Shu sababli bu davr Gomer davri deb ataladi. Bu 
davr uchun asosiy manba bo‘lgan Gomerning «Iliada» va «Odissey» dostonlari orqali yunon jami-
yatining uch yuz yillik hayotini qayta tiklash mumkin. Poemalarda axeylarning Troyaga yurishi, 
shaharning bosib olinishi, Troya urushi qahramonlaridan biri bo‘lgan Odisseyning ko‘pgina 
sarguzashtlardan so‘ng uyga qaytishi hikoya qilinadi. Shu tarzda poema axey sivilizatsiyasi gullab-
yashnashining so‘nggi davri hayotini tasvirlaydi. Lekin Gomerning o‘zi mil.avv. VIII asrda 
yashagani uchun o‘tmish voqealarini o‘zi yashagan davr nuqtayi nazaridan zamonaviylashtiradi.
«Odissey» va «Iliada» dostonlarida yunon jamoasidagi mulkiy tabaqalanishni, urug‘chilik 
munosabatlari zaiflashganini, basileylar bilan hokimiyatga intilayotgan ko‘p sonli urug‘ zodagon-
lari qatlami shakllanayotganini kuzatish mumkin. Asta-sekin mehnat taqsimoti natijasida 
dehqonchilikdan hunarmandchilik ajralib chiqadi. Poemalarda temirchi, tosh teruvchi, duradgor 
va kema yasovchilar to‘g‘risida hikoya qilinadi. Erkin kishilar bilan bir qatorda, qullar ham mehnat 
qilganlar. Qulchilik hali xonaki shaklda ko‘rinadi. Ularning soni ko‘p emas edi. Xo‘jayin qul bilan 
yonma-yon jismoniy mehnat qilishdan hali jirkanmagan. Odisseyning otasi Laert yerda ishlaydi. 
Uning xotini Penelopa kalava yigiradi. Navsakiya kir yuvadi.
Odissey sol, Paris butun bir 
saroy qur’adi. Odisseyning xo‘jaligida 50 qul bo‘lgan.
Gomer o‘tmish qahramonlarini sharaflab, o‘zi yashagan davrning mavjud ijtimoiy 
tabaqalanishining hayotiy tasvirini chizadi Olimp xudolariga borib taqaluvchi yo‘lboshchi 
podsholar bilan oddiy xalq ommasi o‘rtasidagi yetilib kelayotgan qarama-qarshiliklar kichkina bir 
epizodda o‘z aksini topgan: Troyani qamal qiluvchilar bilan yo‘lboshchi Agamemnon o‘rtasida 
unga qarshi norozilik tug‘diruvchi, o‘jar Tersit obrazining kelib chiqishi voqeasida ijtimoiy 
hayotni ko‘rish mumkin. Qadimgi Troya xarobalarini XIX asrda havaskor arxeolog Genrix 
Shliman ochdi. 
Urug‘-jamoa kichik qishloqlarda yashab, dehqonchilik, chorvachilik bilan 
shug‘ullanganlar. Jamoani saylab qo‘yilgan oqsoqol-basiley urf-odat, an’analar asosida 
boshqargan. Basiley urug‘ mulkini qo‘riqlagan, urug‘doshlarini sud qilgan va urug‘ning afsonaviy 
asoschisini hurmatlashga bagi’shlangan marosimlarni o‘tkazishda boshchilik qiladi. Axey 
sivilizatsiyasi asta-sekin parchalana boshladi. Mil.avv. XIII asr oxiridan axeylarning parokanda 
ahvoli vaqtida shimoldan doriy qabilalari Yunonistonga bostirib kirdi. Doriylar mil.avv. XI 
asrning oxiriga kelib butun Shimoliy va O‘rta Yunoniston, Peloponnes yarim orolining katta 


qismini egallab oldilar. Bu davrda ularda ibtidoiy jamoa munosabatlari hukm surgan. Dostonlarda 
aholi qishloqlarda yashab, shahar to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lmagani bayon qilinadi. Xo‘jalik 
natural shaklda bo‘lib, aholi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Asosiy ekin tariq 
edi. Savdo ibtidoiy ayirboshlash holatida edi. Gomer davri yunonlari hatto ularning zodagonlari 
ham kichik, qo‘pol qurilgan, poli tuproq, xona o‘rtasida gulxan yoqiladigan uylarda yashaganlar. 
Mil.avv. XI asrda xo‘jalik hayotidagi bir qancha qiyinchilikdan so‘ng temir o‘zlashtirilib, xo‘jalik 
hayotining jonlanishi boshlandi.
Ammo 
Yunonistonda unumdor yerlar juda kam bo‘lgan.
Taqchil bo‘lgan unumdor yerlarning asosiy qismini donli ekinlar egallay boshlagan. 
Bog‘dorchilik, uzumchilik va zaytun daraxtlarini o‘stirish yo‘lga qo‘yilgan. Chorvachilik 
rivojlangan. Gomer poemalariga ko‘ra, qoramol asosiy ayirboshlash vositasi bo‘lgan. «Iliada»da 
katta uch oyoqli jez buyum 12 buqaga, mohir usta ayol 4 ho‘kizga tenglashtiriladi. 
Hunarmandchilikda katta o‘zgarishlar yuz berdi. Mehnat qurollari tayyorlashda temir keng 
qo‘llanila boshlandi. Jamoada oilalarning birgalikdagi mehnatiga o‘rin qolmadi. Temirdan 
yasalgan mehnat qurollari ish unumdorligini oshirdi. Oila moddiy ehtiyojini o‘z mehnati bilan 
qondirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Shu sababli ekin yerlari berildi. Keyinchalik bu yerlar xususiy 
bo‘ldi.
Mil.avv. IX asr oxirida yunon dunyosi dehqonlarni birlashtirgan yuzlab kichik polis-
jamoalardan yoki ular katta-kichik qishloqlardan iborat edi. Asosiy iqtisodiy birlik mustaqil xo‘ja-
lik yuritish asosida tirikchiligini o‘tkazadigan, oddiy turmush kechirib, tashqi dunyo bilan aloqasi 
bo‘lmagan patriarxal oila bo‘lgan. Yunon dunyosida hali katta yer egalari, yersiz, birovga qaram 
oilalar, odamlar va jamoa a’zolari yo‘q edi.
Hunarmandchilikning sohasi bo‘lgan kulolchilikda protogeometrik usul shakllandi. Dafn 
marosimlari o‘zgardi. Endilikda tuproqqa dafn etish o‘rniga jasadni krematsiya qilish (yoqish) 
rasm bo‘ldi. Bolqon Yunonistonidan yuqori darajada rivojlangan Sharqqa yunonlar kirib kela 
boshladi. Mil.avv. XI asr oxiridan Kichik Osiyoning g‘arbiy qirg‘og‘ida yunon qo‘rg‘onlari paydo 
bo‘lib, ularning aholisi eoliy, ioniy va doriy shevalarida so‘zlashgan
.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling