1. Geografik o ‘rni, tabiiy sharoiti va aholisi


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/18
Sana02.01.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1075338
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
1-МАРУЗА

Poeziya, tragediyalar. Qadimgi Yunon tarixining manbalaridan biri Gomerning Iliada va Odissey 
poemalari. Hozirgi tadqiqotchilarning fikricha Iliada poemasining muallifi Kichik Osiyodagi 
frigiyalik shoir Daret bo‘lgan. Har ikkala poema mil.avv. XI–IX asrlar ijtimoiy-iqtisodiy hayoti 
to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar beradi. Yunon she’riy adabiyotining shakllanishi mil.avv. IX–
VIII asrlarga tegishli bo‘lib, bu davrni «Gomer davri she’riyati» deyishadi. Shoirlar Gomer, 
Gesiod va dramaturglar Evripid, Esxil, Sofoklning tragediyalari juda yaxshi saqlangan. 
Gesiod o‘zining «Mehnat va kunlar» asarida mil.avv. VII asrdagi yunon jamiyati ijtimoiy 
ziddiyatlari haqida yozadi. Komediya janri shakllandi. Aristofanning komedyalari yunon ijtimoiy 
hayoti to‘g‘risida boy ma’lumot beradi.

Moddiy manbalar. Shaharlar. Yunon tarixiy manbashunosligida shahar qoldiqlari 
muhim o‘rin tutadi. Shaharlardagi saroylar, ibodatxonalar yaxshi saqlangan. Krit-Miken davri 
saroylari, inshootlari ko‘plab topilgan. Qadimgi Yunonistonning Mikena, Tirinf, Pilos, Afina, Fiva 
va Orxomey shaharlarida saroy, qal’a qoldiqlari ochilgan. Axey saroylari Krit saroylaridan farq 
qilib, ularning barchasi mustahkam devorlar bilan o‘rab olingan. Ulardan eng mashhuri Tirinf 
qal’asi bo‘lib, uning devorlari ulkan ohaktosh xarsanglaridan qurilib, ba’zilari 12 tonna og‘irlikka 
ega. Devorlar qalinligi 4,5 m, balandligi 7,5 m bo‘lgan. Krit va Axey saroylari simmetrik, bir xil 
tuzilgan. Pilos saroyi ikki qavatli bo‘lib, bir necha o‘n xonadan iborat. Yunon me’morchiligining 
asosiy yodgorliklaridan bu – palestrlar va gimnasiylardir. Palestrlar – bu sport inshootlari jumlasi-
ga kirib, u yerda asosan yosh bolalar muntazam sport bilan shug‘ullanishgan. Gimnasiy ham sport 
inshooti bo‘lib,
bu yerda asosan katta yoshdagilar sport va fan bilan shug‘ullanganlar. 
Bizgacha Afinaning ikki katta gimnasiysi saqlanib qolgan. Ulardan biri qahramon Akadem 
bog‘ida, ikkinchisi likeylik Appolon dala hovlisida joylashgan. 
Yunonistondagi madaniyat markazlaridan yana biri bu muqaddas joylar va ulardagi haykal va 
inshootlardir. Shaharlar tarixini o‘rganishda qadimgi yo‘llar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Eng 
yirik yo‘l xarobasi Afina va Pirey portidagi yo‘l bo‘lib, dengiz orti mamlakatlaridan mahsulotlar 
Pirey portiga tushirilib, shu yo‘l orqali Afinaga keltirilgan. Bu mashhur yo‘l Peloponnes urushlari 
davrida Sparta va uning ittifoqchilari tomonidan buzib tashlangan. Hozirgi kunda faqat uning xaro-
balarigina saqlanib qolgan. Pireydan tashqari, Yunonistonning ikki yirik porti – Samos va 
Aleksandriya ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. 

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling