1. Geografik o ‘rni, tabiiy sharoiti va aholisi
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
1-МАРУЗА
Yozuvlar. Yunon tarixini o‘rganishda yozuvlar muhim ahamiyat kasb etadi. Asosan, XIX asrning
70-yillaridan papirus topilmalarini o‘rganish natijasida yangi «papirologiya» faniga asos solindi. Yunon jamiyatiga papirusning kirib kelishi Misr tarixi bilan uzviy bog‘liqdir. Qadimgi mashhur yunon lirik shoirlari Alkey, Sapfo, Korin, Pindar, Vakximida va mashhur fojianavislar Sofokl, Esxil, Evripid hamda mashhur hajviy asarlar muallifi Menandrlar o‘z asarlarini papirusga yozishgan. Papirusga ko‘chirilgan eng yirik asar Arastuning «Afina politiyasi» asaridir. Keyinchalik qog‘oz paydo bo‘lgach, papiruslar o‘z ahamiyatini yo‘qotgan. Ularni faqat hukmdor saroyidagi arxivlardan topish mumkin. Kritdan eng qadimgi A chiziqli yozuv topilgan. Keyinchalik yunonlar bu yozuvni o‘z tillariga moslashtirganlar (B chiziqli yozuv). Bu yozuvni 1953-yilda ingliz olimlari M.Ventris va J.Chedvik o‘qidi. Matnlar xo‘jalik hisobotlaridan iborat. Mil.avv. VIII asrda yunonlar finikiya yozuvini o‘zlashtirib, 24 belgi alfavitli yozuvni yaratdilar. Mil.avv. VIII asrdagi qadimgi yunon yozuvi yodgorliklari Afina, Itaka va Liginadan, mil.avv. VII asrga tegishli yozuvlar Fera, Melos orollari va Egey dengizining janubiy qismidan topilgan. Yunonlarning to‘liq shakllangan klassik alfaviti mil.avv. 403-yilga kelib 24 harfda (17 unli, 7 undosh harf) shakllanib bo‘ldi. Keyinchalik Vizantiya ham shu yozuvdan foydalandi. Memuar asarlar. Polislarning yemirilishigacha yunonlar tarix va adabiyotga oid asarlarni ko‘pincha memuar shaklda yozishgan. Mil.avv. IV asrdagi eng yirik memuar asar Ksenofontga tegishli. U asosan harbiy sohaga oid ma’lumotlarni beradi. Ellinizm davrida memuar va tarjimayi hol ko‘rinishidagi asarlar yozish odat tusiga kirdi. Ellin davri siyosatchilaridan Pirra va Arata eng yirik tarixiy asarlar muallifi hisoblanadilar. Ular «Axey ittifoqi» to‘g‘risida keng ma’lumotlarni yozib qoldirishgan. Xatlar. Antik jamiyatda xatlar muhim o‘rin tutgan. Ular ikki xil shaklda yozilgan: ochiq va yopiq. Platon, Isokrat va Sallyustiylar yozgan ochiq xatlarida falsafiy muammolar haqida fikr yuritilgan. Yopiq xatlar davlat ahamiyatiga molik xatlar bo‘lib, maxsus kishilar nomidan yozilgan. Ularda asosan siyosiy va maxfiy ma’lumotlar yozilgan. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling