1. Geografik o ‘rni, tabiiy sharoiti va aholisi


Yunon tarixini davrlashtirish


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/18
Sana02.01.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1075338
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
1-МАРУЗА

 
3.Yunon tarixini davrlashtirish.
Mil.avv. III–II ming yilliklar. Yunon qabilalari doriylargacha yunon bo‘lmagan egey yoki 
Krit-miken davri. Krit – miken jamiyati va madaniyatining gullab-yashnashi.
Qadimgi Yunoniston tarixini besh davrga bo‘lish mumkin.
1. Mil.avv. XI–IX asrlar – Yunon - doriy qabilalarining ibtidoiy jamoa davri. Ibtidoiy jamoa 
munosabatlarining rivojlanishi.
2. Arxaik davr (mil.avv. VIII–VI asrlar). Ibtidoiy jamoa tartiblarining yemirilishi, yunon polis-
davlatlarning shakllanishi, Buyuk yunon kolonizatsiyasi va ilk yunon tiraniyalari davri. 
3. Mil.avv. VI asrning oxiri – mil.avv. V asr. Yunon polislarida iqtisodiy va madaniy yuksalish. 
Yunon demokratiyasining rivojlangan davri. Bu bosqich fanda klassik davr deb nomlanadi.
4. Yunon polis – davlatlarining tushkunlik davri (mil.avv. IV asr). Bu davrda yunon polislari 
o‘zaro urushlar girdobida qoldi. Iqtisodiy ijtimoiy va siyosiy hayot tushkunlikka uchradi. 
5. Mil.avv. III asr – mil.avv. I asrlar – Ellin davri. Ahmoniylar hukmronligidan so‘ng Yunon 
dunyosi va Old Osiyoda ellin davlatlari va madaniyati davri. Bu davr oxirida O‘rtayer dengizi, 
Egey dengizi havzasini Rim tomonidan sharqda Frot daryosigacha bo‘lgan hududlarni Parfiya 
bosib olishi bilan tugadi. 
4. Kirit-Miken jamiyati. 
Krit-Miken madaniyati ingliz arxeologi Artur Evansning (1851–1941) Krit orolida olib 
borgan arxeologik qazishmalari, G. Shliman (1822–1892)ning Kichik Osiyodagi Hissorlik 
tepaligida Troya shahri xarobalarini qazib ochishi, Yunoniston janubida Mikeni va Tirinf 
shaharlarining arxeologik qazishmalari natijasida fanda ma’lum bo‘ldi. Artur Evans Krit orolidagi 
Knoss saroylarini ochib, Kritning afsonaviy podshosi Minoy nomi bilan atalgan ajoyib Minoy 
madaniyati manzarasini yaratdi
.
 
Genrix Shliman kambag‘al pastorning o‘g‘li. Non topish uchun kichkina Genrix do‘konda 
yugurdak, kemada yunga bo‘lib xizmat qiladi. Og‘ir ahvolga tushganda sadaqa so‘raydi. Nihoyat 
Amsterdamdagi savdo uyiga agent bo‘lib ishga kiradi. U 1846-yil firma ishlari bilan Rossiyaga 
kelib qolib, shu yerda turib qoldi. Qrim urushi (1853–1856-yillar) davrida rus armiyasi 
ta’minotchisiga aylanadi. Armiyaga chirigan charm etik va qog‘oz taglik yetkazib beradi. Urushda 
rus armiyasi yengildi. Lekin G.Shliman millionlarni orttirib boyib ketdi. G.Shliman Amerika, 
Afrika, Hindiston, Xitoy va Yaponiyaga sayohat qildi. U 1861-yilda 42 yoshida Sarbonna 
Universitetining talabasiga aylandi va arxeologiya kursini o‘rgandi. 
U bolaligida Gomer poemasida Troya tasvirini o‘qib, uni topib ochishni orzu qilgan edi. 
G.Shliman 1870-yil Turkiya hukumatining ruxsati bilan Kichik Osiyoda qadimgi Troya xarobalari 
bo‘lgan Hissorlik tepaligini qazishni boshladi. Uch yil davomida u arxeologik qazishma ishlarini 
olib bordi. Tepalikda 13 madaniy qatlam bor edi. Troya qoldiqlarini topishni maqsad qilib qo‘ygan 
Shliman bu madaniy qatlamlarni ayovsiz buzib tashladi. U mil.avv. III ming yillikka tegishli 
qatlamdagi shaharni Troya ekaniga ishonib, qazishmalar natijasida katta miqdorda tilla buyumlar 
topdi. Bu buyumlarni biror-bir muzey sotib olishga qurbi yetmadi. Shliman janubiy Yunonistonda 
Mikenini qazib, shaharning mashhur «Sherlar darvozasi» poydevorini ochdi.
Qabrlardan boy tilla 
topilmalar, Agamemnon qabri hisoblangan qabrni mo‘l-ko‘l tilla buyumlar bilan topdi. Topilgan 
katta miqdordagi qadimgi tilla buyumlarni biror-bir muzey sotib olish imkoniyatiga ega emas edi.


U Tirinf va Arxomenda ham qazish ishlarini olib bordi. G.Shliman topilgan san’at 
asarlarini ilmiy tadqiq qilib, uch tilda kitob yozdi. G.Shliman Yevropada mashhur bo‘lib ketdi, 
qirollar, hatto O. Bismark ham u bilan yozishmalar olib borishni o‘zi uchun baxt hisobladi. U o‘z 
kolleksiyasini Berlin muzeyiga sovg‘a qildi. U Afinaga dafn qilindi. 
Artur Evans arxeolog, Oksford muzeyi xodimi, taniqli arxeolog va geolog Jon Evansning 
o‘g‘li. U yunonlardan bir necha ming yil oldin bo‘lgan mashhur Krit sivilizatsiyasini ochdi. Krit 
madaniyati mil.avv. III ming yillikda sharqdan kelgan xalq yaratgan ajoyib sivilizatsiya edi. A. 
Evans 1900-yilda qazishma ishlarini boshladi. Arxeolog hududi 20 ming kv metrdan ko‘proq 
bo‘lgan ulkan saroyning qoldiqlarini ochdi. Saroy bir necha qavatdan iborat bo‘lib, saroyda ajoyib 
devoriy tasvirlari bo‘lgan saroy zallari, turar joylar, ustaxonalar, omborlar, yer osti yo‘llari va 
cho‘milish joylari mavjud edi. Omborlarda don, moy qoldiqlari bilan ulkan sopol xumlar (pifos) 
saqlanib qolgan. Bundan tashqari, katta miqdorda qurol-aslaha, mehnat qurollari, uy-ro‘zg‘or 
buyumlari, taqinchoqlar topildi. Noma’lum tilda yozilgan loy taxtachalar yozuvlari topilib, ularni 
50 yil davomida hech kim o‘qiy olmadi. 
Faqat ingliz olimlari Maykl Ventris va Jon Chedvik 1953-yilda bu yozuvlarni o‘qishga erishdi-
lar. Evans bilan birga italyan arxeologlari qadimgi Fest shahri qoldiqlarini ochdilar.
Bundan tashqari, Amorgos, Paros, Sifnos, Siros, Naksos, Tera, Melos kabi Egey orollaridagi 
ko‘pgina madaniy yodgorliklar ochildi. Natijada mil.avv. II ming yillikgacha Sharq xalqlari 
yaratgan va bu xalqlar yutuqlarini ijodiy o‘zlashtirgan, yunonlargacha bo‘lgan axeylarning Miken 
madaniyati deb atalgan madaniyatini yaxlit ko‘rinishi shakllantirildi. 
Qadimda Egey havzasida uch madaniy birlik mavjud bo‘lgan:
1. Eng qadimgi Krit yoki Minoy madaniyati (mil.avv. 3000–1200-yillar, markazi Krit). 2. 
Orollardagi Kiklad madaniyati. 3. Bolqon Yunonistonidagi Miken madaniyati. 
Mil.avv. III–II ming yilliklarda Egey dengizi orollarida kelib chiqishi sharqdan bo‘lgan 
krit-miken sivilizatsiyasi shakllandi. Bu madaniyat Kritning afsonaviy podshosi nomi bilan Minoy 
sivilizatsiyasi ham deb ataladi. Kritsivilizatsiyasi hali yunonlar ibtidoiy jamoa davrini boshidan 
kechirayotgan paytda vujudga kelgan buyuk madaniyat edi. Ular yunonlargacha bo‘lgan, 
yunoncha so‘zlashmagan, o‘z yozuvlariga ega xalq bo‘lgan. Krit yoki Minoy madaniyati uch davr-
ga: Ilk Minoy (mil.avv. 3000–2300/2100-yillar), O‘rta Minoy (2300/2100–1600-yillar) va So‘nggi 
Minoy (1600–1200-yillar)ga bo‘linadi. Kritning ilk gullab-yashnash davri va uning Egey 
dunyosidagi yetakchiligi mil. avv. III–II ming yilliklarga to‘g‘ri keladi. Dastlab orolning janubiy-
sharqiy qismi rivojlangan. 
O‘rta Minoy davrida Kritda «birinchi saroylar» davri bo‘ldi. Knoss, Fest va Malliya kabi 
shahar markazlari rivojlandi. Krit me’morchiligining Kiklad va Ellada sivilizatsiyalaridan ajratib 
turadigan xususiyati, bu saroylarning ulug‘vor qurilgani va saroylardagi nafis freska tasvirlarining 
yuksak san’at darajasida bo‘lganidir. Freska tasviriy san’atining gullab-yashnashi «ikkinchi 
saroylar davriga» (mil.avv. XVII asr) va So‘nggi Minoy davriga to‘g‘ri keladi. Krit orolida qudratli 
davlat tashkil topgan, uning kemalari dengizda hukmron bo‘lgan. Krit bilan raqobat qiladigan 
biror-bir davlat bo‘lmagan. Orolning mudofaa devorlari bilan o‘rab olinmagani bundan dalolat 
beradi. 
O‘rta Minoy davri Kritda taxminlarga ko‘ra, yer qimirlashi natijasida halokat bilan tugallandi. 
Mil.avv. XVII asrda Knoss, Fest, Malliya saroylari xarobaga aylandi.
Ellik yildan so‘ng Krit yana qayta tiklandi va bu yuksalish mil.avv. 1400-yillargacha davom 
etdi. Bu davrda Krit dengizda cheksiz hukmronlik qildi. Krit Bolqon yarim oroli, Misr, Iberiyaga 
oliy nav vino, zaytun moyini eksport qildi. Misrdan rangli shisha, fayans; Kipr orolidan mis; 
Suriyadan otash; Liviyadan qimmatbaho metallar va fil suyagi olib kelindi. 
Kritning Egey dengizidagi yangi yetakchiligi mil.avv. 1700-yildan boshlanib, Knoss va Festda 
yangi saroylar qurilib, uning devorlari ajoyib freskalar bilan bezatilgan. Ingliz arxeologi Artur 
Evans Knoss saroyini 40 yil davomida tekshirdi va ajoyib san’at namunalarini topdi. Bir necha 
qavatli saroy Kritdagi ulug‘vor inshoot edi. U bir necha marta qayta qurilgan bo‘lib, podsho oilasi 
istiqomatgohi, rasmiy qarorgoh va xo‘jalik inshootlaridan iborat edi. Saroyda ko‘plab xona va zal 


devorlari did bilan bezatilgan. Krit me’morlari misrliklardan kolonnalar qurish san’atini 
egalladilar. Ularning tosh saroylarida juda yo‘g‘on, lekin kalta kolonnalar mavjud. 
Devoriy tasvirlarda hashamatli kiyingan ayollar va erkaklar, saroy hayoti manzarasi, o‘simlik 
va hayvonlarning hayotiy ko‘rinishlari yuqori darajadagi badiiy usulda tasvirlangan. Krit 
kulolchiligida badiiy san’atning nihoyatda yuksak darajasida shakllangani ko‘rinadi. Sopol 
idishlarda tabiatning boy manzaralari mohirona tasvirlanadi. Bunday tasvirlar ko‘za (amforalar), 
zaytun yog‘i va vino saqlanadigan, bo‘yi 2 m gacha bo‘lgan xum (pifos)larning sirtiga chizilgan. 
Krit orolining janubidagi fest katta madaniyat o‘chog‘i bo‘lib, Knoss saroyiga o‘xshash 
ulug‘vor saroy ansambli – uch tosh terilgan hovli teatr – 500 kishilik, ziyoratgoh, ibodatxonalar 
mil.avv. 2200-yillar atrofida qurilgan. Mil.avv. XVIII asrdagi zilziladan so‘ng saroy qayta qurilib, 
kengaytiriladi. Saroy yuqori me’morchilik namunasi darajasida bunyod qilingan. Ko‘p sonli 
xonalar, uzun yo‘laklar, devorlari toshdan yo‘nilgan plitkalar freska-tasvirlar bilan bezatilgan. 
Saroy atrofida shahar joylashgan. Mil.avv. 1470-yildagi zilzila festni to‘la vayron qilgan. Krit 
madaniyatining yuqori darajada rivojlanganligining yana bir dalili, Knoss saroyidagi bizgacha 
yetib kelgan raqqosa tasvirining bir qismidir. Raqqosaning go‘zal qaddi-qomatini nafis noziklikda 
tasvirlanganligidan hayratda qolgan arxeologlar uni shartli «parijlik ayol» deb nomladilar. Bu 
raqqosaning sochi o‘ziga xos did bilan ma’lum bir uslubda turmaklangan. Knoss saroylaridan 
topilgan kohinalarning fayans haykalchalarida uzun yubka, yarim yalang‘och ko‘krak, nozik 
yelkalarga tushib turgan sochlar tasviri saroyda hukm surgan nozik did, yuksak madaniyat 
dunyosidan dalolat beradi. 
Devoriy tasvir-freskalar va Krit xudolar panteonida ayol ma’budalarining oldingi o‘rinda 
turgani, Krit jamiyati hayotida ayollarning mavqeyi yuqori darajada bo‘lganini anglatadi. Bundan 
tashqari, gemma va uzuklarda qalqon tutgan ayol, kabutar bilan ma’buda, tog‘ cho‘qqisidagi 
ma’buda va ikki sher o‘rtasidagi ma’buda tasvirlari buning yaqqol misoli bo‘ladi.
Freskalarda Krit orolining saroy va diniy hayoti tasvirlari: yosh yigit-qizlarning yurishi, gullar 
orasidan yurib kelayotgan hokimning tasviri, qo‘shiq aytib raqs tushayotgan raqqosalar, qo‘lida 
marosim ko‘zalarini ko‘tarib ketayotgan o‘smirlar, Kritda diniy ramz sanalgan ikki yoqlama bolta-
labris ushlagan kohina kabi tasvirlar aks ettirilgan.
Taxminlarga ko‘ra, O‘rta Minoy davrida orolning shimoliy qismida (poytaxti Knoss) mustaqil 
sulola, boshqasi janubda (poytaxti Fest) hukmronlik qilgan. Hokim oliy kohin vazifasiniham 
bajargan. So‘nggi Minoy davrida Kritdagi butun hokimiyat Knoss hokimlari qo‘liga o‘tadi. 
Siyosiy hokimiyat tuzilishi bilan Sharq despotiyasiga o‘xshash bo‘lgani ehtimoldan xoli emas. 
Podsho yerning oliy egasi bo‘lib, ishlab chiqariladigan moddiy ne’matlarning katta qismini 
tasarruf qilgan. U mamlakatni o‘z a’yonlari, yaqinlari yordamida boshqargan. Joylarda podsho 
noiblari boshqaruv ishlarini amalga oshirgan. Krit podsholari oliy dunyoviy hokimiyatdan 
tashqari, diniy hokimiyatga ham ega bo‘lganlar. Fukididning ma’lumotlariga ko‘ra, podsho Minos 
har 9 yilda Zevs tasviri turgan muqaddas g‘orga borib, uning oldida o‘z podsholik boshqaruvi 
to‘g‘risida hisobot bergan va o‘z hukmronligining navbatdagi muddati uchun yorliq olgan.
Knoss saroyi xarobalari qazib ochilganda, podsho taxti bilan taxt turgan inshoot topilgan. Katta 
zalning ikki tomonida ehtimol davlat ishlarini muhokama qilishga to‘planadigan podsho kengashi 
a’zolari o‘tiradigan uzun o‘rindiqlar qo‘yilgan. Devoriy tasvirlarda Krit podshosi odatdagi 
odamlardan ko‘ra, bo‘yi bir necha marta baland qilib tasvirlangan. 
Knoss saroyida 10 ming taxtachada qadimgi krit yozuvlari topildi. A.Evans bu yozuvlarni 30 
yil davomida o‘qishga urindi, lekin ocha olmadi. U 1940-yil vafot qildi. 1950-yil B-chiziqli yozuv 
o‘qildi. U Knoss saroyining xo‘jalik hujjatlari edi. Hozirgacha B - chiziqli krit yozuvi o‘qilgani 
yo‘q. 
Mil.avv. XVI asrda yunon hali ibtidoiy jamoa davrida yashagan paytlarida, Kritda rivojlangan 
davlat va jamiyat, yozuv, yuqori darajadagi madaniyat hamda suv quvuri (vodoprovod) mavjud 
edi. Ushbu ajoyib sivilizatsiyani sharqdan kelgan qandaydir xalq yaratgan edi. Krit sivilizatsiyasini 
yunonlar o‘zlashtirdilar. Shu sababli Krit madaniyati Yevropa sivilizatsiyasining asosi 
hisoblanadi
.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling