1. Geografik o ‘rni, tabiiy sharoiti va aholisi
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
1-МАРУЗА
Miloddan avvalgi V-IV asrlarda Yunonistonning iqtisodiy rivojlanishi. Er.av. 478 yilda forslar ustidan uzil-kesil g‘alaba qozonish uchun Afina forslarga qarshi kurashda ishtirok etgan polislar, Egey dengizi orollari, Kichik Osiyodagi grek shaharlarini harbiy ittifoqqa birlashtirgan. Shu tariqa Afina rahbarligida I-Afina dengiz ittifoqi vujudga kelgan va bu ittifoq Eron bilan urushni oxiriga yetkazgan. Bu ittifoqning xazinasi Demos orolida turgan. Forslar bilan urush orada uzilishlar bilan to er.av. 449 yilga qadar davom etgan, greklar Eronning zaiflashganidan foydalanib О‘rta dengizning sohil bо‘yi rayonlariga Nil deltasiga askar tushirganlar, Eron floti tor-mor keltirilib, Kiprga desant tushirilgan. Er.av. 449 yilda sulh tuzilgan. Bu sulh afinaliklar vakili Kalmiy nomi bilan Kalliy sulhi deb ataladi. Abadiy tinchlik о‘rnashilgan. Forslar Kichik Osiyodagi grek shaharlarini va Egey dengizidagi hamma orollarni mustaqil deb taniganlar. Eron harbiy dengiz flotining Egey dengizida suzishi taqiqlangan. Afina I-Afina dengiz ittifoqidan foydalanib, grek dunyosidagi eng qudratli davlat bо‘lib qolgan 3 . Yunoniston-Eron urushlari о‘z vatanining ozodligi va mustaqilligini Eron istebdodidan saqlab qolgan greklarning g‘alabasi bilan tamomlangan. Oralarida birlik bо‘lmasada, greklar 3 Roger B.Beck, Linda Black, Larry S. Krieger, Philip C, Naylor, Dahia Ibo Shabaka ‘’World history: patterns of interaction’’. Oxford University Press. England I994.p.48-51. qat’iy paytlarda birlashishni va bosqinchilarga qaqshatqich zarba berishni bilardilar. Urushning ikkinchi davrida Eronning kuchlari holdan ketganligiga ishonch hosil qilgach, grek askarlari imkoniyatlari boricha Eron sohillarini talaganlar va asirlarni qullarga aylantirganlar. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling