1. Geografik o ‘rni, tabiiy sharoiti va aholisi
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
1-МАРУЗА
2. Solon islohotlari. Afinada yevpatridlar bilan aholining kambag‘al qismi bo‘lgan oddiy demos o‘rtasida ijtimoiy ziddiyatlar kuchaydi. Drakont qonunlari Attika aholisining eng katta muammolaridan biri – qarz masalasini hal qila olmadi. Solon (mil.avv. 640–559-yillar) Attikaning eng qadimgi oilalaridan birining vakili bo‘lib, uning ajdodi podsho Kodriy sulolasiga borib taqalar edi. Yevpatrid Solon ancha yerga ega bo‘lib, savdo-hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullanib, boylik to‘plagan edi. U harbiy qobiliyatga ega, ma’lumotli bo‘lgan va she’rlar yozgan. Solon mil.avv. 594-yilda arxont vazifasiga saylanib, tub islohotlar o‘tkazdi. Solon, eng avvalo, «seysaxteya» (qarzlarni olib tashlash) Afina aholisini qarzlaridan voz kechishni amalga oshirdi. Qarzi uchun qul qilish abadiy taqiqlandi. Katta yer egaligi cheklandi. Yer ulushini belgilangan miqdordan ortiqcha olish man qilindi. Solon islohotlari Afinadagi vaziyatni tubdan o‘zgartirdi. Qarzi uchun dehqonlarni qul qilish bekor qilindi. Ilgari qarzi uchun qul qilinganlar ozod qilindi hamda chetga qul qilib sotib yuborilganlar jamoa hisobidan pul to‘lanib, Afinaga qaytarildi. Solon qonli drakon qonunlarini bekor qildi, faqat odam o‘ldirgani va boshqa jinoiy ishlar uchun hamda kim kambag‘al bo‘lsa, ayol yoki qulni xafa qilgan bo‘lsa, bunday qonunlar saqlanib qoldi. Solonning qarori bilan vatan uchun urushda qurbon bo‘lganlarning bolalari davlat hisobidan tarbiyalangan. Yana bir qaror bo‘yicha vatan uchun jonini fido qilganlar tantanali danf qilingan. Bu qarorlar afinaliklarda vatanparvarlik tuyg‘ularining shakllanishiga xizmat qilgan. Solon suyoqoyoq ayollarga maxsus uylarda ma’lum kasb bilan shug‘ullanishga ruxsat etdi.Faqat bu kasb bilan shugullanish uchun qa’tiy baholar va soliq to‘lash belgilandi. Xo‘jalik faoliyatini rag‘batlantiradigan qator islohotlar o‘tkazildi. Pul islohoti, uzunlik va og‘irlik o‘lchov birliklari takomillashtirilib, savdo-hunarmandchilik rag‘batlantirildi. Attikadan chetga mahsulotlar sotish kuchaydi. Solon Attikadan g‘alla chiqarishni taqiqladi. Bu chora-tadbirlar Afina bozorida chayqovchilikni tugatib, dehqonchilikni rag‘batlantirdi va zaytun moyi, vino eksport qilish uchun qulay shart-sharoit yaratdi. Vasiyatlar erkinligi to‘g‘risidagi qonun urug‘chilik aloqalarini zaiflashtirdi. Alohida oilalarning iqtisodiy kuchayishiga shart-sharoit yaratdi. Yerga egalik qilish me’yori belgilandi. Ijtimoiy-siyosiy sohada qator islohotlar amalga oshirildi. Solon Attikaning barcha erkin aholisini daromad miqdoriga qarab, to‘rt toifaga bo‘ldi. Fuqarolarning huquq va majburiyatlari shunday taqsimlandiki, boy fuqarolar avvalgidek, to‘la hokimiyatga ega bo‘ldilar. Shu bilan birga, fuqarolik jamoasida ularga katta majburiyatlar yuklandi. Yangi yuqori tabaqaga mansub bo‘lish yer ulushidan yillik olinadigan daromadga bog‘liq bo‘ldi. Bu yer egasini yerga yaxshi ishlov berib, ko‘p hosil olish imkoniyatini qidirishga majbur qilar edi. Endilikda u yoki bu oqsuyak urug‘ga mansublik emas, balki aynan daromad miqdori, yerga mehnat qilish fuqaroning jamiyatdagi obro‘ining o‘lchov mezoni bo‘ldi. Sud tizimi isloh qilindi. 30 yoshga yetgan erkin Afina fuqarolaridan sud maslahatchilari – gemey joriy qilindi. Gemey fuqarolar ishi bo‘yicha oliy appelatsiya huquqiga ega bo‘ldi. Faqat u jinoiy ishlar bo‘yicha hukm chiqara olar edi. Odam o‘ldirish bo‘yicha sud ishi sobiq arxontlar kengashi areopag qo‘lida qoldi. Siyosiy huquq mulkiy senz asosida taqsimlandi. Afina jamiyati to‘rt toifaga ajratildi: 1. Pentakosiomedimnlar – bir yilda 500 medimn g‘alla yoki 500 metret (bir metret – 39 litr) zaytun yog‘i oladigan fuqarolar. 2. Suvoriylar (gippeylar). 3. Zevgitlar – ikkita eshak aravaga ega bo‘lgan og‘ir qurolli piyodalar. 4. Fetlar – hunarmandlar. Faqat birinchi uch toifa amalda davlat lavozimlarini egallashi mumkin edi. Oliy arxont mansabiga faqat pentakosiomedimnlar da’vo qilishlari mumkin edi. Fetlar polisning bevosita boshqaruvidan chetlashtirildilar. Xalq yig‘ini – eklessiyada oddiy fuqarolar davlatning umumiy siyosatini belgilashda mansabdor shaxslarni saylashga ta’sir ko‘rsatish, maslahatchilar sudi (gelieya)da ishtirok etib, mansabdor shaxslarning suiiste’mollarini yo‘q qilishlari mumkin edi. Solon fuqarolarining siyosiy faolligiga jiddiy e’tibor berdi. U shunday bir qonunni qabul qildiki, bu qonunga ko‘ra kimki xalq harakatlari paytida kimnidir tomonini olmasa, u nomussiz deb e’lon qilingan. Bu qonun bilan Solon ko‘ngilchan odamlarning ijtimoiy ishlarga zararli loqaydligini oldini olmoqchi bo‘ldi. Chunki loqaydlik oqibatida zararli ishlar ustunlikka erishadi Solon davrida davlat tuzilmasining yana bir yangi organi – maslahatchilar sudi (gelieya) joriy qilindi. Sudyalar barcha fuqarolardan saylangan. Solon islohotlari polis boshqaruvini demokratik shakllari asosini yaratdi, lekin izchil bo‘lmaganligi sababli zodagonlar hokimiyatini to‘la tugata olmadi. Solon islohotlari bo‘lg‘usi Afina demokratiyasining kurtagi edi. Arxont va areopagning roli o‘zgarmadi. Polisning urug‘, fillarga bo‘linishi saqlanib qoldi. Islohotlar fillarda urug‘ huquqining yemirilishiga olib keldi. Endilikda Afina fuqarosi o‘z mulkini erkin vasiyat qilish huquqini oldi. Otasi hunar o‘rgatmagan o‘g‘il keksaygan otasiga g‘amxo‘rlik qilish majburiyatidan ozod qilindi. Solon qonunlari yog‘och taxtachaga yozilib, shaharga qo‘yildi. Afina fuqarolari bu qonunlarni 10 yil davomida o‘zgartirmaslikka qasam ichdilar. Shundan so‘ng Solon arxont vazifasini topshirib, Sharq mamlakatlari bo‘ylab uzoq sayohatga chiqdi. Bundan foydalangan oqsuyak zodagonlar shaharda oddiy xalqdan hokimiyatni tortib olishga harakat qildi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling