1. Giyohvandlikning asr vabosi Alkogolizm, alkogol psixozlar
Download 99 Kb.
|
giyohvandlik, chekish, taksikomaniya va alkogolizmning salbiy oqibatlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Oddiy mastlikning o`zgargan turi
Klinik manzarasi. Mastlikning quyidagi turlari mavjud:
I. Oddiy mastlik holati, uning 3 darajasi bor. 1. Yengil darajasida kayfiyatning ko`tarilishi, tetiklik, mamnunlik, shirin xayollar paydo bo`ladi. Bunda nutqning baland bo`lishi, tezlashishi, imo-ishoralarning jonlanishi, harakatda aniqlikning yo`qolishi bilan xarakterlanadi. Bu darajada ichgan odamlar bajarayotgan ishning hajmi, sifati pasayadi. Vegetativ belgilardan yuzning qizarishi yoki oqarishi, jinsiy maylning oshishi namoyon bo`ladi. Mastlikning yengil darajasida barcha voqealar bemorning xotirasida saqlanib qoladi. 2. O`rtacha og`ir darajasida ko`tarinki kayfiyat, jahldorlik, tajanglik, xafachilik bo`lib turadi. Mast kishi o`z qobiliyatini yuqori baholaydi, o`z-o`zini tanqid qilish pasayadi, harakatning chuqurroq buzilishi, ataksiya va dizartriya namoyon bo`ladi. Fikrlashning susayishi, nutqning sekinlashuvi, bir so`zni qayta-qayta takrorlashi paydo bo`ladi. Bemorning diqqat-e`tibori pasayadi. 3. Mastlikning og`ir darajasida karaxtlik belgilari paydo bo`lib, koma holatiga tushadi. Bunda bemorlarda muvozanat buziladi, mushaklar atoniyasi, amimiya, dizartriya belgilari namoyon bo`ladi. Bemorlarda bosh og`riq, bosh aylanish, ko`ngil aynish, qusish, nafas olish va yurak-qon tomir faoliyatida o`zgarishlar bo`ladi. Natijada qo`loyoqlarning sovuq qotishi, ko`karib qolishi, haroratning pasayishi, tutqanoq xurujlari paydo bo`lib, ixtiyorsiz tagiga siyib yuborish va axlat chiqishi kuzatiladi. Mastlik holatining bu darajasida kishi xotirasi butunlay saqlanmaydi. II. Oddiy mastlikning o`zgargan turi- asoratli mastlik bo`lib, bunda ruhiy buzilishlar kuchayib yoki pasayib ketadi. Oddiy mastlikning quyidagi o`zgargan turi mavjud: 1. Eksploziv turi – mastlikka xos baland kayfiyat kamroq bo`lib, qisqa vaqt bo`ladigan jahldorlik, norozilik bilan almashinib turadi. 2. Disforik turi, bunda ruhiy taranglik, g`amginlik, jahldorlik, tushkunlikka tushish, atrofdagi kishilarga xavf solish paydo bo`ladi. 3. Isterik turida harakat buzilgan, qo`llarini qiyshaytirib, bezovtalanadi, bunda o`ziga yengil jarohat yetkazishi mumkin. Bemorda isterik tutqanoq xuruji paydo bo`lishi mumkin. 4. Depressiv turida kayfiyat pasayadi, bemorlar ko`pincha yig`laydilar, g`amginlik, bezovtalanish, o`ziga suiqasd qilish fikrlari paydo bo`ladi. 5. Somnolensiya turida qisqa vaqt ko`tarinki kayfiyatdan so`ng uyqu kelishi va uxlab qolish mumkin. 6. Epileptoid turida epilepsiya xuruji va harakat qo`zg`alishlari kuzatiladi. 7. Paranoid turida harakat va nutq qo`zg`alishi kuchayib, atrofdagi kishilarni haqorat qiladi, urush va janjal qiladi. Download 99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling