1. Giyohvandlikning asr vabosi Alkogolizm, alkogol psixozlar


Download 99 Kb.
bet4/10
Sana31.01.2023
Hajmi99 Kb.
#1143060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
giyohvandlik, chekish, taksikomaniya va alkogolizmning salbiy oqibatlari.

Davosi. Surunkali alkogolizm uch bosqichda davolanadi:
B i r i n c h i b o s q i c h. Zararsizlantirish (dezintoksikatsion terapiya);
umumiy davolash 40 % li 20 ml glukoza bilan 5 % li 5,0 askorbin kislotasi tomir ichiga 15 kun, 5 % li unitiol 3–5 ml 6–10 marta mushak orasiga; 30 % li tiosulfat natriy 15–20 ml 10–15 marta tomir ichiga; 0,9 % li natriy xlor 1–2 litr tomir ichiga tomchilatib yuboriladi; gemodez, reopoliglukin 400,0 ml tomir ichiga 4–5
kun, 25 % li magneziy sulfat 5–10,0 ml eritmasiga 40 % li glukoza qo`shib tomir ichiga 14 kungacha beriladi. Vitamin B12 1000 mg, B1 100 mg, nikotin kislotasi katta dozada beriladi. Abstinent holatlarda va surunkali davrlarda qo`llaniladi. Abstinent holatida vegetative astenik asab o`zgarishlarida nootrop dorilar, fenazepam 1–2 mg, 0,5 % li seduksen 2–4 ml, pirroksin 1–3 ml 2–6 marta qilinadi.
Ruhiy o`zgarishlarda aminazin, tizersin, galoperidol, teralin, melleril, depressiyada amitriptilin buyuriladi.
I k k i n c h i b o s q i c h d a. Davolash kasallikka, ichkilikka moyillikni
bartaraf etishdan iborat, bunda psixoterapiya usullari ham qo`llaniladi. Ichkilikka bo`lgan moyillikni bartaraf etish uchun psixotrop dorilar – karbiden 90–150 mg, neuleptil 30 mg, meleril 150 mg, teralen, etaperazin, pirogenal 250–1500 mpd buyuriladi. Spirtli ichimlikka jirkanchlik hissini uyg`otish maqsadida shartli reflekslarni keltirib chiqarish uchun 0,5 % li apomorfinning yangi tayyorlanganidan 0,2–1,0 ml gacha teri ostiga yuboriladi. Dori ta`sirida qayt qilish refleksi kuchayadi. Bemorga 30–50 ml spirt ichish tavsiya etiladi. Qayt qilishni kuchaytirish maqsadida qo`shimcha emitin 0,05 mg, ipekakuana 0,25–0,5 mg, mis kuporosi eritmasini 0,5–0,75 mg 150 ml distillangan suvda eritib ichish buyuriladi. Bemor organizmida ichkilikka nisbatan chidamsizlik hissi uyg`otiladi. Bunda teturam (antabus) dorisini 0,125–0,5 g dan har kuni 30 kun davomida beriladi. Dorining ta`sirini mustahkamlash maqsadida teturam-alkogol sinamasi qo`yiladi. Bu sinama o`tkazishdan 3–4 kun oldin teturam 1,0 g gacha
oshirib boriladi. Bemor ichgandan so`ng behushlik, yurak sohasidagi og`riq, qon bosimining oshishi, tutqanoq xurujlari kuzatiladi. Bu o`zgarishlarning oldini olish maqsadida, sinov oldidan bemorlarga 8,4 % li bikarbonat natriy, 10 % li kalsiy xlor eritmasini 10 % li glukozada aralashtirib, tomir ichiga yuboriladi. Bemorlarga ichkilikka qarshi chidamsizlikni keltirib chiqarish uchun metronidazol (trixopol) 1000–2000 mg har kuni, 3–4 hafta davomida; furazolidon 300–800 mg 10 kun davomida; siamid 50–100 mg 5–6 kun, nikotin kislota 100– 400 mg 3–4 hafta davomida berib boriladi. Bu usulni uzoq muddat qo`llash mo`ljallanganda, mushak ichiga esperal va radeter dorilarni jarrohlik yo`li bilan kiritiladi.
Uc h i n c h i b o s q i c h d a davolash – natijalarni barqaror qilish, kasallik qaytalanishining oldini olish usullaridir. Bunga psixoterapiya usullari, psixotrop dorilari qo`llaniladi. Kasallik qayta avj olishining oldini olish uchun teturam 0,25–0,75 g, trixopol 0,75–1 g, nikotin kislotasi har kuni 1–3 oy davomida berib boriladi. 1–2 oy o`tgach bu kurs yana qaytariladi.

Download 99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling