1. Giyohvandlikning asr vabosi Alkogolizm, alkogol psixozlar


III. Kasallikka xos mastlik


Download 99 Kb.
bet3/10
Sana31.01.2023
Hajmi99 Kb.
#1143060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
giyohvandlik, chekish, taksikomaniya va alkogolizmning salbiy oqibatlari.

III. Kasallikka xos mastlik o`ta o`tkir o`tkinchi psixoz bo`lib, spirtli ichimlik ichish natijasida paydo bo`ladi. Alkogolni tez-tez iste`mol qilish natijasida odam unga o`rganib qoladi va surunkali alkogol kasalligiga chalinadi. Surunkali alkogol kasalligining quyidagi bosqichlari mavjud:
1. Asosiy belgisi ichkilikka xos moyillik (intilish) bo`lib, oddiy ichkilikbozlikdan kasallikka o`tiladi. Birlamchi ichkilikka moyillik faqat ichkilik ichish bilan o`tadigan marosim paytida paydo bo`ladi. Bemorlar ichkilik ichish maqsadida bunday marosimlarni o`ylab topadilar va tezlatadilar. O`zlari esa jonlanib ketadilar. Hamma ishlarni tashlab, ichkilik ichishga shoshiladilar, agar bemorlar oldida to`siqlar paydo bo`lsa, ularning ruhiyati, kayfiyati pasay. Birinchi bosqichda bemorlar mast bo`lishlari uchun ichkilik miqdorini 2–3 barobar oshirib ichadilar. Ichkilikka chidamlilikning oshishi
qayt qilishning yo`qolishi bilan kuzatiladi va mastlik holatiga olib keladi. Bemorlar bu mastlik holatidagi voqealarni xotirada saqlab qolmaydilar (giyohvand amneziya).
2. Kasallikning birinchi bosqichdagi belgilarning kuchayishi bilan abstinent belgi (bosh og`riq) paydo bo`ladi. Bunda bemorda mastlik tugashi bilan behollik va vegetativ o`zgarishlar kuzatiladi. Bosh og`rig`i, bosh aylanishi, yurak urishi, yuz va ko`z olmasining qizarishi, tinka qurishi, lanjlik paydo bo`lishi bilan davom etadi. Bu holat kecha-yu kunduz paydo bo`ladi. Agar bemor ozgina ichsa, uning ahvoli yaxshilanadi. Alkogolizm rivojlanib borsa, abstinent holati ham og`irlashib boradi. Bunda vegetativ o`zgarishlar bilan birga somatik o`zgarishlar ham qo`shiladi. Bularga yurak qon tomir urishining buzilishi, ishtahaning kamayishi, ich buzilishi, qayt qilish, qorindagi og`riqlar kiradi. Asab-ruhiy sohasida esa butun tanada titroq, xavotirlik, vasvasalar, o`z-o`zini ayblash, jahldorlik, ko`rolmaslik, yomon tush ko`rishlar, gallutsinatsiyalar paydo bo`ladi.
Abstinent holati 2–5 kun davom etib, bemorlar ertalabdan bosh og`rig`i uchun ichadilar. Bunda bemorni ichkilik ichishdan to`xtatib bo`lmaydi. Ichkilikka bo`lgan chidamlilik bir necha yil davom etadi. Bemorlarda mastlik holati o`zgaradi, eyforiya davri qisqarib, psixopatsimon holatlar uchraydi.
3. Ichkilikka bo`lgan chidamlilikning kamayishi kasallikning 3-bosqichga o`tishini bildiradi. Bunda bemorlar oz-ozdan kun bo`yi ichadilar, ichish bir necha haftadan bir necha oyga cho`ziladi. Bunda birinchi kuni ko`p ichib, oxirgi kunlari esa ichkilikka chidamlilik kamayib boradi. Jismoniy o`zgarishlar yuzaga kelib, butunlay ichmay qo`yadilar. Bemorlar uyatsiz, sharm-hayosiz, urishqoq, yolg`onchi bo`lib qoladilar. Bunda gepatit, yurakdagi o`zgarishlar tuzalmaydigan darajaga keladi. Kasallikning kechishi ichkilik ichgandan uning
ikkinchi bosqichi boshlanguncha, 6–7 yil vaqt o`tadi. Bu tez rivojlangan turi hisoblanadi. O`rtacha rivojlangan turi 7–15 yilgacha, asta-sekin rivojlangan davrida 15 yildan ko`proq vaqt o`tadi.

Download 99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling