1. Giyohvandlikning asr vabosi Alkogolizm, alkogol psixozlar
Download 99 Kb.
|
giyohvandlik, chekish, taksikomaniya va alkogolizmning salbiy oqibatlari.
Toksikomanlar. Ularda tabiiy va sun`iy zaharlovchi moddalarni iste`mol qilish natijasida organizmda shu moddalarga nisbatan moyillik, xumor tutish holatlari kuzatiladi. Bu holat ko`pincha psixotrop dorilar bilan uzoq davolangan bemorlarda kuzatiladi. Bu dorilardagi xumor holatlarida bosh og`rig`i, bosh aylanishi, yurak urishining tezlashishi, titroq bosish, behushlik holatlari, tutqanoq xurujlari va psixoz holatlari kuzatiladi. Psixotrop dorilar uzoq muddat iste`mol qilinganda ularga chidamlilik oshadi, xumor holatlari (qo`rquv, uyqusizlik, ko`p terlash, titroq) paydo bo`ladi. Miya faoliyatini tetiklashtiruvchi dorilar (kofein) iste`mol qilganda, bemorlarda tetiklashish, kuchga to`lish, yengillashish kabi holatlar kuzatiladi. Bu holatlar qisqa vaqtdan keyin bo`shashish, tushkunlik, bosh og`riq, tananing qaqshashi bilan
tugallanadi. Shuning uchun bemorlar qayta shu dorilardan olishga majbur bo`ladilar. Bundan tashqari, bemorlarda vasvasalar, eshitish, ko`rish gallutsinatsiyalari ham kuzatiladi. Parkinsonizmga beriladigan dorilar (siklodol, parkopan, romparkin, artan) ko`p dozada berilib borilganda bemorlarda eyforiya, mastlik, gallutsinatsiyalar bo`lishiga olib keladi. Bu moddalarning dozasi oshib ketganda qo`rqinchli ko`rish gallutsinatsiyasi, deliriy yoki ovoz eshitish gallutsinatsiyasi, o`tkir sezish, ta`qib qilish vasvasasi bilan o`tadigan psixozlar kuzatiladi. Xumor holatida qo`l va tananing titrashi, mushaklardagi og`riq hamda tortishishlar, yurakning tez urishi, bo`g`im va umurtqa pog`onasidagi og`riqlar, xavfsirash, qo`rqish belgilari namoyon bo`ladi. Benzin, bo`yoq, lok erituvchilar, yelimlar, kremlar hidlaganda ko`pincha nafas yo`li orqali o`tkir zaharlanishga, mastlik holatiga olib keladi. Bunda eyforiya, gallutsinatsiyalar paydo bo`ladi. Agar bemorlar bu moddalarni 2–3 kun iste`mol qilmasa, yurak o`ynashi, qon bosimining o`zgarishi, qo`l titrashi, qovoq uchishi, tanada shishlar paydo bo`lishiga olib keladi. 5–7 kunga kelib esa depressiya, apatiya, bo`shashish, asteniya belgilari uchraydi. Download 99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling