1. Giyohvandlikning asr vabosi Alkogolizm, alkogol psixozlar


Download 99 Kb.
bet7/10
Sana31.01.2023
Hajmi99 Kb.
#1143060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
giyohvandlik, chekish, taksikomaniya va alkogolizmning salbiy oqibatlari.

Giyohvandlik – zaharli moddalarga organizmning o`rganib qolishi natijasida yuzaga keladi. Giyohvand moddalar, asosan, bir marta iste`mol qilganda kayf beruvchi, surunkali iste`mol qilganda esa jismoniy va ruhiy ko`nikish hosil qiluvchi moddalardir. Giyohvand moddalarni uzluksiz iste`mol qilish giyohvandlikga olib keladi. Giyohvand moddalar iste`mol qilinganda, asosan, asab tizimi faoliyatiga ta`sir qilib, uning ish faoliyatini buzadi. Ya`ni eslash, fikrlash, sezish, gapirish qobiliyatining pasayishiga olib keladi, natijada ularning ish qobiliyati yo`qoladi. Giyohvand moddalarni qayta iste`mol qilganda
organizmda ruhiy moyillik, ya`ni shu moddalarga nisbatan kayf, mastlik holatlari yuzaga keladi. Bunda, ayniqsa, bolalarda o`qishga bo`lgan qiziqish yo`qoladi. Jismoniy moyillik esa organizmning giyohvand moddalarga bo`lgan moyilligi ortishi natijasida, giyohvand modda iste`mol qilmagan taqdirda, organizm me`yoriy faoliyat ko`rsatmasligi mumkin. Oqibatida qo`1-oyoq bo`g`inlarida, mushaklarda kuchli og`riq, qaltirash, tirishish holatlari bo`lib o`tadi. Bemorlarda bezovtalik, yaxshi uxlamaslik, injiqlik, bosh og`riq, tez-tez ich ketish, qattiq qo`rquv holatlari kuzatiladi. Bu holatlar giyohvand moddalar qabul qilgandan keyin tezda o`tib ketadi. Bu moddalarni surunkali iste`mol
qilish natijasida, organizmda jismoniy moyillikning kuchayishi, ya`ni o`zini o`zi boshqara olmasligi, nazorat qilishi yo`qoladi, bundan keyin kayf qilish uchun emas, balki shu moddalarsiz organizmning me`yoriy faoliyat ko`rsatmasligi natijasida, tura olmaslik holatlariga olib keladi. Giyohvand moddalarni surunkali iste`mol qilish homilador ayol organizmiga va homilaga zararli ta`sir qiladi. Natijada homila rivojlanishining dastlabki uch oyligida asab tizimi, barcha tana a`zolari va to`qimalari shakllanib borayotganda salbiy ta`sir qilib, tug`ma
nuqsonlar paydo bo`lishiga olib keladi. Bunda homila rivojlanishi susayadi, homilaning erta tushishi, o`lik tug`ilishi, bolaning aqliy zaif bo`lib qolishi, mayib-majruh tug`ilishiga olib keladi. Giyohvandlikni keltirib chiqaruvchi omillardan biri ijtimoiy omildir. Bunga bolalarni oilada noto`g`ri tarbiyalash, tevarak-atrofdagi chekuvchilarning ta`siri va ularga bolalarni qiziquvchanligi, kayfiyatga tez beriluvchanlik hamda turli xil qiyinchilikdan qochishi kiradi. Giyohvand moddalarni uzoq muddat iste`mol qilganda kishi unga
o`rganib qoladi. Bemorlar ko`proq og`riq qoldirivchi dorilar (promedol, morfin, omnopon, barbituratlar)ni qabul qilgandan keyin unga organism o`rganib qoladi. Agar bemorlar bunday dorilarni qabul qilmasa, organizmda abstinensiya (xumor tutish) belgilari paydo bo`ladi. Bular bosh og`riq, lanjlik, tajanglik, yurak o`ynashi, kayfiyat va ruhiyatning yomonlashuvi, ich ketish, uyqusizlik va vahima bosish belgilari paydo bo`ladi. Abstinensiya davrida bemorlar giyohvand moddalarni qo`lga kiritish uchun harakat qiladilar va jinoiy ishlar ham qiladilar. Ba`zi bemorlar darddan qutilish uchun shifoxonaga yotib oladilar. Og`riqqa chidolmasdan morfin qilishlarini so`raydilar. Vaqt o`tishi bilan morfin miqdori kamlik qiladi va qanoatlantirmay qo`yadi.
Giyohvandlikka o`rganib qolgan bemorlarning ishtahasi yo`qoladi, terisi quruq, shilviragan, qo`l-barmoqlarda titrash (tremor), bo`g`immushaklarda og`riq, uyqusi buzilgan, yurakning o`ynab turishi, ish qobiliyatining susayishi va irodaning pasayishi kuzatiladi. Bemorlarda ko`pincha yolg`on gapirish, kulish yoki yig`lash hamda xotiraning pasayishi namoyon bo`ladi. Agar nasha chekilganda eyforiya, fikrlashning tezlashishi, hirsning kuchayishi, illuziyalar
(kichik ariq xuddi katta ariq bo`lib ko`rinadi), bachkanalik, kulguli holatlar, tashnalik, ochlik paydo bo`lsa, giyohvandlikda kuchli asteniya – xavotirlanish, mushaklar uchishi, ich ketish, tutqanoq xurujlari, talaffuzning buzilishi, titroq, muvozanatning yo`qolishi holatlari kuzatiladi.

Download 99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling