1. Giyohvandlikning asr vabosi Alkogolizm, alkogol psixozlar
Davolashning birinchi davrida
Download 99 Kb.
|
giyohvandlik, chekish, taksikomaniya va alkogolizmning salbiy oqibatlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi davr
Davolashning birinchi davrida qabul qiladigan kimyoviy moddani berish to`xtatiladi: Kimyoviy moddani qabul qilish to`xtashi bilanoq, o`sha kunning oxiri va ertasi kuni bemorda yuzaga keladigan abstinensiya holatini sekinllashtirish va bemorning ahvolini yaxshilash uchun reopoliglyukin, gemodez kabi dorilar bemorning vena tomiriga tomchi usulida yuboriladi. Shuningdek, bemor ruhiyatni tinchlantiruvchi, yurak qon-tomir faoliyatini yaxshilovchi dorilar qo`llanadi. Birinchi davrda, abstinentsiya holatidagi bemorning ruhiyati o`ta buzilgach, u qo`zg`algan bo`ladi. Kimyoviy moddaning xumori tutadi. U atrobdagilardan kimyoviy modda berishni so`raydi, yalinadi, baqiradi, yig`laydi, ko`chaga chiqib, kimyoviy modda topishga va uni qabul qilishga harakat qiladi. Shuning uchun bemorni doimiy ravishda nazorat qilish kerak. Bemorning bardoshi va davolash tadbirlari natijasida 8-10 kundan keyin abstinensiya holatining belgilari kamayib, ahvoli yaxshilanadi.
kayfiyati yomonlashadi, dunyo uning ko`ziga torayib ko`rinadi, jahli chiqadi, atrofdagi odamlarga qo`pol muomala qiladi, janjallashadi. Kimyoviy moddani qabul qilishi bilanoq bemorning kayfiyati yaxshilanadi. U kimyoviy moddani o`z vaqtida qabul qilish uchun barcha imkoniyatlarini safarbar qiladi. Uning xotirasi, fikrlash qobiliyati pasayadi, aqliy mehnatga yaroqsiz bo`lib qoladi. U hech napsaga qiziqmaydi, hayoli kimyoviy moddani topish va qabul qilish bilan band bo`ladi. Lekin kasallikning ikkinchi davrida zarur chora-tadbirlar qo`llansa bemor tuzalishi va ish qobiliyati tiklanishi mumkin. Uchinchi davr - kimyoviy moddaga nisbatan bemorda nafaqat ruhiy, balki, jismoniy mu‘telikning ham vujudga kelishi bilan xarakterlanadi. Bu davoda toksikomaniya ruhiyatining buzilishi cho`qqisiga chiqadi. Shuning bilan birgalikda uning hayotiy muhim bo`lgan yurak, o`pka, jigar, buyrak kabi a`zolarining zaharlanishi tufayli, ularning funksiyasi buziladi. Natijada bemor ozroq harakat qilsa, jismoniy ish bajarsa nafasi qisadi, yuragi o`ynaydi, jigar sohasida (o`ng qovurg`a ostida) og`riq paydo bo`ladi. U ham aqliy, ham jismoniy ish qobiliyatini butunlay yuqotadi. Natijada nogironga aylanadi. Kimyoviy modda qabul qilmasa tura olmaydi. Bu moddani qabul qilgan sari tanasining zaharlanishi chuqurlashaveradi. Uchinchi davrda bemorni davolash qiyin, u to`liq tuzalmaydi, oqibatda hayotdan ko`z yumadi. Turli xil kimyoviy moddalarni qabul qilish natijasida toksikomaniya kasalligiga duchor bo`lgan bemor o`zi o`rganib qolgan kimyoviy moddani qabul qilishni to`xtatib qo`ysa, birinchi kunning oxiriga borib unda abstinensiya holati yuzaga keladi. Bu holat bemor hayoti uchun xavf tug`diradi. Bemorning jag`, qo`l-oyoq muskullari tirishadi, lablari ko`karadi. Abstinensiyaning 3-4 kunlari bemorning ahvoli juda og`irlashadi. U tanasining hamma joyidagi kuchli og`riqqa chiday olmay baqiradi, yig`laydi, kimyoviy modda berishni surab yalinadi, janjal qiladi, ko`chaga chiqib qochishga harakat qiladi, bemorni sinchkovlik bilan tekshirganimizda uning barmoqlari, tili, boshi qaltiraganini aniqlash mumkin. Agar bemor yuqoridagi noxush belgilarga bardosh bersa ya‘ni kimyoviy moddani qabul qilmasa abstinensiya holatining belgilari 8-10 kundan keyin kamayadi va bemor o`zini yaxshi his qila boshlaydi, ya‘ni u sog`ayadi. Download 99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling