1. Gulli o’simliklar va o’simliklarni hayotiy shakllari. Ikki yillik o’simliklarlarga qaysi o’simliklar kiradi?
Download 0.61 Mb.
|
umumiy test @Biologiya
87. Quyidagi organizmlarning qaysi birida hujayra qobig’i xitin moddasidan tuzilgan? 1.lishaynik 2.zamburug’lar 3.bakteriyalar 4. suvo’tlar 5.hasharotlar 6.yuksak o’simliklar a) 1.2 b) 2.5 c) 1.2.4 d) 1.2.5 88. Hujayraning 98 % ni qaysi elementlar tashkil qiladi ? a) vodorod, kislorod, karbon, azot, suv b) suv, kislorod, vodorod, azot c) vodorod, kislorod, karbon, azot d) suv, oltingugurt, fosfor, azot 89. ATF tarkibidagi uchunchi fosfat kislotaning ajiralishi natijasida qancha energiya ajraladi ? a) 40 kj b) 17.6 kj c) 38.9 kl d) 4.1 kkal 90. Bir molekula glyukoza sintezlash uchun qancha CO2(a) va ATF (b) sarflanadi ? a) a – 18; b – 6 b) a – 6 ; b – 18 c) a – 12 ; b – 18 d) a – 6 ; b – 12 91. DNK molekulasining tarkibida 1222 adenin nukleotidi bor. Adenin nukleotidi umumiy nukleotidlarning 26%-ini tashkil qilsa, bu holda DNK ning tarkibida umumiy nukleotidlarning soni nechtaga teng ? a) 2350 ta b) 4700 ta c) 3540 ta d) 13500 ta 92. DNK tarkibiga kiruvchi guaninli nukleotid tarkibini aniqlang ? a) guanin-riboza-fosfat kislata qoldig`i b) guanin-sitozin-fasfat kislota qoldig`i c) guanin-dezoksiriboza-fosfat kislota qoldig`i d) guanin-maltoza-fasfat kislata qoldig`i 93. Agar DNK uzunligi 183.6 nm ga teng bo`lib, undagi qo`shni nukleotidlar orasidagi masofa 0.34 nm ga teng bo`lsa ,ushbu DNK fragmentida nechta nukleotidlar bor va ular nechta aminokislatalarni kodlaydilar? a) 536 ta 1800 ta b) 5480 ta 180 ta c) 540 ta 180 ta d) 1080 ta 180 ta 94. Agar vazopressinning iRNK molekulasida 9 ta kodon bo`lsa, u nechta nukleotiddan tashkil topgan bo`ladi ? a) 9 ta b) 54 ta c) 3 ta d) 27 ta 95. Hujayraning buferlik xususiyati nimaga bog`liq ? a) oqsilning miqdoriga b) tuzlarning aralashmasiga c) barcha biopolimerlar aralashmasiga d) suvning miqdoriga 96. Moddalar almashinuvining dastlabki (1) oraliq (2) va oxirgi (3) boshlangichlarini aniqlang ? a) ovqat hazm qilish b) keraksiz mahsulotlarni tashqariga chiqarish c) hujayrada sodir bo`ladigan jarayonlar a) 1c, 2b, 3a b) 1c, 2a, 3b c) 1a, 2b, 3c d) 1a, 2c, 3b 97. Halqasiz aminokislatalar qatoriga kirmaydigan aminokislotalarni aniqlang ? a) serin, valin b) gistidin, triptofan c) lizin, arginin d) gistidin, glitsin 98. Monomerga ega bo`lmagan biomolekulani ko`rsating ? a) oqsil b) lipid c) uglevod d) nuklein kislota 99. Hujayra kimyoviy tarkibini va ularda sodir bo’ladigan kimyoviy jarayonlarni o’rganishga katta hissa qo’shgan o’zbek olimlarni ko’rsating. a) Yo. To`raqulov, B.Toshmuhamedov b) M.Mavlonoy, M.Mirzayev c) S.N.Alimuhamedov, V.V.Yaxontov d) M.Muzaffarov, S.Asqarov 100. DNK ning qaysi nukleotidlari o`rtasida vodorod bog`lari hosil bo`ladi va bog`larni soni nechta ? a) A va T (2) G va S (3) b) A va G (2) Tva S (2) c) A va S (3) G va T (3) d) A va T (2) G va S (2) 101. DNK (a) va RNK (b) tarkibidagi azotli asoslarni juftlab ko’rsating. 1.adenin 2.ATF 3.ADF 4.guanin 5.sitozin 6.timin 7.uratsil a) a-1.4.5.6 b-1.4.5.7 b) a-1.2.4.5 b-1.4.5.7 c) a-1.4.5.6 b-1.4.5.6 d) a-1.2.4.5 b-1.4.3.5 102. DNK malekulasi 12 juft bo’lgan nukleotiddan iborat.Agar asoslar orasidagi masofa 3.4 angestron bo’lsa,mazkur DNK bo’lagining uzunligini toping? a) 34 b) 40.8 c) 3.8 d) 4.08 103. Nechta triplet kod aminokislotalarni kodlashda ishtirok etadi? a) 61 ta b) 64 ta c) 3 ta d) 20 ta 104. Qaysi polisaxaridlar hujayra devorini hosil qilmaydi? 1. xitin 2.kraxmal 3. saxaroza 4. glikogen 5. maltoza 6.sellyuloza a) 1.2.3 b) 2.4 c) 4.5.6 d) 1.3.5.6 108. DNK molekulasining tarkibida 3125 adenin nukleotidi bor . Adenin nukleotidi umumiy nukleotidlarning 20 % - ini tashkil qilsa, bu holda timin nukleotining soni nechtaga teng ? a) 3125 b) 6250 c) 9375 d) 4320 109. DNK molekulasi tarkibida (T) timin nukleotidi umumiy zanjirining 16% ni tashkil etadi .Qolgan nukleotidlarning har biri necha foizini tashkil qiladi ? a) A – 32, G – 32, S – 32 b) A – 34, G – 16, S – 16 c) A – 16, G – 34, S – 34 d) A – 16, G – 16, S – 16 110. Anaerob parchalanish reaksiyasida glyuko`zaning sut kislatasigacha parchalanishi natijasida ajiralib chiqayotgan energiyaning necha foizi issiqlik energiyasi sifatida tarqalib ketadi ? a) 40 % b) 60 % c) 50 % d) 70 % 111. Insulin gormoni qanday tabiatli modda ? a) oqsil b) lipid c) uglevod d) nukleotid 112. Hujayraning qaysi qismida DNK molekulasi uchraydi? a. yadro b. sitoplazma c. lizosomada d. Golji apparati e. mitaxondriya f. xloroplastlarda a) a, c, e b) a, e, f c) d, e, f d) a, b, c 113. DNK ning ikki xissa ortishi nima deyiladi ? a) reduplikatsiya b) degeneratsiya c) renaturatsiya d) denaturatsiya 114. Halqali aminokislotalar qatoriga kirmaydiganlarini aniqlang ? a) fenilalanin, tirozin b) gistidin, triptofan c) serin, tirozin d) alanin, valin 115. RNK tarkibiga kiruvchi guaninli nukleotid tarkibini aniqlag ? a) guanin-riboza-fosfat kislata qoldig`i b) guanin-dezoksirboza-fosfat kislata qoldig`i c) guanin-sitozin-fosfat kislata qoldig`i d) guanin-maltoza-fosfat kislata qoldig`i 116. DNK molekulasi muayyan fragmentining uzunligi 73,1nm ga teng. DNK molekulasidagi nukleoditlar orasidagi masofa 0,34 nm ga teng bo’lsa, ushbu fragmentda nechta nukleodit bor? a) 21,5 b) 305 c) 230 d) 215 117. Hujayradagi ATF sintezida qatnashuvchi organoid (lar) ni belgilang. 1.mitaxodriya 2.lizosoma 3.xloroplast 4.golji majmuasi 5.endoplazmatik to’r a) 2,4,5 b) 1,3 c) 1 d) 2 118. Agar vazopressin oqsilining sintezini amalga oshiruvchi iRNK molekulasida 9 ta kodon bo’lsa, uning uzunligi toping? ( nukleotidlar orasidagi masofa 3,4 ga teng) . a) 81,5 b) 243 c) 91,8 d) 27 119. Sintez (1) va parchalanish (2) reaksiyalarida qanday jarayonlar kuzatiladi? a) energiya sarflanishi b) energiya ajraladi c) oddiy moddalardan murakkab moddalar hosil bo’ladi d) murakkab moddalardan oddiy moddalar hosil bo’ladi a) 1-b,d, 2-a,c b) 1-a,c, 2-b,d c) 1-a,d, 2-b,c d) 1b,c 2-a,d 120. ATF tarkibida qanday azotli asos (1) va monosaxarid (2) bo’ladi? a) adenin b) guanin c) glyukoza d) riboza e) dezoksiriboza f) uratsil a) 1-a, 2-e b) 1-a, 2-d c) 1-b, 2-c d) 1-f, 2-e 121. Axborot tashuvchi iRNK tarkibida nukleoditlar quyidagi nisbatda uchraydi: guanin-31, uratsil-19, sitozin-21, adenin-29, Mazkur iRNK molekulasi asosida uning sintezida ishtirok etgan DNK molekulasining tarkibidagi nukleoditlar miqdorini aniqlang. a) T=19; A=29; G=21; S=31 b) T=29; A=29; G=31; S=31 c) T=48; A=48; G=52; S=52 d) T=29; A=19; G=21; S=31 122. Quyidagi qaysi jarayonlar fotosintezda kuzatiladi? a) suv va CO2 dan uglevodni sintezlanishi b) quyosh energiyasining kimyoviy energiyaga aylanishi c) erkin O2 ning hosil bo’lishi d) ATF sintezlanishi e) uglevod va oqsillarning parchalanishi f) quyosh energiyasining mexanik energiyaga aylanishi a) a,b,c,d b) e,f c) a,b d) c,d 123. Quyidagi birikmalardan qaysi birining monomerlari glyukoza hisoblanmaydi? 1.kraxmal 2.albumin 3.glikogen 4.globulin 5.selluloza a) 2,4 b) 1,2,3 c) 2,3,5 d) 2,3 124. Agar DNK molekulasida A-600, G-2400 ta bo’lsa, ushbu molekulaning reduplikatsiyasida qancha va qanday nukleotidlar ishtirok etadi? a) 600-A, 2400-G b) 600-A, 600-G c) 1200-C, 4800-T d) 600-T, 2400-C 125. Tirik organizmlarga xos bo’lgan qo’zg’aluvchanlikni amalga oshirishni ta’minlaydigan ionlarni ko’rsating? a) Fe+2, Ca+2, P b) OH, HCO3 c) K+, Na+, Ca+2 d) H2 PO4 , HPO-24 126. DNK molekulasining tarkibida 1222 adenin nukleotidi bor. Adenin nukleotidi umumiy nukleotidlarning 26 % ini tashkil qilsa bu holatda guanin nukleotidining soni nechaga teng? a) 1128 b) 2256 c) 2444 d) 1222 127. DNK molekulasi muayyan fermentning uzunligi 33.32 nm, DNK molekulasidagi nukleotidlar orasidagi masofa 0.34 nm ga teng. Ushbu DNK fragmentida nechta nukleotid bor? a) 89 b) 196 c) 98 d) 133 128. Agar DNKdagi qo`shni nukleotidlar orasidagi masofa 0.34 nm ekanligini hisobga olsak, 90 ta aminokislotadan iborat oqsilni kodlovchi DNK fragmentidagi nukleotidlar sonini va DNK uzunligini toping. a) 270 ta, 91,8 nm b) 90 ta, 91,8 nm c) 540 ta, 91,8 nm d) 270 ta, 94 nm 129. Spirtli achish deb nimaga aytiladi? a)glyukozaning kislorodsiz sharoitda etil spirti va CO2 gacha parchalanishi b) glyukozaning kislorodli sharoitda etil spirti, sut kislota va CO2 gacha parchalanishi c) glyukozaning kislorodli sharoitda etil spirti va suvgacha parchalanishi d) etil spirti bilan CO2 ishtirokida disaxaridlarni sintez- lanishi 130. 5 kunda odam o`rtacha qancha (gr) kislorod (a) va tuz (b) o`zlashtiradi? a) a-500, b-4300 b) a-4800, b-500 c) a-4300, b-500 d) a-430, b-50 131. Halqali (a) va haqlqasiz (b) aminokislotalarni aniqlang. 1. alanin 2. fenilalanin 3. treonin 4. tirozin 5. triptofan 6.arginin a) a-1, 3, 6; b-2, 4, 5 b) a-2, 4, 5; b-1, 3, 6 c) a-2, 4, 6; b- 1, 3, 5 d) a-1, 2, 3; b-4, 5, 6 132. Anorganik moddalardan organik moddalarni sintez qilish qobiliyatiga ega bo`lmagan organizmlar nima deb ataladi? a) fototroflar b) xemotroflar c) geterotroflar d) autotroflar 133. Hujayra membranasi tarkibida uchraydigan lipidlarni belgilang. 1. fosfolipid 2. lipoprotein 3. organik kislota 4. mum 5. glikolipid 6. murein a) 1, 2, 4, 6 b) 1, 2, 3, 6 c) 3, 4, 6 d) 1, 2, 5 134. Mikroelementlarga kirmaydigan qatorni belgilang. a) K, B, Mg b) Zn, Cu, Ca c) Co, Cu, F d) P, S, Fe 135. Barg sathi katta bo’lgan o’simlikni aniqlang. a) qayrag’och b) otquloq c) yantoq d) tarvuz 136. Labaratoriya sharoitida bargni qanday rangsizlantirish mumkin? a) yod eritmasi b) kislota eritmasi c) spirt eritmasi d) NaCl eritmasi 40. Organizmlarni ko’payishi va individual rivojlanish. Ontogenez 1. Bir yillik ikki uyli o’t o’simlik berilgan qatorni aniqlang. a) rezavor ismaloq b) turkiston ismaloq c) ebalak d) baliqko’z 2. Ildizpoyasi va tugunagi bo`lgan o`simlikni belgilang. a) salomalaykum b) kartoshka c) ajriq d) bug`doyiq 3. Qaysi ildizpoyali o`simliklarda ildizpoyadan tashqari tuganaklar ham hosil bo`ladi? a) ajriq b) qamish c) g`umay d) salomalaykum 4. Quyidagi o’simliklarning ko’payish usullari bo’yicha juftlab ko’rsating. 1. hilol 2.molodilo 3. elodeya 4. g’umay a.ildizpoya b. ajratuvchi kurtak c. novda d. piyozbosh a) 1-a: 2-b: 3-c: 4-a b) 1-b: 2-a: 3-d: 4-c c) 1-c: 2-a: 3-b: 4-a d) 1-b: 2-d: 3-a: 4-c 5. Gaploid va diploid to’plamli hujayraning urug’lanishi natijasida poliplodiyada qanday zigota hosil bo’ladi? a) gaploid b) diploid c) triploid d) tetraploid 6. Gulli o`simliklarni murtak xaltasida qanday hujayralar bo`ladi? a) diploid tuxum hujayra b) gaploid markaziy hujayra c) gaploid tuxum hujayra d) gaploid tuxum hujayra va diploid markaziy hujayra 7. Yopiq urug`lilarning qaysi a’zosida gametogenez jarayonida gametalar hosil bo`ladi? a) barg b) meva c) gul d) urug` 8. Savatcha to`pgulli o`simliklarning aniqlang . 1. g`o`za 2.olma 3. sabzi 4. bo`tako`z 5. dastargul 6. qo`qongul a) 4.5.6 b) 5.6.7 c) 1.2.3 d) 2.4.5 9. Gulli o`simliklarning qo`sh urug`lanishi natijasida hosil bo`lgan zigota va triploidli hujayralarning bo`linishidan nima hosil bo`ladi? 1 urug` po`sti 2 urug`palla 3 murtak 4 endosperm 5 meva a) 1.2 b) 2.3 c) 3.4 d) 4.5 10. Gulli o`simliklar endospermasida xromosoma to`plami qanday bo`ladi? a) diploid b) gaploid c)poliploid d) triploid 11. Urug`ning qaysi qismida xromasomalar to’plami triploid bo`ladi ? a) urug`po`sti b) urug` yo`li c) urug` murtagi d) urug` endospermi 12. Organizmda qaysi hujayralar butun hayoti davomida tinmasdan bo`linish xususiyatiga ega? a) nerv, muskul b) eritrotsitlar, nerv c) ichak va o`pka epiteliysi d) teri, muskul 13. Yetuk bosqichga o`tganda so`ng bo`linmaydigan hujayralarni belgilang ? a) nerv, o`pka b) nerv, eritrotsitlar c) teri, eritrotsitlar d) o`pka, teri 14. Spermatozoid hujayrasini qaysi organoid energiya bilan ta’minlaydi? a) yadro b) akrosoma c) mitaxondriya d) golji apparat 15. Interfaza qanday davrlardan iborat ? 1.mitozondan keyin 2. mitoz 3. sintezdan oldingi 4. sintez davri 5. sintezdan keyin a) 1.2.4 b) 3 c) 3.4.5 d) 1.2.3.4 16. Blastula bosqichlaridagi hujayralarning o`xshashligi (1) va farqi (2) ni toping. a. barcha hujayralari mitoz usulda bo`linadi b. diploid to`plamga ega c. sariqlik miqdori bir xil d. sariqlik miqdori turli xil a) 1 – a / 2 – c b) 1 – a ,c / 2 – b c) 1 – a ,b / 2 – d d) 1 – b / 2 – c 17. DNK reduplikatsiyasi hujayraning qaysi bo`linishi oldidan kuzatiladi ? a) mitoz b) meyoz c) interfaza d) mitoz, miyoz 18.Quyidagilardan qaysilari shakllangan spermatozoid tarkibiga kiradi? 1. yadro 2. lizasoma 3. akrosoma 4. ribasoma 5.mitaxondriya 6. sentirola 7. golji apparati a) 1.2.3.5.6 b) 1.3.5.6.7 c) 1.3.4.5.6 d) 1.2.3.4.5 19. Akrosoma qaysi hujayraning xususiy organoidi bo`lib hisoblanadi ? a) somatik b) jinsiy c) spermatozoid d) tuxum 20. Ovogenezning yetilish davrida meyoz II dan keyin hosil bo’lgan hujayra nima deb ataladi va uning tarkibidagi xromosomalar nechta bo’ladi? a) urug’ hujayra,yo’naltiruvchi tanacha 1n,1n b) tuxum hujayra,yo’naltiruvchi tanacha 1n,1n c) urug’ hujayra,yo’naltiruvchi tanacha 2n,1n d) tuxum hujayra,yo’naltiruvchi tanacha 2n,2n 21. Odam organizimidagi eng yirik hujayrani aniqlang ? a) tuxum hujayra b) leykotsitlar c) eritrotsitlar d) trombatsitlar 22. Tuxum hujayrani boshqa hujayradan saosiy farqini aniqlang. a) o`lchamining juda katta bo`lishi b) o`lchamining juda kichikligi c) xromosoma to`plamining diploid bo`lishi d) o`lchamining tez o`zgarib turishi 23. Qanday ko`payishda genlar sporalar yoki tana hujayralar orqali nasldan – naslga o`tadi? a) jinssiz va vegetativ b) jinsiy va jinssiz c) vegetativ va jinsiy d) shizogoniya va jinsiy 24. Hujayra markazi sentriolalari juft – juft bo`lib bir – biridan itarila boshlashi mitozning qaysi bosqichida amalga oshadi ? a) profaza b) metofaza c) anafaza d) telofaza 25. Qaysi jarayon natijasida hujayraning diploid to`plami tarqaladi ? a) gametogenez b) ovogenez c) spermotogonez d) urug`lanish 26. Mitozning qaysi fazasida xromatidlar bir – biridan tamomila ajralib xar biri alohida xromasomaga aylanadi ? a) anafaza b) profaza c) metafaza d) telofaza 27. Zigota ko`p hujayrali organizmning qanday bosqichi hisoblanadi ? a) bir hujayrali b) urug`langan c) ko`p hujayrali d) urug`lanmagan 28. Mitozning qaysi fazasi oxirida sitoplazmalarning ikkiga ajralishi kuzatiladi ? a) metafaza b) profaza c) anafaza d) telofaza 29. Xromasomalarning spiralga o`ralib katalashishi va uzayishi qaysi fazada boshlanadi ? a) profazada b) metofazada c) anafazada d) telofazada 30. Shizogoniya usulida ko`payish qanday amalga oshadi ? a) yadro ko`p bo`laklarga bo`linadi va uning atrofini sitoplazma o’raydi b) sitoplazma bo`linib yadrolarni o`raydi c) bitta hujayradan bir qancha hujayra hosil bo`ladi d) hujayralar qalin po`st bilan o`raladi 31. Metamorfoz usulda rivojlanuvchi organizm berilgan qatorni aniqlang? a) jigar qurti b) okun c) agama d) tez kaltakesak 32. Shizogoniya usulida ko`payish qaysi organizm uchun xos ? a) suvo`tlar b) bakteriyalar c) viruslar d) sporali o`simliklar 33. Qanday bo`linish tufayli avlodlar almashinuvi davomida xromosomalar sonining doimiyligi o`zgarmaydi ? a) mitoz b) meyoz c) endomitoz d) mitoz 34. Berilganlardan bir hujayrali organizimlarning jinssiz ko`payish usullarini aniqlang ? 1 bo`linish 2 vegetativ 3 shizogoniya 4 sporalar hosil qilish 5 kurtaklanish 6 poliembrional ko`payish 7 pratenogenez a) 3.1.5.4 b) 2.3.7.5 c) 5.4.3.7 d) 4.5.7.2 35. Shizogoniyada … a) yadro bo`laklari bo`ylab sitoplazma bo`linmaydi b) faqat yadro bo`laklari bo`linadi c) yadro ko`p bo`laklarga bo`linadi,keyin yadroni sitoplazma o`rab oladi d) faqat sitoplazma bo`laklarga bo`linadi 36. Yadrocha hujayraning qaysi holatida mavjud bo`ladi ? a) profazada b) anafazada c) metafazada d) interfazada 37. Meyoz jarayoniga xos belgilarni aniqlang ? 1 qiz hujayralarda xromasomalarning diploid to`plami bo`ladi 2 bitta ona hujayradan to`rtta qiz hujayralar hosil bo`ladi 3 irsiy axborot qiz hujayralariga to`liq o`tadi 4 har xil genetik xususiyatga ega bo`lgan hujayralar hosil bo`ladi 5 metafazada xromosomalar ekvator tekisligida joylashadi 6 qiz hujayralarda xromasomalarning gaploid to`plami bo`ladi 7 xromasomalarning yangi kombinatsiyasi bo’ladi 8 anafazada xromatidlar qutblarga tarqaladi a) 7.2.6.4 b) 8.1.7.4 c) 7.5.8.6 d) 2.3.6 38. Erkak va urg`ochi echkining tana hujayralarida 60 tadan xromosoma bor. Ularning: 1) tuxum hujayrasida 2) urug` hujayrasida 3) urug`langan tuxum hujayrasida 4) yangi tug`ilgan uloqchalarning somatik hujayrasida qancha xromasoma borligini aniqlang ? a) 1 – 30, 2 – 30, 3 – 60, 4 – 60 b) 1 – 60, 2 – 30, 3 – 30, 4 – 30 c) 1 – 30, 2 – 60, 3 – 30, 4 – 60 d) 1 – 22, 2 – 22, 3 – 44, 4 – 44 39. Hujayraning qaysi bo`linishida xromosomalar soni ikki marotaba kamayadi ? a) mitoz b) oddiy bo`linish c) amitoz d) meyoz 40. Meyozning qaysi bosqichida gomologik xromasomalarning konyugatsiyasi sodir bo`ladi ? a) profaza ll b) telofaza ll c) profaza l d) anafaza l 41. Eng sodda tuzilgan bir hujayrali hayvonlarning ko`payish usulini belgilang ? a) spora hosil qilib b) mitoz c) vegetativ ko`payish d) teng ikkiga bo`linish 42. Urug`langan tuxum hujayra qanday atalishini belgilang ? a) zigota b) spora c) gameta d) zoospora 43. Meyoz bo`linish tirik mavjudotlarning qaysi guruhlari uchun xos ? a) o`simlik va hayvon b) o`simlik, hayvon va bakteriya c) o`simlik, hayvon va ko`k – yashil suvo`tlari d) o`simlik, hayvon, bakteriya va ko`k – yashil suvo`tlari 44. Meyozni biologik ahamyati nimadan iborat ? a) xromasomalar sonining ikki xissa kamayishi, gaploid gametalar hosil bo`lishi b) xromasomalar sonini ikki xissa ko`payishi va diploid to’plamning hosil bo`lishi c) ikki marta ketma – ket bo`linishni yuzaga kelishi d) xromosomalar sonining o`zgarmasligi 45. Zigotaning yadrosi qanday yo`l bilan bo`lina boshlaydi ? a) meyoz b) amitoz c) mitoz d) endomitoz 46. Meyoz jarayonida gomologik xromasomalar o`zaro o’xshash qismlari bilan almashinadi. Bu hodisa nima deb ataladi? a) genlar birikishi b) urug`lanish c) divergentsiya d) konyugatsiya 47. Quyida keltirilgan belgilarning qaysi biri sporalar uchun xos hisoblanadi ? a) diploid hujayralar, jinssiz ko`payadi b) diploid hujayralar, jinsiy yo`l bilan ko`payadi c) gaploid hujayralar, jinssiz ko`payadi d) gaploid hujayralar, jinsiy yo`l bilan ko`payadi 48. Gulli o`simliklarda erkak gametalar qayerda yetiladi ? a) changchi changdonida b) changchi ipida c) urug`chi ustunchasida d) urug`chi tugunchasida 49. Jinsiy ko`payishning jinssiz ko`payishdan afzalligi nimada? a) vegetativ ko`payishni tezlashtiradi b) jinsiy ko`payishda zigotaning xromasomasi gaploid holatda qoladi c) ota bilan ona irsiy belgilarining birlashib olishiga imkoniyat yaratadi d) zigota xromasomaning tetralpoid bo`linishiga imkoniyat yaratadi 50. Mitozning qaysi fazasida gomologik xromasomalar bir – biriga birikib krossingoverlashadi ? a) profaza l b) profaza ll c) metafaza ll d) interfaza 51. Birlamchi jinsiy hujayralar qanday yo`l bilan ko`payadi ? a) meyoz b) mitoz c) amitoz d) endomitoz 52. Hujayra bo`linishini qaysi bosqichida DNK sintezi amalga oshadi ? a) profaza b) interfaza c) anafaza d) metafaza 53. Mitozning biologik ahamyatini belgilang. a) hujayra sonini tez kamayishi b) hujayraning o`sishini ta’minlaydi c) xromasomlar sonining qiz hujayralariga teng taqsimlanishi d) xromosomalar sonining hujayralarga teng taqsimlanmasligi 54. Interfazaning S(sintez) – davrida qanday jarayon amalga oshadi ? 1 DNK miqdori ikki xissaga ortadi 2 tubulin oqsili sintezlanadi 3 sentriolalar soni ikki xissaga ortadi 4 hujayra o`sadi 5 DNK sintezi uchun zarur bo`lagn fermentlar sintezlanadi 6 RNK sintezlanadi a) 1.2.5 b) 3.6 c) 2.4.6 d) 2.3.5 55.Mitozning telofaza bosqichida qanday jarayon kuzatiladi ? 1 yadro qobig`i erib ketadi 2 xromasomalar qutblarga to`planadi 3 bo`linish dukini hosil bo`lishi tugallanadi 4 yadro qobig`i hosil bo`ladi 5 mikronaychalar qisqarib xromatidlarni qutblarga tortadi 6 yadro qaytadan shakllanadi 7 sitotomiya kuzatiladi a) 1.3.5.7 b) 1.2.3.4 c) 2.3.5.6 d) 2.4.6.7 56. Mitozning profazasida qanday jarayon kuzatiladi? 1.xromasomalarning har qaysisi 2 ta xromatidlardan iborat bo’ladi 2. bo’linish dukining shakllanishi tugallanadi 3. xromasoma yorug’lik mikroskopda ko’rinadigan bo’lib qoladi. 4. sentriolalar bir-biridan itarila boshlaydi 5.mikronaychalar bo’linish dukini hosil qiladi 6.xromatidlar bir-biridan ajraladi a) 1.3.4.5 b) 1.2.5.6 c) 2.3.4.6 d) 1.2.3.5 57. Gametogenez nima? a) spermatozoidlarni rivojlanishi b) faqat tuxum hujayrani rivojlanish jarayoni c) jinsiy hujayralardagi konyugatsiya va krossingover jarayoni d) jinsiy hujayralarning rivojlanishi 58. Somatik hujayralar berilgan qatorni belgilang. 1. teri 2. tuxum 3.mushak 4.spermiylar 5.qon 6.gametalar 7.nerv a) 1.3.5.7 b) 1.2.3.4 c) 2.4.6.7 d) 1.3.4.6 59. Ko’p yadroli hujayralar hosil bo’lishiga sabab nima? a) mitozda kariokinez amalga oshmasligi b) mitozda sitokinezni amalga oshmasligi c) hujayrada interfaza davrini o’tmasligi d) kariokinez bilan sitokinezni bir paytda amalga oshishi 60. Mitozning metafazasida qanday jarayonlar kuzatiladi? 1 yadrocha yo’qoladi 2 yadro qobig`i erib ketadi 3 bo`linish dukini hosil bo`lishi tugallaniladi 4 xromasomalar ekvator chizig’ida bir qator bo`lib joylashadi 5 har bir xromasoma mikronaychaga sentromerasi orqali bitikadi 6 xromatidalar bir – biridan ajiraydi a) 1.5.6 b) 3.4.5 c) 2.4.1 d) 3.4.2 61. Homilaning mezoderma qavatidan qanday to’qima va organlar sistemasi rivojlanadi? 1. hazm bezlari 2. nerv sistemasi 3. nerv to’qimalari 4. biriktiruvchi to’qimalar 5. muskul 6. ichak epiteliysi 7.yurak-qon tomir 8. siydik-tanosil a) 1.3.5.7 b) 2.3.4.5 c) 4.5.7.8 d) 3.4.5.6 62. Mitozning anafazasida qanday jarayonlar kuzatiladi? 1. xromasoma xromatidalarni birlashtirib turuvchi belbog’ uziladi 2. xromatidalar bir-biridan itariladi 3. xromatidalar bir-biridan ajraladi 4. xromatidlarni har biri alohida xromasomalarga aylanadi 5. sitokinez kuzatiladi 6. xromasoma qutblarga tarqala boshlaydi a) 1.2.5.4 b) 2.3.4.5 c) 1.3.4.6 d) 1.2.5.6 63. Mitoz natijasida …. 1. hujayralar soni ortadi 2. organizmlar o’sadi 3. o’lgan hujayra tiklanadi 4. jinssiz ko’payish amalga oshadi 5.urug’ hujayra hosil bo’ladi 6. tuxum hujayra hosil bo’ladi 7. gametalar hosil bo’ladi a) 3.6.7.1 b) 2.4.5.7 c) 1.3.5.7 d) 2.4.6.1 64. Mitoz sikli qanday davrlarni o’z ichiga oladi? a) mitoz va sintez b) mitoz va interfaza c) DNK va RNK sintezi d) sintez va profaza 65. Profazaning qaysi vaqtida yadrocha yo’qolib ketadi? a) sentriolalar bir-biridan itarila boshlagan vaqtda b) sentriolalar bo’linish dukini hosil qilganda c) bo’linish dukining shakllanishi tugaganda d) xromasomalar yorug’lik mikroskopida ko’rinadigan bo’lganda 66. Mitoz bo’linish natijasida baqada qanday hujayralar hosil bo’ladi? a) urg’ochi gameta b) erkak gameta c) erkak va urg’ochi gameta d) diploid somatik hujayra 67. Mitozning qaysi fazasida xromatidalar hujayraning qutblari tomon tarqala boshlaydi? a) profazada b) metafazada c) anafazada d) telofazada 68. Urug’don va tuxumdonning yetilish zonasidagi bo’linishlardan so’ng nechtadan spermatozoid va tuxum hujayralar hosil bo’ladi? a) 2 ta va 2 ta b) 1 ta va 4 ta c) 4 ta va 1 ta d) 3 ta va 1 ta 69. Meyozning oxirida nechta tuxum hujayra hosil bo’ladi? a) 2 ta b) 3 ta c) 4 ta d) 1 ta 70.Meyoz natijasida qanday hujayralar hosil bo’ladi? a) urg’ochi gametalar b) erkak gametalar c) erkak va urg’ochi gametalar d) murtak hujayralar 71. Gulli o’simliklarda tuxum hujayra qayerda yetiladi? a) changchi changdonida b) changdon ichida c) urug’chi tugunchasida d) urug’chi ustunchasida 72. Gulli o’simliklarning generativ hujayrasi mitoz bo’linishi natijasida nechta spermiy hosil bo’ladi? a) 1 ta b) 2 ta c) 3 ta d) 4 ta 73. Mitozning qaysi fazasida sentriolalar o’rtasida bo’linish duki hosil bo’ladi? a) profaza b) metafaza c) anafaza d) telofaza 74. Meyozning ikkinchi bo’linishining qaysi fazasida xromatidalar hujayraning qarama-qarshi qutblariga tarqala boshlaydilar? a) profaza II b) metafaza II c) anafaza II d) telofaza II 75. Partonogenez yo’li bilan rivojlanadigan organizmni ko’rsating. a) yomg’ir chuvalchangi b) oq planariya c) odam askaridasi d) erkak asalari 76. Organizmning urug’langan tuxum hujayradan to umri oxirigacha bo’lgan rivojlanish davri nima deb ataladi? a) filogenez b) ontogenez c) orgonogenez d) biogenetik qonun 77. Hujayraning qaysi bo’linishida xromasoma to’plami diploid holatdan gaploid holatga o’tadi? a) amitoz b) mitoz c) meyoz d) endomitoz 78. Mitoz profazasida quyidagi berilganlarning qaysi biri yo’qoladi? a) sitoplazma b) xromasoma c) yadrocha d) bo’linish duki 79. Odamda jinsiy xromasoma qancha bo’lishini belgilang? a) 46 ta b) 23 ta c) 2 ta d) 22 ta 80. Organik olamda jinsiy ko’payishning ahamiyatini belgilang. a) jinsiy ko’payishda avlodlar ota-onaning aynan nusxasi bo’ladi b) avlodlar bir-biridan va ota-onalardan irsiy jihatdan farq qiladi. Populyatsiyaning irsiy o’zgaruvchanligi ortadi c) jinssiz ko’payishga qaraganda ko’proq avlod hosil bo’ladi va avlodlar irsiy jihatdan bir xil bo’ladi d) organizmlarning ko’p avlod qoldirishdan iborat 81. Gametogenezning yetilish davrida hujayralar qanday usulda ko’payadi? a) meyoz b) mitoz c) amitoz d) endomitoz 82. Endosperm qanday hujayradan rivojlanadi? a) cheksiz xromasoma to’plamiga ega bo’lgan hujayra b) 3 ta xromasoma to’plamiga ega bo’lgan hujayra c) 1 ta xromasoma to’plamiga ega bo’lgan hujayra d) 2 ta xromasoma to’plamiga ega bo’lgan hujayra 83. Evolyutsiyada organizmlarning qaysi ko’payish usuli muhim ro’l o’ynaydi? a) jinsiy b) jinssiz c) vegetativ d) partonogenez 84. Qaysi hayvonlarda partenogenez uchraydi? a) qo’ng’iz, chumoli b) dafniya, asalari c) kapalak, chivin d) pashsha, chivin 85. Gametogenez jarayonida quyidagilardan qaysi biri kuzatiladi? a) 1n – 2n b) 2n – 2n c) 2n – 4n d) 2n – n 86. Qaysi umurtqali hayvonlarda ichki urug’lanish kuzatiladi? 1. akula 2. timsoh 3. ilon 4. baliq 5. kaptar 6. triton a) 3.2.5 b) 1.2.4 c) 4.5.6 d) 3.4.6 87. Spermatogenezning qaysi jarayonida mitoz bo’linish kuzatiladi? a) o’sish b) yetilish c) ko’payish d) shakillanish 88. Qaysi organizmlarda gastrulyatsiya hujayralarning migratsiyasi natijasida hosil bo’ladi? a) qushlar, sudralib yuruvchilar b) lantsenik c) kovakichlilar d) amfibiya 89. Embrionning rivojlanishi jarayonida belgilarni ajralishi nima deb ataladi? a) embrional divergensiya b) embrional konvergensiya c) ixtisoslashish d) gastrulyatsiya 90. Qaysi hayvonlarning embrionlik davrida tishlari paydo bo’lib, keyin so’rilib ketadi? a) karpsimonlar b) kitlar c) skatlar d) molyuskalar 91. Ontogenez - bu organizmlarning … a) tarixiy rivojlanishi b) embrional rivojlanishi c) individual rivojlanishi d) rivojlanmasligi 92. Embirion qavatlarini belgilab bering ? a) ektoderma, epiderma b) mezoderma, ektoderma c) mezoderma, ektoderma d) mezoderma, ektoderma, epiderma 93. Postembrional rivojlanishda metamorfozsiz rivojlanadigan hayvonlarni belgilang ? a) baqa b) kapalak c) qo`ng`iz d) kaptar 94. Ontogenez qaysi paytda boshlanadi ? a) yetuk organizm shakillanishida b) urug` hujayrani shakillanishidan c) tuxum hujayrani yetilishi bilan d) tuxum hujayra urug`langandan keyin 95. Quyidagi javoblarda umurtqali hayvonlarning organlari guruhi berilgan . Shu guruhdan qaysi biri ektodermadan hosil bo`ladi ? a) nerv sistsmasi, sezgi organlar b) ichakning oldi va orqa qisimlari c) ichak epiteliysi va jigar d) muskullar, suyaklar 96. Bilvosita (postembironal) rivojlanadigan hayvonlar guruhini aniqlang ? a) kaltakesak, tovushqon b) kaptar, o`rgimchak c) kana, zuluk d) qaldirg`och, olmaxon 97. Embironal rivojlanishning qaysi davrida homilaning ektoderma, mezoderma, endoderma qavatlari hosil bo`ladi ? a) blastula b) organogenez c) gastrula d) blastomer 98.Homilaning o`zak a’zolarini aniqlang ? 1 nerv naychasi 2 yurak – tomir 3 o`pka 4 xorda 5 ichak naychasi 6 buyrak a) 1.2.3 b) 4.5.6 c) 1.4.5 d) 3.4.5 99. Gametagenezning qaysi davrida hujayralar gaploid to`plamga ega bo`ladi ? a) ko`payish b) o`sish c) shakilanish d) yetilish 100. Endosperma nima uchun triploid to’plamga ega bo’ladi.Chunki … a) diploid spermiy,gaploid markaziy hujayralar bilan qo’shilishidan hosil bo’ladi b) gaploid spermiy,diploid tuxum hujayra bilan qo’shilishidan hosil bo’ladi c) gaploid spermiy,diploid tuxum hujayra bilan urug’lanishidan hosil bo’ladi d) gaploid spermiy,diploid markaziy hujayraning urug’lanishidan hosil bo’ladi 101. Bilvosita rivojlanishning biologik ahamyati nimadan iborat? a) lichinkalarning faol oziqlanishi va o’sishi,yetuk organizmlarning tezroq shakllanishiga yordam beradi b) bir turning lichinkalari va voyaga yetganda har xil sharoitda yashaganligi uchun,yashash joyi va ozuqa uchun raqobat kuzatilmaydi c) faqat bir joyda harakatsiz yashashga moslashgan organizmlarning lichinkalari turining keng tarqalishiga yordam beradi d) A,B,C javoblar to’g’ri 102. Voyaga yetgan davrda embrional rivojlanishning gastrula bosqichlaridagi kabi tuzilishda hayot kechiradigan hayvonni belgilang? a) gidra b) volvoks c) exinokokk d) lansetnik 103. Homilaning suyaklari…qavatidan hosil bo’ladi. a) ektoderma b) mezoderma c) endoderma d) A,B javoblar to’g’ri 104. Filoemriogenez nazaryasining asoschisi kimligini aniqlang? a) A.N Seversov b) K.Ber c) A.O Kovalevskiy d) A.I Oparin 105. Biologik atamalarni farqlang. 1.gametogenez 3.ovogenez 2.spermatogenez 4.ovotsit 5.spermatazoid a.tuxum hujayraning rivojlanishi b.urug’ hujayraning rivojlanishi c.jinsiy hujayralarning rivojlanishi d.urug’ hujayralar e.tuxum hujayralar a) 1-c, 2-b, 3-a, 4-e, 5-a b) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a, 5-e c) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c, 5-e d) 1-d, 2-a, 3-c, 4-e, 5-b 106. Bilvosita postembrional rivojlanuvchi hayvon guruhini belgilang. a) tillaqo’ng’iz,karam kapalagi b) sudralib yuruvchilar,chuvalchangsimonlar c) sudralib yuruvchilar,o’rgimchaksimonlar d) sutemizuvchilar,baliqlar 107. Faqat bir joyda harakatsiz yashashga moslashgan organizmlarning keng tarqalishiga,ularning rivojlanishiga qaysi bosqich yordam beradi? a) tuxumlari b) kurtaklari c) g’umbagi d) lichinkalari 108. Organizmning tez ko’payishi va ko’p avlod hosil bo’lishi qaysi usulda amalga oshadi? a) jinssiz b) vegetativ c) shizogoniya d) jinsiy 109. Hayvonlarda meyoz qayerda sodir bo’ladi? a) barcha bezlarda b) jinsiy bezlarda c) tuxum yo’lida d) urug’ yo’li va bachadonda 110. Organizmning eng dastlabki rivojlanish bosqichini belgilang. a) zigota b) murtak c) tuxum hujayra d) somatik hujayra 111. Postembrional davrda organizm … a) o`sadi, muhitga moslashadi b) hujayra va to`qimalar ixtisoslashadi c) o`zi ichki muhitini doimiyligini saqlaydi d) yuqoridagilarning barchasi 112. Hayvonlarning mezoderma qavatida qanday a’zolar rivojlanadi ? a) muskul, biriktiruvchi to`qima, bo`shliq devori, qon aylanish, ayrish, jinsiy sistema b) teri, muskul c) ovqat hazm qilish kanali, jinsiy sistemalar d) tana devori, bo`shliq devor, epiteliy 113. Metamorfoz jarayonida baqaning dumi yo`qolib oyoqlar paydo bo`ladi. Bu qaysi gormon tasirida ro`y beradi ? a) tiroksin b) adneralin c) kataxolamin d) sekretin 114. Organizmning evalutsion rivojlanish tarixi nima deb ataladi ? a) ontogenoz b) gradatsiya c) filogenez d) evalutsion nazariya 115.Spermatozoidning qaysi qismida sentriol bo`ladi ? a) boshchasi b) dumi c) yadrosi d) bo`yni 116. Embrion varaqalari va ulardan qaysi organlar hosil bo`lishini toping? 1 ektoderma 2 endoderma 3 mezoderma 4 gastrula a. muskul b. hid bilish c. hazm bezlari g. teri d. qon-tomirlar sistemasi j. jigar a) 1-a va b, 2-b va g, 3-d va j b) 1-b va g, 2-c va j, 3-a va d c) 1-g va d, 2-a va d, 4-b va j d) 1-g va j, 2-a va g, 3-a va j 117. Nima hosil bo’lishi bilan zigotaning maydalanishi tugallanadi? a) endoderma b) ektoderma c) blastoderma d) blastula 118. Meyozning qaysi bosqichida xromasomalar elkalari bir-biridan aniq ajraladi, lekin xromatidalarga ajralmagan holda qutblarga tarqaladi? a) metofaza I b) anafaza I c) anafaza II d) telofaza I 119. Jinsiy yo`l bilan ko`payuvchilarning avlodi … a) ota – onaga nisbatan yashovchan, o`zgargan muxit sharoitiga moslashuvchan b) ota – onadan o`tuvchi irsiy patologiyalarga ega, muhit sharoitiga moslashuvchan c) ota – onaga nisbatan yashovchan, o`zgargan muhit sharoitiga moslashishi qiyin d) ota – onaning yashovchanlik va moslanuvchanlik xususiyatlarini o`zida mujassamlantiradi 120. Meyozning qaysi bosqichidan boshlab xromatidlar mustaqil xromosoma bo`ladi ? a) metafaza l b) anafaza l c) anafaza ll d) metafaza ll 121. Yo’naltiruvchi tanacha jinsiy hujayralar rivojlanishining qaysi zonasida hosil bo’ladi? a) tuxum hujayraning o’sish zonasida b) tuxum hujayraning shakllanish zonasida c) urug’ hujayraning yetilish zonasida d) tuxum hujayraning yetilish zonasida 122.Devori bir qavat hujayradan iborat embrionlik bosqchini aniqlang. a) blastula b) gastrula c) tuxum hujayraning urug’lanishi d) zigota 123.Quyidagilardan qaysi biri lupa yoki mikroskop yordamisiz ko’rinadigan bir hujayradan iborat? a) pingvin tuxumi b) buyvol tuxum hujayrasi c) amyoba d) leyshmaniya 124.Spora ichida hujayra qaysi usul bilan bo’linadi? a) mitoz b) meyoz c) shizogoniya d) konyugasiya 125.Kovakichlilarga gastrulyasiyaning qaysi turi xos? a) ovulyatsiya b) migratsiya c) qat-qat bo’lib joylashish d) partenogenez 126.Butun hayoti davomida o’sadigan chuvalchangni toping. a) jigar qurti b) oq planariya c) qoramol solityori d) odam askaridasi 127. Bo’g’imoyoqlilarning ektoderma qavatidan qaysi organ yoki organlar sistemasi shakllanadi? a) nerv,sezgi organlari,teri qoplamlari va uning hosilalari b) sezgi organlari,ekzoskelet,reseptorlar, qon tomir c) teri,ter va yog’ bezlari,traxeya teshiklari,xitin po’st d) sezgi va nervlar oxirlari,ajratuvchi bezlar,po’st 128.Qaysi bezning gormoni itbaliqning baqaga aylanishida muhim ro’l o’ynaydi? a) ayrisimon b) buyrakusti c) qalqonsimon d) bu gormonga bog’liq emas 129.Tut ipak qurtining kapalagi urug’lanib, tuxum qo’ygandan keyin qacha vaqt yashaydi ? a) 3-4 oy b) 5-6 oy c) 5 -10 kun d) 5-10 oy 130. Lansetniklarga gastrulyatsiyasining qaysi turi xos? a) botib kirish b) embrional varaqlar hosil bo’lishi c) migratsiya d) qat-qat bo’lib joylashish 131. Sudralib yuruvchilar va qushlar uchun gastrulyatsiyasining qaysi turi xos? a) qat-qat bo’lib joylashish b) o’sib kirish c) botib kirish d) migratsiya 132. Noto’g’ri fikrni toping. a) umurtqali hayvonlarning hammasida embrional varaqlar bir-biriga o’xshamaydi b) umurtqasiz hayvonlarning hammasida embrional varaqlar bir-biriga o’xshamaydi c) umurtqali hayvonlarning hammasida embrional varaqlar bir-biriga o’xshaydi d) umurtqasiz hayvonlarning hammasida embrional varaqlar bir-biriga o’xshaydi 133. Salomalaykum nima hisobiga 1m2 joyda 1800 tagacha yangi o’simlik hosil qiladi? a) urug’i b) tugunagi c) ildizpoyasi d) ildiz bachkisi 134. Elodeyaning vegetativ ko’payishi qanday kechadi? a) ildizpoya b) novda c) ildiz d) barg 135. Mitozning telofazasida yadro membranasi qanday hosil bo’ladi? a) endoplazmatik to’rning g’ovak membranalaridan b) golji majmuasidan c) sitoplazmaning membranali qismlaridan d) yadroning g’ovak membranalaridan 136. Mitoz qancha vaqt davom etadi? a) 3-30 min b) 0,5-3 soat c) 30 soat- 3kun d) 30-300min 137. Shakllangan spermatozoidning bosh qismida nimalar bo’ladi? 1.akrosoma 2.yadro 3.sentriola 4.mitaxondriya a) 1.2 b) 2.3 c) 1.2.4 d) 1.2.3 138. Ba’zan bir tuxum hujayra ichiga 2 va undan ortiq spermatozoid kirganda qanday hodisa ro’y beradi? a) mutant (aneuploid) individ hosil bo’ladi b) mutant (poliploid) individ hosil bo’ladi c) partenogenez kuzatiladi d) ulardan faqat biri urug’lanishda ishtirok etadi 139. Gastrulyatsiyaning mohiyati nimada? a) embrion hujayralar o’sadi b) embrion hujayralar bo’linadi c) embrion hujayralar aralashadi d) embrion hujayralar yemiriladi 140. Embrional rivojlanishning qaysi bosqichida dastlabki genetik axborotdan foydalaniladi? a) maydalanish b) blastula d) gastrula c) ixtisoslashish 141. Gastrula bo’shlig’i nima deb ataladi? a) gastrosel b)blastosel c) gastrin d)embrion bo’shlig’i 142. Quyidagi organizmlarda gastrulyatsiya qanday boradi ? 1. kovakichli 2. lansetnik. 3. sudralib yuruvchilar 4. qushlar a. hujayra migratsiyasi b. botib kirish c. qat-qat joylashish d. o’sib kirish a. 1-a, 2-b, 3-c, 4-d b. 1-b, 2-c, 3-d. 4-a c. 1-c, 2-d,3- a,4-b d. 1-a, 2-b, 3-c, 4-c 143. Assidiyaning sistematik o’rnini belgilang a) xordalilar tipi , lichinka xordalilar kenja tipi b) xordalilar tipi , bosh qutisizlar kenja tipi c) lichinkalilar tipi, xordalilar kenja tipi d) xordalilar tipi, amfibiyalar sinfi 144. Ko’k kitning tishi qachon chiqadi? a) embrional davrda b) tug’ilganda c)milkni yorib chiqmay parchalanib ketadi d) tishlarihar-xil vaqtda chiqganligi uchun aniq aytish qiyin 145. Embrionning rivojlanishi jarayonida belgilarning taqsimlanishi nima deyiladi? a) embrional konvergensiya b) embrional divergensiya c) embrional gomologiya d) embrional induksiya 146. Metamorfoz nima bilan bog’liq? a) hayot tarzi o’zgarishi b) yashash muhiti o’zgarishi c) hayot tarzi va yashash muhiti o’zgarishi d) voyaga yetganlar bilan raqobat 147. Yadrocha xromasomaning qaysi qismidan hosil bo’ladi? a) rRNK hosil qilishga javobgar qismidan b) oqsil sinteziga javobgar qismidan c) spirallashgan qismidan d) xromasomadan hosil bo’lmaydi 148. Tanasini teng ikkiga bo’lish yo’li bilan ko’payadigan ko’p hujayrali hayvonlarni aniqlang. 1. meduza 2. halqali chuvalchanglar 3. oq planariya 4. ignatanlilar a) 1.3 b) 1.2.4 c) 1.2 d) 2.4 149. Endospermning triploid tabiatli ekanligi qachon, kim tomonidan aniqlangan? a) 1898-yil, S.G.Navashin b) 1898-yil, M.S.Navashin c) 1915-yil S.G.Navashin d) 1915-yil, M.S. Navashin 150. Ixtisoslashish morfologik nuqtai nazardan qanday amalga oshadi? a) har bir hujayra maxsus moddalarni sintez qila boshlaydi b) bir biridan farq qiladigan hujayralar hosil bo'ladi c) hujayralar aralashadi d) hujayralar migratsiya qiladi 151. Embrional rivojlanishning qaysi davrida alohida organ va organlar sitemasi rivojlanishiga ta'sir ko'rsatadigan har xil genlar ishlay boshlaydi? a) zigota b) maydalanish c) gastrula d) ixtisoslashish 152. Sudralib yuruvchilarda gastrulyatsiya protsessi qanday yo’l bilan amalga oshadi? a) o’sib kirish b) botib kirish c) migrasiya d) qat-qat joylashuv. 153.Organogenez bosqichida jigar homila varaqlarining qaysi biridan hosil bo’ladi? a) ektoderma b) endoderma c) mezoderma d) ektoderma va endoderma hosilalaridan 154.O'simlik hujayralarida sitokinez qanday amalga oshadi? a) sitoplazma va plazmatik menbrana o’rtasida botiqlik paydo bo’lib, uni asta sekin torayishi. b) hujayra orasida sitoplazmatik membrana paydo bo’lib, hujayraning ikki chetiga tarqalishi. c) mikrofibrilla va mikronaychalar orqali. d) hujayra orasida sitoplazmatik menbrana paydo bo’lib, hujayraning ikki chetiga tarqalishi va mikrofibrilla va mikronaychalar orqali 155. ...- bu embrioning ayrim qismlari va hujayralarning tuzilishi hamda vazifasi jihatdan farq qilishidir. a) Gastrulatsiya b) Organogenez c) Blastula d) Ixtisoslashish 156.Gametogenez- bu … (Noto’g’ri javobni aniqlang.) a) jinsiy hujayralarning yetilish jarayoni b) yuksak tuzilgan hayvonlarda ma’lum a’zolarda kechadi c) jinsiy hujayralar mitoz usulda bo'linadi d) o’simliklarda gulda kechadi 157.Spermatidalar spermatogenezning qaysi davrida hosil bo’ladi? a) o’sish b) yetilish(meyozI) c) shakllanish d) yetilish (meyoz II) 158. Odamlarda jinssiz ko’payishning qaysi turi uchraydi? a) odamlar jinssiz ko’paymaydi b) poliembrioniya c)vegetativ d)fragmentlar orqali 159. Odamlarda bezgak plazmodiysi qanday ko’payadi? a) binar bo’linish b) kurtaklanib ko’payish c) shizogoniya d)sporalar hosil qilib 160. Embrional rivojlanish davri tugagandan keyin bo`linmaydigan (l) butun umri davomida bo`linib ko`payadigan (ll) hujayrani aniqlang ? a) suyag iligi b) nerv c) epidermis d) ichak epiteliysi e) eritrotsitlar a) l a,b,c ll d,e b) I a, b ll c,d,e c) l b, e ll a,c,d d) l a,c,d ll b,e 161. Qaysi organlar embrioning mezoderma qavatidan rivojlanmagan ? a)ayirish, jinsiy, organlar b) tog`ay, suyak c) qon, linfa d) jigar, sezgi organlari 162. Hayvonot olamini kelib chiqishi bir xil ekanligini isbot etuvchi dalilardan birini aniqlang ? a) ko`pchilik hayvonlarda murtak varaqlar farq qiladi b) ko`pchilik hayvonlar aerob organizm c) ko`pchilik hayvonlarda murtak varaqlar o`xshash d) ko`pchilik hayvonlar geterotrof organizm 163. Mitozga xos bo`lgan (1) va xos bo`lmagan (2) jarayonlarni aniqlang ? a) diploid to`plamli ikkita hujayra hosil bo`ladi b) gaploid to`plamli to`rtta hujayra hosil bo`ladi c) krossingover bo`ladi d) konyugatsiya bo`lmaydi e) konyugatsiya bo`ladi a) 1- a, d 2-b, c,e b) 1- b, c, e 2- a, d c) 1- a, 2- b,c,d d) 1- b, e 2- a, e 164. Ichak epiteliysi embirionning qaysi murtak varaqasida shakllanadi ? a) blastoderma b) ektoderma c) endoderma d) mezoderma 165. Embrional rivojlanishning dastlabki bosqichida sodir bo’lgan o’zgarishlar nimaga olib kelishi mumkin? a) foydali belgilarni yuzaga chiqishiga b) kam ahamyatga ega bo’lgan belgilarga ta’sir etishga va foydali belgilarni yuzaga chiqishiga c) rivojlanishdan orqada qolishga yoki nobud bo’lishga d) o’zgarishlar kuzatilmaydi 166. Tanasining bir necha bo’laklarga bo’linishi yo’li bilan ko’payadigan organizmni belgilang. a) xlorella b) bezgak paraziti c) xlamidomonada d) ignatanlilar 167. Krossingover jarayoni meyozning qaysi fazasida amalga oshadi ? a) profaza ll b) profaza l c) metafaza l d) metafaza ll 168. Hayvonot olamining kelib chiqishi bir xil ekanligini isbot etuvchi dalillardan birini aniqlang ? a) ko`pchilik hayvonlar geterotrof organizm b) ko`pchilik hayvonlar aerob organizm c) ko`pchilik hayvonlarda murtak varaqalari o`xshash d) ko`pchilik hayvonlarda murtak varaqalari farq qiladi 169. Kurtaklanish yo`li bilan ko`payadigan bir hujayrali organizimni belgilang ? a) meduza b) oq planariya c) achitqi zamburug`i d) gidra 170. Ovogenez (a) va spermatogenezda (b) hosil bo`luvchi gameta soni qancha ? a) a-4; b-1 b) a-1; b-1 c) a-4; b-4 d) a-1; b-4 171. Mitozning qaysi bosqichida xromasomaning xromatidalarini birlashtirib turuvchi belbog’ uziladi, xromatidalar mustaqil xromasomalarga aylanadi? a) anafaza b) metafaza c) telofaza d) profaza 172. Hayvonot olamining kelib chiqishi bir xil ekanligini isbot etuvchi dalillardan birini aniqlang. a) ko’pchilik hayvonlar geterotrof organizm b) ko’pchilik hayvonlarda murtak varaqlar o’xshash c) ko’pchilik hayvonlar aerob organizm d) ko’pchilik hayvonlarda murtak varaqlar farq qiladi 173. Mitozda qanday bosqich kuzatilmaydi? a) profaza b) metafaza c) sitokinez d) interkinez 174. Mitozga xos bo’lgan (1) va xos bo’lmagan (2) jarayonlarni aniqlang. a) diploid to’plamli ikkita hujayra xosil bo’ladi b) gaploid to’plamli to’rtta hujayra xosil bo’ladi c) krossingover bo’ladi d) konyugatsiya bo’lmaydi e) konyugatsiya bo’ladi a) 1-b,c, 2-a,e b) 1-a,d, 2-b,c,e c) 1-b,c,e, 2-a,d d) 1-a, 2-b,c,d 175. Ildizpoyalari yordamida ko’payadigan o’simlikni belgilang. a) binafsha, shirinmiya, iloq b) lola, sarimsoq, piyoz c) kartoshka, batat, shoyigul d) qoraqat, tol, yantoq 176. Urug’langan tuxum hujayra maydalanishi natijasida hosil bo’ladigan hujayralar qanday ataladi? a) gastrula b) zigota c) blastula d) blastomer 177. Jinssiz ko’payish evolutsiya jarayonida ........ paydo bo’lgan? a) jinsiy ko’payish bilan bir vaqtda b) mitozdan oldin c) jinsiy ko’payishdan oldin d) jinsiy ko’payishdan keyin 178. Qalampirning diploid to’plamli markaziy hujayrasining urug’lanishidan keyingi xromasomalar sononi belgilang. a) 72 ta b) 24 ta c) 96 ta d) 48 ta 179. Teri qoplami va uning hosilalari embrioning qaysi murtak qavatida shakllanadi? a) blastoderma b) ektoderma c) endoderma d) mezoderma 180. Interfazaning qaysi davrida hujara markazining soni ikki hissa ortadi? a) barcha davrlarda b) sintez davrida (S) c) sintezdan keyin (G2) d) sintezdan oldin (G1) 181. Hayoti davomida tinmasdan bo’linish hususiyatiga ega bo’lgan hujayralarni aniqlang. a) nerv, muskul b) nerv, epidermis c) suyak iligi, epidermis d) teri, muskul 182. Bo`linishdan hosil bo`lgan yangi hujayraning nobud bo`lishigacha bo`lgan davri qanday nomlanadi? a) meyotik sikl b) hayot sikli c) interfaza d) sitokinez 183. Keltirilgan misollardan qaysi biri xordalilarning ontogenez va filogenezi o`rtasida bog`liqlik borligini ko`rsatadi? a) xordaning shakllanishi b) nerv nayining hosil bo`lishi c) halqum atrofida jabra yoriqlarining paydo bo`lishi d) barcha javoblar to`g`ri 184.Qaysi organlar o`zak organlar hisoblanmaydi? a) nerv nayi b) oshqozon c) xorda d) ichak nayi e) qon tomirlari f) jabra a) a,b,c b) a,c,d c) c,d,f d) b,e,f 185. Embrional rivojlanish davri tugagandan keyin bo`linmaydigan (I), butun umri davomida bo`linib ko`payadigan (II) hujayralarni aniqlang. a) suyak iligi b) nerv c) epidermis d) ichak epiteliysi e)eritrotsitlar a) I a, b, c; II d, e b) I a, c, d; II b, e c) I b, e; II a, c, d d) I a, b; II c, d, e 186. Keltirilgan misollardan qaysi biri xordalilarning ontogenez va filogenezi o`rtasida bog`liqlik borligini ko`rsatmaydi? a) xordaning shakllanishi b) nerv nayining hosil bo`lishi c) yurakning to`rt kamerali bo`lishi d) halqum atrofida jabra yoriqlarining paydo bo`lishi 187. Qon va limfa embrionning qaysi murtak varaqasidan shakllanadi? a) mezoderma b) ektoderma c) endoderma d) blastoderma 188. Ichak epiteliysi embrionning qaysi murtak varaqasidan shakllanadi? a) endoderma b) blastoderma c) mezoderma d) ektoderma 189. Xromosoma yelkalarining uzunligi nima bog`liq? a) xromosomalar soniga b) birikish guruhlari soniga c) xromosomaning uzunligiga d) sentromeraning joylashishiga 190. Tanasining bir necha bo`laklarga bo`linish yo`li bilan ko`payadigan ko`p hujayrali organizmni belgilang. a) xlamidomonada b) ignatanlilar c) xlorella d) bezgak paraziti 191. Mitozga xos bo`lgan (1) va xos bo`lmagan (2) jarayonlarni aniqlang. a) diploid to`plamli ikkita hujayra hosil bo`ladi b) gaploid to`plamli to`rtta hujayra hosil bo`ladi c) krossingover bo`ladi d) konyugatsiya bo`lmaydi e) konyugatsiya bo`ladi a) 1-b, c; 2-a, e b) 1-b, c, e; 2-a, d c) 1-a, d; 2-b, c, e d) 1-a; 2-b, c, d 192. Qaysi organlar embrionning mezoderma qavatidan rivojlanmagan? a) tog`ay, suyak b) ayirish, jinsiy organlar c) qon, limfa d) jigar, sezgi organlari 193. Akrosoma qaysi hujayralarning xususiy organi hisoblanadi ? a) somatik b) jinsiy c) spermatozoid d) tuxum 194. Odam embrioni rivojlanishining dastlbki bosqichida yuragi qaysi hayvonnikiga o’xshaydi,necha kamerali yurak va nechta qon aylanish doirasi bo’ladi? a) baliq, ikkita kamerali, 1 ta qon aylanish doirasi b) baqa ,3 kamerali, 2 ta qon aylanish diorasi c) qushlar, 4 kamerali, 2 ta qon aylanish diorasi d) kaltakesak, 3 kamerali, 2 ta qon aylanish doirasi Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling