1. Идрок ҳақида тушунча. Нерв-физиологик асослари, хусусиятлари ва


Download 411.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/13
Sana28.12.2022
Hajmi411.57 Kb.
#1024642
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
6-mavzu .Psixologiya.. IDROK. Ma\'ruza

Jism shakli idrokida konstantlik hodisasi xuddi shunday saqlanib qoladi. 
Masalan, yon tomonimizda joylashgan kvadrat yoki dumaloq jismga 
qaraganimizda uning to‘r pardadagi proeksiyasi ellips yoki trapetsiya shaklida 
bo‘ladi. SHunday bo‘lsada, aynan bir jismni bir xilda, bir shaklga ega holatda 
ko‘ramiz. 
Uzoq masofada joylashgan jism shaklining idroki o‘zgarishi mumkin. Xuddi 
shunday, shaklning mayda detallari jismning uzoqlashgani sayin yo‘qolib boradi, 
uning shakli sodda ko‘rinishga kelib qoladi. 
Katta hajmli shakl idroki juda murakkab jarayondir. Odam ko‘zlari 
binokulyar ko‘rish qobiliyatiga ega bo‘lgani uchun shakl hajmini idrok etamiz. 
Binokulyar ta’sir odamning ikkala ko‘zi bilan ko‘rishiga bog‘liqdir. Binokulyar 


ta’sirning mohiyati, ikkala ko‘z bir xil jismga qarab turganida, bu jismning chap va 
o‘ng ko‘zlar to‘r pardasidagi tasviri turlicha bo‘ladi. 
Lekin, binokulyar ko‘rish jism hajmli idrokining yagona sharti emasdir. Jism 
katta hajmini idrok qilishda, ushbu jism hajmli belgilarini bilish, shuningdek, katta 
hajmli jismda yorug‘lik va soyaning tarqalishi ahamiyatga egadir. 
Insonning fazoni idrok qilishi qator o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Bu 
fazoning uch o‘lchamliligi bilan bog‘liq, shuning uchun, idrok qilishga bir qator 
hamkorlikda faoliyat ko‘rsatuvchi analizatorlarni ishga tushirish lozim. Bunda 
fazoni idrok qilish turli darajalarda kechishi mumkin. 
Uch o‘lchamli fazo idrokida, avvalambor, ichki quloqda joylashgan maxsus 
vestibulyar apparatning vazifalaridan foydalaniladi. Vestibulyar apparat ko‘zni 
harakatlantiruvchi mushaklari bilan uzviy bog‘langan, va undagi har bir o‘zgarish 
ko‘z holatidagi refleksli o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. 
Fazoviy idrokni, va, avvalambor, uning chuqurligini ta’min etuvchi ikkinchi 
vosita binokulyar ko‘rish apparatidir. CHuqurlikni idrok qilish jismlarning ko‘rish 
masofasining idroki va bir-biriga nisbatan joylashishiga bog‘liq. Binokulyar 
ko‘rish – bu jismlar ko‘rish masofasini idrok qilishning shartlaridan biri. 
Jismlar 
uzoqligi 
va 
fazo 
chuqurligining 
idrokida 
ko‘zlarning 

Download 411.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling