Tomonlar da’vosini hal qiling. Agar yong’in 1 iyundan 2-iyunga o’tar kechasi sodir bo’lganda masala qanday hal qilingan bo’lardi?
Javob:FKning 666.667.669 va 333-modda 2-qismi
199, Kazus
Pudratchi “Binokor” xususiy qurilishi koronasi tomonidan buyurtmachi A shaxsga tegishli ko’p qavatli binoda qurilish- motaj ishlari bir yil mobaynida olib boridi va kelishilgan muddatda obyekt buyurtmachiga topshirildi. Oradan besh yil vaqt o’tganidan keyin binoning ayrim qavatlarida elektr chiroqlari yonmasdan qoldi. Buyurtmachi pudrachiga murojaat qilganda kafolat muddati o’tganligini vaj qilib ta’mirlash ishlrini bajarishdan bosh tortdi.
Vaziyatga baho bering? Kafolat muddati qanday aniqlanadi?
Javob:FKning 682-moddasiga binoan qurilish pudrati 10 yilga kafolat beriladi.
|
200. Kazus
Obidov teleatelyedagi tanish usta bilan o’z televizoriga DMV bloki va DMVga mos antennani o’rnatish to’g’risida shartnoma tuzishdi. Ustaning xizmatlari haq evaziga bajarilishiga va hamma kerakli narsalar Obidov tomonidan topib berilishiga kelishishdi. Televizor tuzatib berilgach, Obidovning iltimosiga ko’ra usta televizorni tekshirib ko’ra boshladi, televizor yaxshi ishladi. Lekin videomagnitofon ulanganda ekranda faqat oq-qora tasvir ko’rinardi.
Usta Obidovga televizorga PAYe bloki quyilsa televizor tasviri rangli bo’lishini aytdi, Obidov o’zida bunday blok borligini aytib, uni televizorga o’rnatib berishini iltimos qildi. Hamma ishlar bajarib bo’lganidan keyin usta televizorni yoqqanida televizor kuyib ketdi. Keyinchalik aniqlanishicha masofali boshqarish bloki nosoz bo’lib, uni ishlatganda qisqa tutashuv kelib chiqqan, usta esa Obidov tomonidan berilgan blokni tegishli tartibda tekshirmasdan o’rnatgan.
Obidov ustaga kelishilgan haqni berishdan bosh tortdi va televizorni usta tomonidan tuzatilib berilishini talab qildi. Usta esa o’z navbatida kelishilgan haqni to’lashni talab qildi va televizorni o’z hisobidan tuzatmasligini, televizorni buzilishiga Obidov aybdorligini, u nosoz blok berganligini aytdi.
Bu nizoda kim haq? Agarda nosoz blok usta tomonidan tayorlovchi zavod plombalari bilan qo’yilgan bo’lganda ushbu masala qanday hal qilinar edi.
|
201. Kazus
Saidov Termiz-Toshkent poyezdining plaskart vagoniga chipta sotib oldi. Vagonga chikib, Saidov joyini boshqa yo’lovchi tomonidan egallanganligini va uning qo’lida ham xuddi shu joy uchun chipta borligini aniqladi. Saidov kuzatuvchidan joyni bo’shatib berishini yoki boshqa joy topib berishini talab qildi. Vagondagi barcha joylar band bo’lganligi uchun kuzatuvchi Saidov qushni vagonga o’tib kupeda joylashishini va chiptalar o’rtasidagi farqni to’lashni yoki umumiy vagonga o’tishini aytdi. Saidov kupedagi joyni egalladi, lekin chiptalar o’rtasidagi farqni to’lashdan bosh tortdi.
Bu nizolarda kim haq? Chiptada ko’rsatilgan joyga berilmagan holda yulovchi huquqlarini sanab bering.
|
202, Kazus
Bank va Aksiyadorlik jamiyati o’rtasida 2018 yil 14 noyabrda
100-sonli kredit shartnomasi (bundan buyon matnda kredit shartnomasi deb yuritiladi) tuzilgan. Ushbu shartnomaga asosan Bank tomonidan aksiyadorlik jamiyatiga xom-ashyo sotib olish va aylanma mablag’larni to’ldirish maqsadida yillik 15 foiz to’lash sharti bilan12 oy muddatga 6 600 000 000 so’m kredit beilgan.
Kredit majburiyatlarini ta’minlash maqsadida tomonlar o’rtasida 2018 yil 14 noyabrda garov (ipoteka) shartnomasi tuzilgan. Ushbu shartnomaga ko’ra kredit mablag’larini qaytarilishining ta’minoti sifatida aksiyadorlik jamiyatiga tegishli bo’lgan Samarqand shahri, Gagarin ko’chasi, 36-uy manzilida joylashgan 842 ta xonadan iborat bo’lgan va tomonlarning kelishuviga asosan 8 250 000 000 so’mga baholangan bino va inshootlar garovga qo’yilgan.
Bank tomonidan kredit shartnomasi bo’yicha majburyatlar lozim darajada bajarilgan. Aksiyadorlik jamiyati tomonidan esa kredit mablag’larini qaytarish bo’yicha majburiyatlar bajarilmagan. Natijada aksiyadorlik jamiyatining bank oldida 6 023 029 515,83 so’mlik qarzdorligi vujudga kelgan.
Shu sababli Bank aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan iqtisodiy sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, kredit shartnomasini muddatidan oldin bekor qilishni, aksiyadorlik jamiyatidan 6 023 029 515,83 so’m kredit qarzdorlikni garovdagi mol-mulkka qaratish yo’li bilan undirishni so’ragan.
Iqtisodiy sudning hal qiluv qarori bilan bankning da’vo talablari to’liq qanoatlantirilgan. Aksiyadorlik jamiyati tomonidan kredit qarzi undirilgan. Undiruv garovdagi mol-mulklarga qaratilgan. Kredit shartnomasi bekor qilingan.
Ushbu hal qiluv qarorini ijro etish jarayonida tomonlar kelishuv bitimi tuzib, uni tasdiqlash uchun sudga murojaat qilishgan.
Sud ajrimi asosida kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etgan.
Sizningcha sud kelishuv bitimini tasdiqlashi kerakmi yoki yo’qmi? Vaziyatga baho bering? Javob;IPK ning 131 moddasi 3.-4 qismlari ya’ni sudning ajrimi bilan hal etiladi.
|
203. Kazus
Sudga fuqaro Jalol jiyani Sherzodning merosidan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida pul summasi undirib berishni so’rab da’vo arizasi bilan murojaat qildi. (bu yerda Jalol Sherzodga qarz berganini iddao qilmoqda)
Buncha miqdordagi pul summasini qarindoshi Sherzodga avtomobil sotib olishi uchun berganligini ta’kidladi.
Sherzodning vafotidan keyin avtomobil uning merosxo’rlariga o’tib ketdi. U sud jarayonida pulni qarzga berganligini aytdi. Buni sudda 3 kishi tasdiqladi.
Sud qanday qaror qabul qilishi kerak. Oliy sud plenumining qarorlariga va FKning qarz shartnomasiga tegishli normalari o’rganib javoblar yozing. Javob ; FK 732 MODDA .733 modda .109 modda .Oliy sud plenumi qarori FKni tadbiq etish togriida 21 bandi 22 ham.
|
204. Kazus
Karimov Po’latovga 150 ming so’m qarz berdi. Qarzni pul bilan yoki Po’latovning shaxsiy uchastkasidan olingan mahsulot bilan qaytarish sharti bilan shartnoma tuzilgan. Belgilangan muddatgacha qarzdor 130 ming so’mni qaytarib berdi va qolganiga tegishli miqdordagi semichka yog’i va sabzavotlarni olib keldi. Karimov Po’latovdan butun qarzni faqat naqd pulda qaytarishni talab qildi.
Savol. Tomonlar o’rtasidagi qarz summasini qaytarish majburiyati qanday hal etiladi?
|
|