Bolalarning badiiy-estetik rivojlanishida quyidagi vazifalar hal qilinadi:
faollikning barcha turlarida bolaning hissiy tajribalari boyitilishi;
Bolaning badiiy-estetik tarbiyalanishida ishtirok etishga va maktabgacha ta’lim tashkilotining hayotida ishtirok etishga ota-onalarni jalb etishning eng istiqbolli shakllari bo‘lib quyidagilar sanaladi:
ota-onalar va pedagoglar bolalar bilan eng to‘laqonli muloqot qilish tajribasi bilan almashinadigan mavzuiy ko‘rgazmalar;
bolaning mintaqaviy madaniyatni bilib olishiga yo‘naltirilgan muzeylarga sayohatlar;
ota-onalar bilan bayramlar, bolalar ishlari ko‘rgazmasini o‘tkazish.
Oila pedagog uchun faqat ta’sir ko‘rsatish ob’ekti bo‘lib qolmasligi kerak, mazkur guruhlar pedagoglaridan bola uchun oila – bu hayotiy zarur bo‘lgan muhit ekanligi, ko‘p jihatdan bolaning shaxs sifatida shakllanishini belgilovchi ekanligini o‘zlari tushunishlari va buni ota-onalarga singdirishlari talab qilinadi.
Ota-onalarning pedagogik jarayon doirasiga jalb etilishlari, ularning bu jarayondan manfaatdor tomon sifatida ishtirok etishlari pedagog shuni xohlagani uchun emas, balki ularning o‘z farzandlari rivojlanishi uchun kerakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |