1. Inson mehnat faoliyatiga ta’sir etuvchi salbiy omillar,ularning turlari, mohiyati va himoyalanish usullari


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana18.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1571901
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ghjhgk



Inson mehnat faoliyatining fiziologik-gigienikasoslari. 
Reja. 
1.Inson mehnat faoliyatiga ta’sir etuvchi salbiy omillar 
2.Salbiy omillar,ularning turlari, mohiyati va himoyalanish usullari
Ishlab chiqarish sanitariyasining umumiy tushuncha va ta’riflari 
 
Ishlab chiqarish sanitariyasi – bu ishchilarga ta’sir etuvchi zararli omillarni 
bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy, gigiyenik va sanitar-texnik tadbirlar hamda 
vositalar tizimidir. Ishlab chiqarish sanitariyasining asosiy vazifasi esa zararli 
moddalarning belgilangan ruxsat etilgan miqdori (REM) asosida sog‘lom va 
xavfsiz ish sharoitini yaratishdan iboratdir. Ma’lumki, xalq xo‘jaligining aurim 
sohalarida, jumladan, qishloq xo‘jaligi, neft va gaz quduqlarini qazish va ulardan 
foydalanishda ko‘pgina ishlar ochiq havoda o‘tkaziladi. Bunday holda ishchilarga 
meteorologik sharoitlar, ua’ni havoning harorati, namligi, bosim, qor, yomg‘ir, 
quyosh radiatsiyasi va boshqa shu kabi omillar katta ta’sir etadi. Ushbu omillar 
ikki xil yo‘l, ua’ni, havo orqali yoki bevosita muloqotda bo‘lish orqali ta’sir etishi 
mumkin. Navo orqali ta’sir etuvchi zararli omillarga ish joyining mikroiqlim 
holatini belgilovchi ko‘rsatkichlar miqdori, chang, gaz, shovqin, infra va 
ultratovushlar, yoritilganlik darajasi elektromagnit maydon, infraqizil va 
ultrabinafsha nurlanishlar hamda boshqalarni misol qilishimiz mumkin. Ikkinchi 
uo‘l, bevosita muloqot orqali ta’sir etuvchi omillarga esa har xil qattiq va suyuq 
zararli moddalar, titrash bilan ishlovchi asbob va moslamalar kiradi. Yuqoridagi 
omillarni hisobga olgan holda, ularni inson sog‘ligiga ta’sirini o‘rganish hamda bu 
ta’sirni bartaraf etish tadbirlarini ishlab chiqish muhim va zarurdir. Bu masala esa 
mehnat gigiyenasining asosiy vazifasi hisoblanadi. Mehnat gigiyenasi – tibbiyot 
fanining bir qismi bo‘lib, ish sharoitlarining inson sog‘ligiga va ish qobiliyatiga 
ta’sirini o‘rganadi, shuningdek, mehnat sharoitlarini sog‘lomlashtirish hamda 
ishlab chiqarishni yuksaltirishga uo‘naltirilgan sanitariya-gigiyena, oldini olish va 
davolash tadbirlarini ishlab chiqadi. Mehnat sharoitlari mehnat qilish jarayonini, 
ua’ni bajarilayotgan ishlarning jadalligini ish davomida kishi gavdasining holati
asablarning psixologik zo‘riqish darajasi, organizmdagi ba’zi organlar zo‘riqishini 
belgilovchi kishi harakatining xususiyati va atrof-muhitning ahvoliga qarab 
aniqlanadi. Mehnat sharoitlarini asosan to‘rt guruh omillarga ajratish mumkin:
Birinchi guruh omillar – atrof-muhitning sanitariyagigiyena holati. Bunga havo 
harorati, atrof-muhitning tozaligi (toza, changlangan, boshqa zararli moddalar bilan 
ifloslangan va b.), yorug‘lik hamda shovqin darajasi va boshqalar kiradi. Ikkinchi 
guruh omillarga – mehnat vositalari: ishlab chiqarishda foydalaniladigan mashina-
mexanizmlar, asbobuskunalar va moslamalar kiradi. Uchinchi guruh omillarga – 
tashkiliy tadbirlar, ua’ni ish va dam olish rejimini to‘g‘ri tashkil etish, mehnat 
taqsimoti, mehnat intizomi kabilar kiradi. To‘rtinchi guruh – odamlarning o‘zaro 
munosabatlari, ishchining ish joyi va mehnat natijalariga bo‘lgan munosabatlari 
bilan bog‘liq ijtimoiy omillarni o‘z ichiga oladi. Mehnatni to‘g‘ri tashkil etish 
kishi organizmiga ijobiy ta’sir etib, unda yengillik va kuch-quvvatni oshiradi. 
Inson fiziologiyasini o‘rganish esa normal ish rejimini tashkil qilishga, mehnat 
qobiliyatini oshirishga va turli ishlarni bajarayotganda ishchi qanday holatda 


bo‘lishi zarurligini aniqlashga yordam beradi. Ma’lumki, inson uchun ko‘rish, 
eshitish, nafas olish, sezish va asab sistemalari muhim a’zolar hisoblanadi. Inson 
20 dan 20000 Gs chastotali tebranishgacha bo‘lgan tovush to‘lqinlarini eshita 
oladi. Quloqning sezish qobiliyati ancha yuqori bo‘lib, 2000 Gs dan 4000 Gs gacha 
diapozondagi tovushlarni normal eshitadi, biroq 800 Gs dan past va 6000 Gs dan 
yuqoriroq chastotada sezish qobiliyati birmuncha pasayadi. Odam nafas olganda 
o‘pkaga kirayotgan havo tarkibida kislorod 21%, chiqarayotganda 16% ni tashkil 
qiladi. Navo tarkibidagi zararli moddalar (gazlar, bug‘lar, chang va b.) inson uchun 
juda zararli bo‘lib, har xil kasalliklarni keltirib chiqaradi. Sof toza havo tarkibida 
77% azot, 21% kislorod, 1% is gazi va boshqa aktiv gazlar, 1% inert gazlar (argon, 
neon va b.) mavjud. Navo tarkibi qanchalik kislorodning manfiy ionlari bilan 
to‘yingan bo‘lsa, inson organizmini kislorod bilan ta’minlanish darajasi shunchalik 
yaxshilanadi. Lekin ishlab chiqarish sharoitida tabiiy sof toza havo deyarli 
uchramaydi. Chunki ko‘pgina texnologik jarayonlar har xil zararli moddalarni 
ajralib chiqishi bilan kechadi. Ish joyi xonasining havosi tarkibidagi ushbu zararli 
moddalarni me’yorlashtirish ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish
yangi zamonaviy texnika vositalaridan foydalanish, ishlab chiqarishni kompleks 
mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, germetiklashtirish orqali amalga oshiriladi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling