1. Joriy aktivlar iqtisodiy kategoriya sifatida va uning tarkibi
Kurs ishining maqsad va vazifalari
Download 211.31 Kb.
|
uzoq muddatli aktivlar11
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining predmeti.
Kurs ishining maqsad va vazifalari. Kurs ishining maqsadi korxonada buxgalteriya hisobi va auditni tashkil qilish, joriy mablag’larning harakatini hisobi, tahlili va auditini bozor iqtisodiyoti talablariga mos uslubiy hamda tashkiliy tamoyillarini yaratishdan iboratdir. Ushbu maqsadga muvofiq kurs ishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
korxonada joriy aktivlar harakatini tahlilini tashkil etish hamda uni takomillashtirish; debitorlik qarzlarini tahlil qilish va tavsiyalar berish; joriy aktivlar holatini tahlil qilish va takomillashtirish bo’yicha takliflar berish; tovar-moddiy zahiralar harakati bilan bog’liq muomalalar auditini takomillashtirish bo’yicha takliflar berish; pul mablag’lari va hisob-kitob muomalalari auditini takomillashtirish bo’yicha takliflar berish; Kurs ishining predmeti. Korxonada hisob siyosati tashkil qilishning uslubiy asoslari, boshlang’ich hisob hujjatlarini takomillashtirish, joriy aktivlar hisobi, tahlili hisoblanadi. Joriy aktivlar iqtisodiy kategoriya sifatida va uning tarkibi.Nufuzli Jahon iqtisodiy forumi reytingiga muvofiq, O’zbekiston 2018 — 2019 yillarda iqtisodiy o’sish prognozlari bo’yicha dunyodagi eng tez rivojlanayotgan beshta mamlakat qatoridan joy olgan. 2019 yilda O’zbekiston Respublikasining yalpi ichki mahsuloti (YaIM) 58,3 mlrd. dollar dan oshdi va 2018 yilning shu davriga nisbatan 5,4 foizga o’sdi. O’zbekiston Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, YaIM indikatori 2018 yilgi narxlarga nisbatan 18,9%ni tashkil etdi. 2019 yil yakunlari bo’yicha aholi jon boshiga YaIM 1741 dollar ni tashkil etdi, bu o’tgan yilga nisbatan 13,6%ga ko’p3. Iqtisodiy o’sish sur’ati milliy iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari ijobiy o’sishiga bog’liqdir. Milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari tomonidan yaratilgan yalpi qo’shilgan qiymat (YaQQ) umumiy YaIM 89,8 foizini tashkil etdi va 5,3 foizga o’sdi.Mahsulotlarga sof soliqlar YaIM tarkibida 10,2%ni tashkil etdi va 5,3%lik shunga o’xshash o’sishni ko’rsatib berdi.Yalpi ichki mahsulotning o’sishiga eng katta hissa xizmat ko’rsatish sohasi tomonidan qo’shildi, u o’tgan yilga nisbatan 6,9%ga ko’p. Shu jumladan, turar-joy va oziq-ovqat xizmatlari 3,9%ga (YaIM tarkibidagi ulushi - 11,5%), olib o’tish va saqlash, axborot va aloqa - 8,9% (11,0%) hamda boshqa xizmatlar - 7,3%ga (24,8%) o’sdi. 2019 yilda YaIM tarkibida mulkchilik shakllari bo’yicha iqtisodiyotning nodavlat sektoriga umumiy hajmning 81,0%, davlat sektoriga 19,0% to’g’ri keldi.4 Xo’jalik sub’ektlari moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirishlari uchun ma’lum darajada mablag’larga ega bo’lishi kerak. Bu mablag’lar xo’jalik jarayonida turli xil funksiyalarni bajarishi bilan bir qatorda mablag’larning holati va harakatini to’g’ri amalga oshirilishida buxgalteriya hisobining harakati alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu xo’jalik mablag’lari buxgalteriya balansida aktivlar deb nomlanadi. Korxona aktivlari (boshqacha aytganda mol-mulki)–– korxona egalik qiladigan va ular yordamida o’zinig moliyaviy-xo’jalik faoliyatini amalga oshiradigan xo’jalik vositalarining xilma-xil turlaridir. 3 https://mineconomy.uz/uz/news/view/3022 - O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy tendensiyalari 4 http://mineconomy.uz/ Korxonaning aktivlari quydagicha uchta talabga javob berganda moliyaviy hisobotga kiritiladi: korxona bu mulkning egasiga deb hisoblanganda; u uchun muayan qimmatiga ega bo’lganda ; qandaydir qiymatga va kelgusida korxona uchun iqtisodiy foyda keltirish qobiliyatiga ega bo’lganda. Korxona aktivlari ikki turga bo’linadi: uzoq muddatli va joriy (aylanma) aktivlar Uzoq muddatli aktivlar Joriy (aylanma) aktivlar chizma. Korxona aktivlarining tarkibi. Uzoq muddatli aktivlarga foydali ishlatish muddati bir yildan ortiq bolgan mol- mulk kiradi. Mol-mulkdan foydalanish korxonaga daromad yoki iqtisodiy naf keltiradigan davr, uning foydali ishlatish muddatidir. Joriy aktivlar o’z ichiga pul mablag’lari va korxonaning normal ish yoki buxgalteriya balansi sanasidan bir yil davomida (qaysi biri uzunroq bo’lishiga bog’liq holda) pul mablag’lariga aylantirilishi, sotilishi yoki sarflanishi kutiladigan boshqa aktivlarni oladi. Korxonaning normal ish sikli-tovar va xizmatlar uchun pul xarajatlari (yoki to’lanadigon schyotrlarni tuzish) bilan pul mablag’lariga aylantirilgan tovar va xizmatlar sanasining o’rtacha vaqt muddatidir. Joriy aktivlarni turkumlash nisbatan yengil, lekin bu yerda ham muammolar kelib chiqishi mumkin, sababi normal ish sikli va pul mablag’lariga aylantirish uchun korxona kutiladigon davr kabi iboralar har xil mulohazalar keltirib chiqaradi. Xalqaro amaliyotda ushbu mablag’lar turlicha:joriy aktivlar, harakatdagi aktivlar, aylanma aktivlar deb yuritiladi. Joriy aktivlarga eng likvidli mablag’lar kiradi (lotinchadan– suyuq, oquvchan), chunki ular majburiyatlarni to’lash uchun doimo pul mablag’lariga aylanish siklida bo’ladi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida xo’jalik sub’ektida aktivlar iqtisodiy naf keltiruvchi resurs sifatida e’tirof etiladi. Aktivlar xo’jalik sub’ektlarning faoliyatini kengaytiradi va kelgusida rivojlanish uchun zarur bo’lgan foyda olish imkonini yaratadi. Aktivlar iqtisodiy kategoriyalardan biri bo’lib, tayyorlash, ishlab chiqarish va sotish jarayonlarida bevosita ishtok etadi. Professor A.Sotivoliev, D.Sotivolieva, D.Shodibekovalarning fikrlariga ko’ra “Aktiv– ma’lum bir sanaga pul ko’rsatkichiga korxonaning mablag’lari, ularning tarkibi va joylanishi aks ettiruvchi buxgalteriya balansining qismi” hisoblanadi. I.Ismanovning fikricha “Xo’jalik yurituvchi sub’ektni faoliyatida ishtrok etadi resurslar bugungi buxgalteriya hisobi amaliyotida aktivlar deb e’tirof etilib, ularni shartli ravishda uzoq muddatli ( asosiy kapital va joriy aktivlar (aylanma kapital) kabi guruhlarga bolinadi.Ishlab chiqarishni amalga oshirishda, mahsulot sifatini yaxshilashda, rakobatbardoshligini oshirishda va ishlab chiqarish jarayonining qo’lamini ko’paytirishda xo’jalik sub’ektlar faoliyatida uzoq muddatli aktivlar mavkeyini yanada oshirishda xizmat qiladi5. Ular tarkibiga asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kapital qo’yilmalar, uzoq muddatli investitsiyalar, o’rnatiladigan asbob-uskunalar, kapital qo’yilmalar, uzoq muddatli debitorlik qarzlari va kechiktirilgan xarajatlar kiradi. Xo’jalik sub’ektlarining jami aktivlari tarkibida joriy aktivlar yuqori mavqenitiklaydi. Joriy aktivlar o’zining harakatchiligi, tez pulga almashuvchanligi bilan xo’jalik sub’ekti faoliyatida yuqori samara korsatuvchi mablag’lardan bo’lib hisoblanadi. Xo’jalik sub’ektlarning joriy aktivlari uzoq muddatli aktivlardan farq qilib, bir ishlab chiqarish siklida to’la iste’mol qilinadi, o’z qiymatini tayyor mahsulotga o’tkazadi va ashyoviy-natura ko’rinishida ham, qiymat tavsifida ham tiklanadi va shu yo’sinda uzluksiz harakatda bo’ladi. Xo’jalik sub’ektlarining joriy aktivlari, pul mablag’lari , ularningkavalentlari va oladigan schyotlar bo’lib, xo’jalik muomolarining ushbu aktivlari quydagilarga bo’linadi: 5Uzok mudatli aktivlarning buxgalteriya xisobi va audit metodologiyasini jamlashtirish masalalari .i.f.d. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan avtoreferati.T.:2008.-19 b. –tovar-moddiy zahiralari; –oladigan schyotlar; –oldindan to’langan sarflar (berilgan bo’naklar); –debitorlik qarzlari; –pul mablag’lari va ularning ekvivalentlari; Joriy aktivlar to’g’risida xorijlik iqtisodchi olim V.V.Kovalev qo’yidagi fikrlarni bayon etgan: “Aylanma kapital –odatda aktivlar deb nomlanib, bir yildan ortiq bo’lmagan davrda xo’jalik sub’ekti qo’llamalarida ishtirok etuvchi mablag’lardir. Aylanma mablag’lar xo’jalik sub’ektining harakatlanuvchi aktivlari sifatida namoyon bo’ladi va bir ishlab chiqarish jarayonida yoki bir yil davomida ishlatiladigan pul mablag’lari tushuniladi. Yo.Abdullaev, A.Ibrohimov va M.Raximovlarning fikrlariga ko’ra, “Joriy aktivlar tarkibiga xo’jalik sub’ektining moddiy aylanma mablag’lari, pul mablag’lari, qisqa muddatli moliyaviy qo’yilmalar hamda qarshi tomonga bo’lgan debitorlik majburiyatlari kiritiladi” deb tariflangan. Ammo, bu yerda ham “qarshi tomonga bo’lgan debitorlik majburiyati “ tushunchasi tahrir etish hamda muddati kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismini qo’shish maqsadga muvofiq. Amaldagi 1-sonli “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot “ nomli BHMS6ning 69.2.-bandiga asosan joriy aktivlarga quydagicha ta’rif etilgan:”Asosan qayta takroriy sotish maqsadida yoki qisqa muddatda ushlab turilgan bo’lsa va undan hisobot vaqtidan keyngi 12 oy mobaynida foydalanish kutilayotgan bo’lsa, bunday hollarda u joriy aktiv sifatida taklif etilishi lozim “ deb izohlangan . Bizningcha, joriy aktivlarga berilgan mazkur ta’rif ham uning mohiyatini to’la ochib bera olmagan. Ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlash uchun xo’jalik sub’ekti tasarrufida bor bo’lgan resurslar zahirasiga, shuningdek, ularning normadan ortiqcha to’planib qolmasligiga ahamiyat berish lozim. Aks xolda mablag’larning aylanuvchanligi sekinlashadi va ishlab chiqarish jarayoni buziladi. 6www.fmc.uz Joriy aktivlarni ishlab chiqarishda ishtrok etish xarakteri va unga ta’sir etish darajasiga ko’ra, shuningdek, hosil bo’lish manbalari bo’yicha tarkiblash mumkun. Joriy aktivlarning tasniflanishi keltirilgan bo’lib, ular quydagicha tarkib bo’yicha ajratiladi. Likvidlik darajasiga ko’ra : Joriy aktivlarning ishlab chiqarishdagi qatnashish o’rni va darajasiga ko’ra. III.Joriy aktivlarning me’yorlashtirish darajasiga ko’ra: Joriy aktivlarni shakllanish manbasiga ko’ra: Joriy aktivlarning to’lovga layoqatligini baholashga tavakkalchilik darajasiga ko’ra esa. Iqtisodiyot sub’ektlarining faoliyatida xo’jalik aloqalari muhim o’rin tutadi. Chunki bu aloqalar orqali ta’minot, ishlab chiqarish , mahsulotlarni jo’natish va sotish jarayonlari amalga oshiriladi. Xo’jalik sub’ektlar faoliyatida joriy aktivlardan samarali foydalanish evaziga mahsulot tannarxi kamayishi, foydaning ko’payishi va rentabellik darajasining ortishiga erishiladi. Xo’jalik sub’ektining joriy aktivlari ishlab chiqarish va hisob-kitob funksiyalarini bajarishi bo’yicha tavsiflanishi lozim. Mablag’larning me’yordan ortiqcha saqlanishi esa ulardan samarasiz foydalanishga olib keladi. Joriy aktivlar yukoridagi singari tasniflanishi bilan bir katorda ularning tarkibiy tuzulishi Moliya vazirligi tomonidan 2002 yil 27 dekabrdagi 104 – sonli buyrugiga asosan kabul kilingan < Ishlab chikarish boskichining kiskartirilishi aylanma mablaglar aylanuvchanligini kiskartiradi va faoliyatiga kuyida xolatlada ta’sir etadi: zahiralar aylanish davrini kiskartiradi; tugallanmagan ishlab chikarish aylanish davrini kiskartiradi; tayyor maxsulotlar aylanish davrini kiskartiradi; Ishlab chikarish boskichining kiskartirilishi aylanma mablaglar aylanuvchanligini kiskartiradi va faoliyatiga kuyida xolatlada ta’sir etadi: zahiralar aylanish davrini kiskartiradi; tugallanmagan ishlab chikarish aylanish davrini kiskartiradi; tayyor maxsulotlar aylanish davrini kiskartiradi; Xujalik sub’ektlaridagi joriy aktivlarda asosiy urinni tovar-moddiy zahiralari egallaydi. chizma. Joriy aktivlarning takomillashtirilgan tarkibi.7 7 Chizma muallif tomonidan ishlab chikilgan. Chunki, bu bandda xojalik sub’ekti ishlab chikarishni yuritishga zarur bolgan xom-ashyo va materiallar jamlanadi. Unda xom-ashyo va materiallar, sotib olingan yarim tayyor maxsulotlar va butlovchi buyumlar, konstruksiyalar va detallar, urug, yem – xashak, yokilgi, idishlar va idishbob materiallar, extiyot kismlar, kayta ishlash uchun chetga berilgan materiallarning xakikiy tannarxi ( sotib olish va olib kelish bilan boglik xarajatlar) kursatiladi. Download 211.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling