1. Joriy aktivlar iqtisodiy kategoriya sifatida va uning tarkibi
Joriy aktivlarning buxgalteriya hisobida aks ettirilishi
Download 211.31 Kb.
|
uzoq muddatli aktivlar11
Joriy aktivlarning buxgalteriya hisobida aks ettirilishiJoriy aktivlar har bir ishlab chiqarish siklida to’la iste’mol qilinadi, o’zining boshlang’ich tabiiy shaklini o’zgartiradi va shuning uchun ham uning qiymati ishlab chiqarish xarajatlariga to’liq kiradi. Ular «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlarining rejasi va uni qo’llash bo’yicha ko’rsatma», 21-buhgalteriya hisobining milliy andozasiga ko’ra alohida-alohida sintetik va analitik schyotlarda yuritiladi. Materiallar 1000-schyotda yuritilib, bu schyotda quyidagi subschyotlar ochilgan: xom ashyo va materiallar; sotib olingan yarim tayyor materiallar; yoqilg’i; ehtityot qismlar; qurilish materiallari; idish va idish materiallari; chetga ishlov uchun berilgan materiallar; inventar’ va xo’jalik anjomlari; boshqa materiallar; Bu schyotlarning debetida materiallarni hisobot davrining boshiga bo’lgan qoldig’i va kirimi, kreditida esa materiallarning chiqimi (ishlab chiqarishga sarflanagan va hokazolar) aks ettiriladi. Arzon va tez eskiruvchi buyumlar ham joriy aktivlarning tarkibiy qismi hisoblanib, ularning hisobi shu nomdagi schyotda yuritilar edi. Ammo O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2002 yil oktyabr oyining 23-kunida 1181- son bilan qayd qilingan. Ishlab chiqarish xarajatlarining hisobi buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida 10-jurnal orderda jurnal orderning yuqori tomonidan gorizontaliga kreditlanuvchi schyotlar yuritiladi. Uning chap tomonida esa vertikaliga debetlanuvchi schyotlar yoziladi. 10-jurnal orderni to’ldirish uchun asosan ayrim sexlarda xarajatning analitik hisobi uchun yuritiladigan yordamchi vedomostdan va davr xarajatlari hamda kelgusida xarajatlar va to’lovlar zaxirasi hisobidan qilinadigan xarajatlarning hisobini yuritish uchun xizmat qiladigan 15-yordamchi vedomostdan foydalaniladi. Tayyor mahsulotni hisobga olish uchun ro’yxatidan «Tayyor mahsulot» deb atalgan schyot ajratilgan bo’lib, undan moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarining korxonalari foydalanadi. Bu schyotning debetida barcha tayyor mahsulot hamda sotishga mo’ljallangan asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlarning xizmatlari aks ettirladi. Bu schyotda mahsulot haqiqiy tannarxining joriy hisob narxidan farqi butunlay hamma mahsulotlar bo’yicha yoki bir turdagi mahsulotlar guruhi bo’yicha hisobga olinib, ular hisob registrlarida ajratib ko’rsatiladi. Tayyor mahsulotlar harakatini pul ko’rsatkichdagi hisobi 16-«Tayyor buyumlar harakatining puldagi ifodasi» vedomostida yuritiladi. Ushbu vedomostning I bo’limidan 2810- «Tayyor mahsulotlar» schyotning to’liq ma’lumotlari ta’rifini ikki bahoda-haqiqiy va hisob bahoda olish mumkin. Bu oy oxiriga bo’lgan tayyor mahsulotlarning umumiy hajmdagi haqiqiy xarajatlari salmog’ini (oy boshiga qoldiq plyus mahsulotning kirimini ularning hisob bahosiga nisbati) topish uchun zarur. Agar shu foiz 100 ga teng bo’lsa, demak, haqiqiy xarajatlar rejaga teng ekan, agar foizi 100 dan kam bo’lsa, korxona mahsulot tannarxini pasaytirgani bo’ladi, natijada ushbu mahsulotni sotishdan u rejadan ortiq foyda oladi, agar shu foizi 100 dan ortiq bo’lsa, korxona kal’kulyasiya moddalari bo’yicha normaga nisbatan ortiqcha xarajatlarga yo’l qo’ygan bo’ladi va bu o’z navbatida, foydani kamaytiradi. Shu jami mahsulotlarni haqiqiy tannarxini ularning hisob (reja) tannarxiga bo’lgan foiz nisbati buxgalteriya tomonidan hisobot oyida yuklab jo’natilgan, xaridorlar tomonidan qaytarilgan va oy oxiriga qolgan mahsulotlarning haqiqiy tannarxini hisoblash uchun foydalaniladi. Oy oxiriga qolgan mahsulotlar haqiqiy tannarxini aniqlashning zaruriyati shandaki, uni Bosh daftar bilan taqqoslash mumkin, omborlardagi qoldiqlarni hisobga olish daftari bilan esa hisob bahosidagi qoldiq taqqoslanadi. Joriy aktivlar Xom ashyo va materiallar Yarim tayyor mahsulotlar va komplektlovchi buyumlari Ehtiyot qismlar, yoqilg’i Kassadagi mablag’lar Jo’natilgan mol, bajarilgan ish va xizmatlar summasi Qurilish materiallari, idish va idish materiallar Hisob kitob schyotidagi mablag’lar Tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr harajatlari Valyuta schyotidagi mablag’lar Debitor qarzlar summasi Tayyor mahsulotlar, mollar Hisobdor shaxslar tomonidan hisobot berilmagan bo’nak summasi Pul mablag’lari Banklarning har xil schyotlaridagi mablag’lar Hisob kitobdagi mablag’lar Download 211.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling