1. Kasbiy pedagogika fanining ob’ekti va maqsadi, vazifalarini izohlang!


Download 379.84 Kb.
bet6/127
Sana27.01.2023
Hajmi379.84 Kb.
#1132860
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127
Bog'liq
Билетга жавоблар

Билет №2
1.Касбий педагогика фанининг қандай категорияларини биласиз?
2.Замонавий ўқитиш технологияларининг аҳамиятини тушунтиринг?
3.Ахборот технологияларига нималар киради?
4.Таълимда «инновацион жараёнлар» термини нимани англатади?
5.Стандартлаштиришга қўйилган талаблар
1. Kasbiy pedagogika fanining qanday kategoriyalarini bilasiz?
O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida tutgan o‘z yo‘li, tamoyillari tarbiya jarayonida hali avvalgi keksa avlod oldida turmagan yangi masala va muammolarni yechish uchun zarur bo’ladigan xislat va sifatlar shakllantirilishini taqozo etadi. Har bir sohadagi kabi kasbiy pedagogika sohasidagi tushunchalar, ta’riflar talabalarga milliy mafkuraga mos, umuminsoniylik ruhida tushuntirilmog‘i lozim. Kasbiy pedagogikaning muhim tushunchalariga to‘xtalamiz. Ma’lumot - o‘qitish jarayoni va uning natijasi hisoblanib, o‘quvchida bilim, iqtidor va ko‘nikmalarning o‘zlashtrilganligini, bilish qobiliyati o‘sganligi va ular asosida ilmiy dunyoqarash, shaxsiy sifatlar shakllanganligini, ularning ijobiy kuchlari va qobiliyatlarining qay darajada rivojlanganligini anglatadi. Ta’lim - ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan, rejali ravishda amalga oshiriladigan «o‘qituvchi - o'quvchi - o‘qituvchi» muloqoti bo‘lib, uning natijasida o'quvchida ma’lumot, tarbiya va umumiy shakllanish, rivojlanish amalga oshadi. O 'qitish - o‘rgatish - bolalarning maxsus tashkil etiladigan faol bilish, mehnat, estetik, jismoniy faoliyati bolib, qobiliyatlarini va ruhiy jarayonlarini rivojlantirish, tajribalar, ko'nikmalar hamda bilimlarni egallash, o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan faoliyatidir. Pedagogik faoliyat estetik, axloqiy, siyosiy, iqtisodiy maqsadga muvoliq ravishda yosh avlodni hayotga tayyorlashning muhim vositasi hisoblanadi.
Bizga yaxshi ma’lumki, har bir fan o`zining tayanch tushunchalari,
qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan
sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi. Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng
muhim, asosiy tushunchakategoriya deb ataladi. Kasbiy pedagogika fanining
asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya
samaradorligiga erishishga haratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi.
Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim
(o`qitish, o`qish), bilim, ko`nikma, malaka, ma’lumot, rivojlanish.
Shaxs – pedagogik va psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy
xususiyatlari vaxatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan
xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo`lgan( tarbiyaning 12 turini bosib o’tgan)
jamiyat a’zosi.
Tarbiya - muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajribaasosida
yosh avlodni har tomonlama o`stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini
tarkib toptirish jarayoni.
Ta’lim –talabalarni nazariy bilim, amaliy ko`nikma va malakalar bilan
qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o`stirish va dunyoqarashlarini
shakllantirishga yo`naltirilgan jarayon.
Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar
ko`rinishidaaks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar
majmui.(Olingan bilimlarni o’zida aks ettira olishi)

Download 379.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling