2. Касб таълими вазифаларига нималар киради? Mustaqil Respublikamizda ta’limni rivojlantirishning yangi bosqichida kasbiy pedagogika fanining asosiy maqsadi sifatida jahon talablari darajasida yangilanib borayotgan ishlab chiqarish sharoitlariga moslasha oladigan, mamlakatimiz iqtisodiyotini buyuk davlat darajasiga ko'taradigan mutaxassislarni tayyorlash va bu jarayonda asosiy omil sifatida beriladigan axborotlar hajmini emas, balki ijodiy yondashuvni shakllantirish, mustaqil fikrlash va tatbiq qilish sifatlarini tarbiyalashga e’tibor qaratish lozim. Shu sababli bugungi kunda barcha fan sohalari bo'yicha, jumladan, kasb ta’limiga oid darsliklar, o'quv qo'llanma va tavsiyalarning yangi avlodini yaratish muhim ahamiyatga ega bo'lmoqda. Bu o'rinda kasb ta’limiga bo'lgan e’tiborning ortib borayotganligini quyidagilar bilan izohlash mumkin: - ta’lim islohotlari natijasida litsey, kollej va boshqa shu kabi yangi turdagi o'quv muassasalarining shakllantirilishi va rivojlanishi; - oliy o'quv yurtlarida kasb ta’limi bo'yicha alohida bo'lim va fakultetlarning tashkil etilishi; - kasbiy ta’lim pedagogikasining boshqa fanlar bilan yanada jipsroq bog'lanib borishi, istiqbolda amalga oshirilishi ko'zda tutilgan, bilim sohalari tutashuvida yangi konsepsiya va nazariyalarning yuzaga kelishi; - kasbiy ta’lim muassasalarining aholiga ta’lim xizmatlarini ko'rsatish turlarining ortib borishi, o 'z bazasida tayyor mahsulot ishlab chiqarish va unga xizmat ko'rsatishni yo'lga qo'yishi; - mehnatni tashkil qilishning ilg'or shakllarini joriy etishi va boshqalar. Kasbiy pedagogika kasb-hunar ta’limi o'quv yurtlari o'quvchilarining ta’limi, tarbiyasi, o'qishi hamda rivojlanish qonuniyatlarini o'rganadi, ta’lim va tarbiya, pedagogik va axborot texnologiyalarini qo'llash me’zonlarini ishlab chiqadi, kasb ta’limi muassasalari turlarini va ularni boshqarish tizimi asoslaydi. U pedagogik nazariyalar to'g'risidagi bilimlarni, innovatsion texnologiyalarni loyihalash uslublarini umumlashtiradi.
3. Ўзбек халқининг миллий педагогикасини пайдо бўлишини таҳлил қилиб ўтинг.
Do'stlaringiz bilan baham: |