Sug‘orishning tok rivojidagi ahamiyati
Ko‘plab tajribalar natijalari ko‘rsatishicha, toklarni sug‘orishdagi suv taqchilligi
mevalar rivojiga qaraganda novdalar o‘sish suratiga ko‘proq salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Novdalar o‘sish suratining pasayishi tokdagi suv taqchilligining birinchi belgisidir.
Suvsizlikning uzoq davom etishi novdalar uchi qurib qolishiga olib keladi. O‘rtacha
suvsizlik novdalar o‘sish va yo‘g‘onlashuv suratini pasaytirib, bo‘g‘imlar orasi kalta
bo‘lib qolishiga sabab bo‘ladi. Suv taqchilligi tokning umumiy barg qoplamini ham
kamaytiradi. Suvsizlik birlamchi novdalardan ko‘ra ikkilamchi novdalar o‘sish suratiga
ko‘proq ta’sir qiladi. Meva rivoji mavsum davomidagi suvsizlikdan katta zarar
ko‘rmasada, g‘ujum rivojining dastlabki 2–3 haftasi davomida tokni suvsiz qoldirish
g‘ujumga zarar etkazishi mumkin. Bu davrdan o‘tib olgandan keyin mavsum
davomidagi suvsizlik g‘ujum hajmiga ta’sir ko‘rsata olmasada, ammo uning tarkibiy
sifatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Suvsiz qoldirilgan tok g‘ujumlari tarkibida shakar
miqdorining ko‘pligi bilan ajralib turadi. Umuman olganda, g‘ujum tarkibida shakar
miqdorining ortiqcha yig‘ilib qolishi tokning kam hosil solishi va yoki suvsiz qoldirilgan
tok g‘ujumlari tarkibidagi suvning novdalarga so‘rib olinishi natijasi bo‘lishi mumkin.
G’ujum tarkibidagi shakar miqdorining kamayib ketishi esa uzum boshining zich
novdalar panasida qolib ketishi va yoki tok ko‘p hosili uchun shakar etishmasligidan
bo‘lishi mumkin. Shuningdek, tokni suvsiz qoldirish uzum boshlarining g‘arq pishib
yetilish muddatini kechiktirishi
mumkin.
Qizil va qora rangli uzum navlarida g‘ujumlarning notabiiy ranglarga kirib qolishi
hosil sifatiga, natijada esa, uning xaridorgirligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Sug‘orish muddatlarini kechiktirish orqali bunday navlarda g‘ujumlar o‘z tabiiy rangini
olishiga erishish mumkin, chunki suvsizlik g‘ujum tarkibida rang beruvchi pigmentlar
rivojlanishini kuchaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |