33
Begona o‘tlar tuproqni ozdiradi hamda tuproqdagi namlikni parlatib yuboradi.
Shuning uchun hamma yoqda begona o‘tlarni qator oralarida, tup qatorlarida hamda tup
oralaridan yo‘q qilish choralarini ko‘rish kerak.
5. Tokzorlarda xomtokning ahamiyati
Hosilli uzumzorlarda muhim yozgi ishlarga yashil operatsiya–xomtok
va chekanka
kiradi.
Tokzorlarda o‘tkaziladigan yashil operatsiyalar to‘g‘ri, o‘z vaqtida o‘tkazilganda,
novdalar normal holda pishib etiladi,
mevalari kattalashadi, kelasi yili uchun hosil
kurtaklari shakllanadi.
Xomtok o‘tkazish natijasida qalinlashgan novdalar olib tashlanib, siyraklashtiriladi,
quyosh nuridan
foydalanish yaxshilanadi, qolgan hosilli novdalarning rivojlanishi
kuchayadi. Chekankani birinchi navbatda kuchli o‘sadigan
tuplarda bir vaqtda
siyraklashtirib, yonidan chiqqan bachki novdalar, qaysiki qalinlashib, havo va yorug‘lik
etkazmaydiganlari ham bir yo‘la olib tashlanadi. Chekanka avgust oyining boshida
o‘tkaziladi.
Bu tadbirlar hammasi parlanish
maydonini qisqartirib, suv sarfini kamaytiradi
hamda tuproqdagi namlikni 100 m
3/
ga gacha iqtisod qilish imkonini yaratadi.
Tuproq
sharoiti, bog‘ va tokzorlarning holati er osti suvlarining miqdorini hisobga
olgan holda suvdan to‘g‘ri foydalanish uchun qattiq nazorat o‘rnatish,
oqava suvlarni
bekorga oqib ketmasligiga yo‘l qo‘ymasdan, ichki xo‘jalik ishlarida suv oborotini tashkil
qilish zarur.
Asosiy vazifa qurib qolmaslik chorasini ko‘rish, o‘simlikni o‘sishdan to‘xtatmaslik,
mavjud bog‘ va tokzorlardan yuqori sifatli yaxshi mahsulot olish, suv va ozuqa tarkibini
ta’minlab saqlab, kelasi yil hosili uchun puxta zamin tayyorlashdir.
Meva-uzum hosilini ko‘tarish, mahsulot ishlab chiqarishda asosiy faktor bu–bog‘ va
tokzorlarni to‘g‘ri sug‘orishdir.
Bog‘ va tokzorlarni hozirgi vaqtda asosan ariqlar orqali sug‘oriladi. Ariqlar orqali
sug‘orilganda suvning ancha qismi parlanish bilan yo‘qoladi, birmuncha qo‘l
mehnati
sarflanadi, bunda hosilli 1 gektar bog‘da mehnat sarfi 60 kishi soatga etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: