boshlaguncha talab qiladi.
Shuning uchun fosforli, kaliyli o‘g‘itlar va azotli o‘g‘itlarning 25% kuzda, azotli
o‘g‘itlarning qolgan qismi erta bahorda kurtaklar yozilgunga qadar solinadi. Agar
fosforli va kaliyli o‘g‘itlar kuzda solinmagan bo‘lsa, ular bahorda azotli o‘g‘itlar bilan
bir vaqtda solinadi. Azot yuvilib ketmasligi uchun kuzda ammoniy shaklida solinadi. U
toklarning kuzgi-qishki o‘sish va ildizlarining faoliyati uchun zarur. Kuzda azot
solingandan keyin tokzor sug‘orilmaydi.
Tokdan yuqori hosil olish uchun mineral o‘g‘itlardan tashqari, organik
o‘g‘itlardan ham foydalaniladi. Organik o‘g‘itlar odatda kuzda qator oralari yerni
haydash paytida solinib chuqur ko‘mib ketiladi.
Tok ko‘chatlari kuzda hamda bahorda (fevral oxiri mart, aprelda) ekiladi. Tok
ko‘chatlarining ekish qalinligi tabiiy sharoitga, nav tarkibiga, tuplarning o‘sish
kuchiga va ularni parvarish qilishga bog‘liqligida belgilanadi. Tokdan yuqori hosil
olish ko‘p jihatdan sug‘orishga bog‘liq hisoblanadi. Shuning uchun ham sug‘orishlarni
muddatlari, sug‘orish me’yorlari va usullari agrotexnik rejada bo‘lishi lozim.
Sug‘orishlar o‘rtasidagi davrning davom etishi navning biologik hususiyatlariga sizot
suv sathining chuqurligiga va hokazolarga qarab belgilanadi. Ko‘chatlar tutayotganida,
vegetativ organlar tez o‘sayotganda hamda g‘ujumlarni tugishi va o‘sishi fazasida tok
o‘simligi suvga talabi kuchli bo‘ladi. Sizot suvlar yuza joylashgan maydonlardagi
tokzorlar kam sug‘oriladi.
Tokning tinim davri (dekabr-fevral)da nam to‘plovchi sug‘orish va kuz-qishki
yog‘ingarchilik hisobiga tok kurtaklari bo‘rtadi va novdalari o‘sadi. Dastlab tokzorlar
tuproq namligiga qarab aprel yoki mayda sug‘oriladi, tok o‘suv davrining to‘rtinchi-
beshinchi fazalari (g‘ujumlar tugishidan to ular pishguncha bo‘lgan davrlarda talab
Do'stlaringiz bilan baham: |