1. kirish nazariy materiallar reja


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/82
Sana28.10.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1730827
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   82
Bog'liq
Uzum etishtirish va mayiz quritishning zamon tex 2021 O\'UM-сжатый (1)

berilmaganda yo‘g‘on g‘ovak novdalar kuchli o‘sadi, novdalar yaxshi pishmaydi va
hosildorlik kamayadi. Agar tuplarda ortiqcha yuklama qoldirilsa novdalarning o‘sishi 
sekinlashadi, g‘ujum sifati yomonlashadi va kelgusi yilgi xosil kamayadi. 
Tuplarni kesishga kirishishdan oldin taxminiy zanglar sonini, novdalar sonini 
hisoblash va ularning o‘rtacha o‘sishi va yuklamasini aniqlash kerak. Novdalar 
rivojlanishi kuchsiz bo‘lgan bo‘lsa tok tupida keragidan ortiqcha yuklama bo‘lgan va bu 
yil bunday tuplarda yuklamani kamaytirishga to‘g‘ri keladi.
Tok tupida mavjud kuchli g‘ovak novdalarning bo‘lishi o‘tgan yili tok tupi 
yuklamasi etarli bo‘lmaganidan dalolat beradi va bu yil yuklamani ko‘paytirish 
mumkin. Bunday xolatlarda, qachonki uzun kesilganda ham yuklama etarli bo‘lmasa, 
keyinchalik tuplarda yuklamani ko‘paytirish talab qilinadi, unda qo‘shimcha tegishli 
xosil zvenosi yaratiladi. Bu maqsadda 3-4 ko‘zda o‘rinbosar novda kesiladi, undan 
keyin esa uchta o‘sib chiqqan novdalardan pastkisi 3-4 ko‘zli o‘rinbosar uchun 
qoldiriladi, ikkita yuqorigi esa hosil novda sifatida kesiladi. Agar bu etarli natija 
bermasa, qo‘shimcha zang shakllantiriladi. Agar tupda kerakli miqdorda pishgan 
novdalarning uzunligi 150-200 sm va o‘rta berilgan hisoblanadi.
Tup yuklamalarini aniqlash metodlari: Uzumchilik amaliyotida tuplardagi 
ko‘zlar va novdalar yuklamasi mo‘ljallangan xosilga bog‘liqlikda aniqlanadi. 
Mo‘ljallangan xosildorlik uzum navga, uning yoshi, tupning xolati, o‘tgan 
yillarda olingan xosildorlik, tupning oziqlanish maydoniga va boshqalarga 
bog‘liqlikda o‘tkaziladi. 
Agar tok tuplari kuzda kesilsa, yuklamalar ikki marta ko‘p qoldiriladi, chunki 
ko‘zlar qish va bahorgi vaqtlarda nobud bo‘lishi sababli ularning zahirada qoldirilgan 
yuklamalari ikkiga ko‘paytiriladi. Zahiradagi ko‘zlar miqdori navga, uzum 
yetishtiriladigan sharoit, novdalarning pishish darajasi va boshqalarga bog‘liq. Bahorda 
tok kesishdan oldin nobud bo‘lgan ko‘zlarni saqlanishligi hisobi natijalari asosida 
tuzatish kiritiladi.
Tupda qoldiriladigan ko‘zlar miqdori (yuklama) quyidagi formula bo‘yicha 
aniqlanadi: 
N=100 x K/100-A; 
bu yerda: 


78 
N – ko‘zlar yuklamasi ularning qisman nobud bo‘lganda; 
K – ko‘zlar to‘liq saqlanganda yuklamasi; 
A – nobud bo‘lgan ko‘zlar foizi. 
Bu maqsadda foydalanishga tadqiqotlarda aniqlangan tup ko‘zlari yuklamalari 
miqdori tavsiya etiladi. 
Iqtisoslashgan xo‘jaliklar va ilmiy tashkilotlarda tuplar ko‘zlari va novdalari 
yuklamasini aniqlashga imkon beradigan qator yangi metodlar ishlab chiqildi. 
Hosil beradigan uzum tuplari yuklamasini aniqlashni N.A.Pan quyidagi metodni 
taklif qildi. 
Kesishdan oldin hamma rivojlangan bir yillik novdalar o‘sish kuchiga qarab

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling