74
Ikkinchi yili ham faqat tuplar yaxshi o‘smay qolganda qo‘shimcha oziqlantiriladi.
Uchinchi yildan boshlab hosil berayotgan tokzorlarga solingandagi singari beriladi.
Agar er tok ekishga tayyorlanganda o‘g‘itlanmagan bo‘lsa, ikkinchi yili tok ochishda
gektariga
90 kg fosfor va120 kg azot solish zarur.
Hosil beradigan tokzorlarni o‘g‘itlash normasi
gektariga:120 kg azot, 90 kg fosfor
va 30 kg kaliy yoki mineral o‘g‘itga aylantirib hisoblaganda
353 kg ammiakli selitra,
600 kg ammoniy sulfat, 500 kg superfosfat va 60-90 kg kaliy tuz solinadi.
Fosfor
donador qilib solingani maqul. Bundan tashqari, mineral o‘g‘itlar qo‘shimcha oziq
tariqasida ham beriladi.
Mineral o‘g‘itlardagi asosiy oziq elementlari miqdoriga kelganda azot
ammiakli selitrada
34% ni, ammoniy sulfatda 20,5% ni, karbamidda
45%,
ammofosfada
11% ni, fosfor superfosfatda 19%ni, ammo nitralashtirilgan superfosfatda
11% ni qo‘sh superfosfatda
44% ni, kaliy esa kaliy xloridda
60% ni, kaliyli tuzda
30
va 40% ni tashkil qiladi.
Tokzorda solinadigan mineral o‘g‘itlar miqdorini
aniqlash uchun quyidagi
formuladan foydalanish mumkin;
X+Mx100
bu erda: X- solinishi lozim bo‘lgan o‘g‘itlar miqdori, kg/ga;
M- sof holda solinadigan oziq moddalarning miqdori, kg/ga;
O- o‘g‘it tarkibidagi sof oziq modda, %.
Mineral o‘g‘itlarni erga solishdan oldin ular diametri
5-10 mm kattalikda qilib
maydalanadi. Turli o‘g‘itlarni faqat tuproqqa solish oldidan aralashtirish mumkin.
O’g‘itlar erga 25-30 sm
chuqur qilib solinadi, o‘g‘it solish bilan bir vaqtda qator
oralari chuqur qilib yumshatiladi. Qator oralari chuqur yumshatilmaydigan yillari
o‘g‘itlar kuzda va bahorda PRVN-2,5 markali o‘g‘it sochadigan moslamalar yordamida
solinadi. Fosforli va kaliyli o‘g‘itlardan farq qilib azotli o‘g‘itlarni bahorda yuza solish
mumkin, ammo ularni keyinchalik albatta ko‘mish kerak. Tok o‘suv
davri boshlarida
oziq moddalarga juda talabchan bo‘ladi. Shunig uchun
fosforli, kaliyli o‘g‘itlar va
Do'stlaringiz bilan baham: