Ildizdan tashqari qo‘shimcha oziqlantirish: Keyingi yillarda ilg‘or xo‘jaliklarda
ammiakli selitra, superfosfat, kaliy xlorid, bor va marganets sulfat eritmasi purkash
yo‘li bilan bargi orqali oziqlantirish usuli ham qo‘llanilmoqda. Bu qo‘shimcha
oziqlantirish tok hosilini oshirish, asosan g‘ujumlarining 20-25% ga ko‘paytirish va
tarkibidagi shakllarni 2% oshirishi mumkun.
Nazoratsavollari
1.Tokzorlarga solinadigan organik o‘g‘itlarni ayting?
2.O‘g‘it solish me’yori, texnikasi va muddatlari ni tushintiring?
4.Mineral o‘g‘itlarning miqdorini hisoblash formulasi yozing?
5.Toklarni ildizdan tashqari qo‘shimcha oziqlantirish mumkinmi?
4-amaliy mashg‘ulot. Intensiv texnologiyalarga asoslanib yetishtirilayotgan tok
tuplpriga shakl berish va kurtaklar yuklamasini aniqlash.
Ishdan maqsad: Tuplar kurtak va navdalar yuklamasi va kesish uzunligi
tushunchalarini o‘zlashtirish. Har xil kesish xillari va mo‘ljallangan hosilning
bog‘liqligida kesish rejasini tuzishni tanishish.
Masalaning qo‘yilishi: 1. Yosh va hosilli uzum tuplarini kesishni o‘tkazish
maqsadi bilan tanishish va «tuplar yuklamasi» va «kesish uzunligi» tushunchalarni
tushunish kalta, uzun va aralash kesish xillarini farqini aniqlash. Tuplar ko‘zlari
novdalari yuklamasi va shakli, tuplarni o‘stirish tizimlari bilan birga bu kesish xillarini
yozish.
2.Eksponatlardagi tuplar, ularning novdalari o‘sish kuchi bo‘yicha, o‘tgan yilgi
qilingan tup yuklamasi to‘g‘riligini aniqlash.
3 yoki 6 zangli tupda kalta, uzun va aralash usullar bo‘yicha uzum tuplarini kesish
o‘tkazishni sxema xillarini rasmini chizish.
Mana shu qo‘llanma bo‘yicha xar xil metodlar bilan kesish o‘tkazishda toklar
yuklamalari xosilli novdalar va ko‘zlarini aniqlash bilan tanishish.
Do'stlaringiz bilan baham: |