1. kirish nazariy materiallar reja


Ishni bajarish uchun namuna


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/82
Sana28.10.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1730827
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   82
Bog'liq
Uzum etishtirish va mayiz quritishning zamon tex 2021 O\'UM-сжатый (1)

Ishni bajarish uchun namuna: Tok tuplari navdalarini kesishga kirishishdan 
oldin qanday maqsadni ko‘zlab kesish kerakligini; tokzorni bu yoki u maydonida


76 
tuplarni kesish o‘tkazishni; «Tup yuklamasi», «kesish uzunligi» tushunchalarining
farqini va qanday «kesish xillari» mavjudligini va qanday hollarda bu yoki u uzum
tuplarini kesish xillari qo‘llanishni amalga oshirishni bilish kerak.
Tok tupi yuklamasi - deganda tok kesilgandan keyin qolgan ko‘zlar miqdori yoki
tup novdalarni xomtok qilingandan keyin qolgan novdalar miqdori tushuniladi. Bu tup 
yoki gektar hisobida hisoblanadi.
Kesish uzunligi – tok tupi novdalarini kesishdan keyin novda qoldirilgan ko‘zlar 
soni kesish uzunligi belgilaydi. Bunga bog‘liqlikda kesish turli kalta, uzun va aralash 
kesishga farqlanadi.
Kalta kesishda novdada ikki – to‘rtta ko‘zlar qoldiriladi. Bunday kalta kesilgan 
novdalar o‘rinbosar novda deb ataladi.
Tok tuplari novdalarni kalta kesish keng tarqalmagan chunki tupdagi ko‘z va 
novdalar yuklamasi cheklangan bo‘ladi, eng yaxshi hosil novdalarni tanlash imkoniyati 
bo‘lmaydi. 
Uzun kesishda novdada 9 tadan 18 tagacha va undan ortiq ko‘zlar qoldiriladi. 
Nihoyatda uzun kesilgan hosil novdalar yosh novdalarni o‘sish, rivojlanishini 
qisqartiradi va unda joylashgan uzum boshini kichiklashtiradi. Kalta kesishdan, uzun 
kesishning farqi shundaki uzun kesish tupdagi yuklamani oshiradi va eng yaxshi hosilli 
novdalarni tanlashga imkoniyat beradi. Uzun kesish asosan kuchli o‘suvchi navlarda 
qo‘llaniladi, bunda novdaning asosan 6-10 va undan yuqoridagi ko‘zlaridan hosil 
novdalar shakllanadi. 
Novdalarni uzun kesishga katta kosachasimon va ko‘p zangli elpig‘ichsimon 
shakl berish misol bo‘la oladi.
Hamma uzumchilik rayonlari uchun asosiy kesish usuli aralash kesish 
hisoblanadi, bunda hosilli novdalarni kalta va uzun kesish birgalikda olib boriladi.
Bunday xildagi kesishda novdaning bir qismi kalta o‘rinbosar novda va bir qismi esa 
uzun hosil novda bo‘ladi. Bunday xil kesish hosil zvenolarga kesish deb ataladi 
(o‘rinbosar novda va hosil zvenosi). 
Agar novdalar uzun kesilsa, tupdagi yuklamasi ko‘p bo‘ladi deb ba’zan 
hisoblashadi. Xaqiqatda esa bunday emas. Tupda ko‘p kalta kesilgan novdalar qoldirish 
mumkin va bu kalta kesish bo‘ladi, tupda ko‘zlar esa ko‘p bo‘ladi va bunday xolatda 
yuklama ko‘p bo‘ladi. Ammo tupda faqat bitta uzun kesilgan 6 -10 ko‘zlardagi novda 
qoldirilishi mumkin va bunday xolatda tupdagi yuklama ko‘p bo‘lmaydi, biroq uzun 
kesish bo‘ladi.
Shuning uchun tuplarni kesishda ko‘rsatilgan har xil kesish usullari qo‘llaniladi,
kesish kalta, uzun yoki aralash bo‘lishi mumkin. Misol, agar tupning o‘sish kuchiga 
ko‘ra 120 ko‘z yuklamasi qoldirishga imkon beradigan bo‘lsa, bunda kalta kesilganda 
tok tupida 36-42 ta uch-to‘rt ko‘zli novdalar qoldirish kerak, uzun kesilganda esa bu 
tupda 8-10 ko‘zli 12-15 ta xosil novdalari qoldirish kerak; aralash kesilganda bu tupda 8 
ta ko‘zli 12 ta xosil novda va 12 ta 2-3 ko‘zli o‘rinbosar novdalar qoldirish mumkin. 
Tok tupi yuklamasini to‘g‘ri belgilashda quyidagilarni: kesish xilini, navning
biologik hususiyatini, tupning shaklini va uning oziqlanish maydonini, uzum


77 
etishtiriladigan rayonning tuproq-iqlim sharoitini hisobga olish kerak. Yaxshi agrotexnik 
tadbirlar qo‘llaniladigan, unumdor tuproqli, sug‘oriladigan maydonlarda o‘sadigan 
kuchli o‘suvchi navlar uchun uzun yoki aralash kesish qo‘llanilishi va tupda ko‘p 
yuklama berilishi kerak. Sug‘orilmaydigan, kam unumdor tuproqli, quruq tog‘ oldi 
nishabliklari maydonlarida o‘sadigan kuchsiz o‘suvchi navlarda kalta yoki aralash 
kesish qo‘llanishi va tupda kam yuklama berish kerak. 
Tok tupining umumiy xolati bo‘yicha tuplardagi ko‘zlar yuklamasini to‘g‘ri 
belgilash zarur. Muayyan maydon va nav uchun ko‘zlar yuklamasi tokzorning 
hosildorligiga va tuplarning xozirgi va keyingi yilgi xolatiga bog‘liq. Tok tupiga
berilgan noto‘g‘ri yuklama tuplarni o‘sish kuchini kamaytiribgina qolmasdan, balki, 
xosilni ahamiyatli darajada kamayishiga olib keladi. Tok tuplariga yetarli yuklama 

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling