1. kirish nazariy materiallar reja


qiladi). Navda va g‘ujumlarning jadal o‘sish davrida tuproq namligi 80-85%


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/82
Sana28.10.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1730827
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   82
Bog'liq
Uzum etishtirish va mayiz quritishning zamon tex 2021 O\'UM-сжатый (1)

qiladi). Navda va g‘ujumlarning jadal o‘sish davrida tuproq namligi 80-85%, meva
pishish davrida 70-75 % bo‘lishi kerak. Ana shu ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda
sug‘orish me’yori tuproqning mexanik tarkibi va namligiga qarab 800-1000 m
3
/ga ni 
tashkil etishi kerak. Tok ko‘chatlarini ekish, o‘stirish va hosil yig‘ishtirishga doir
agrotexnika rejasini tuzishda progressiv mexanizatsiya tadbirlarini ko‘zda tutmoq kerak. 
Tok o‘simligini o‘stirish va hosilni yig‘ib-terib olishning samarali texnologiyasi
umumiy ishlariga mo‘ljallangan mashinalar T-100, MGS, T-4, DT-75 m zanjirli va 
MTZ-50, MTZ-80, MTZ-82, T-28X4 g‘ildirakli traktorlar va bulardan tashqari
takomillashtirilgan mashina va qishloq xo‘jalik agregatlarini ham o‘z ichiga oladi. 


83 
Agrotexnika tadbirlari rejasida tok o‘stiriladigan har bir gektarga va barcha 
maydonga ketadigan mehnat sarfining hisob-kitobi ham ko‘rsatiladi. 
 
Bog‘ va tokzorlarda qo‘llaniladigan maxsus mashinalar. 
 
 
 


84 


85 
Ish tartibi: Tok hosilini etishtirishga oid texnologik karta tuzish darsliklardan va 
tokchilikka oid namunaviy texnologik kartalardan hamda normativ spravochnik va 
boshqa ma’lumotlardan foydalaniladi.
Texnologik kartaning yuqoridagi qismida tegishli navning nomi. Maydoni,
hosildoriligi (t/ga), tuproq turi, sizot suv sathi ko‘rsatiladi. Jadvaldagi 2-grafada tok 
etishtirish uchun barcha agrotexnikaviy ishlar tartib bo‘yicha yoziladi. Agrotexnika 
bo‘yicha ayrim qaytariladigan ishlar, masalan sug‘orish, qator oralariga ishlov berish
xomtok qilish va boshqa birlashtirilmasdan alohida o‘z muddatida ko‘rsatish kerak. 3-
grafada har bir ish turlarini bajarish muddatlari ko‘rsatiladi. Ishlarning bajarilish sifati 
4-grafada ko‘rsatiladi. O’g‘itlar solish me’yorlari, kimyoviy moddalar sarfi, erni ishlash 
chuqurligi, sug‘orishda sarflanadigan suv me’yorlari, tashish masofasi va hokazolar shu 
grafaga kiritiladi.5,6,7-grafalarda traktorlar, avtomashinalar, qishloq xo‘jalik
mashinalari va qurollarining tiplari hamda har bir ish turini bajarish uchun tavsiya 


86 
etilgan agregatda ishlovchilarning soni ko‘rsatiladi. 8-9-grafalarda yetti soatlik ish
kuni hisobidan o‘lchov birligi va agregatning ish unumi aks ettiriladi. Ish me’yorlari 
«istiqbolli texnologik kartalar» dan olinadi. 10-grafada har bir gektarga ketadigan kishi
kun hisobidagi mehnat sarflari 1 ga ni ish me’yoriga taqsimlash yo‘li bilan aniqlanadi. 
Barcha maydonga qilinadigan mehnat sarflarini (11-grafada) gektar hisobidagi
maydonning har gektariga ko‘paytirish yo‘li bilan hisoblanadi. Eslatmada ayrim ishlarni
bajarish hususiyatlari qayd qilinadi. Masalan, ko‘chatlarni ekish sxemasi. Kimyoviy 
moddalarning eritmalarni tayyorlash va hokazolar ko‘rsatiladi. Texnologik kartaga
qo‘shimcha tarzda shu navga oid agrotexnikaviy hisoblashlar ham qisqacha yoziladi.

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling