1. Kompyuter lingvistikasi fanining yuzaga kelish asoslari. Kompyuter lingvistikasi va matematik lingvistika


Download 26.27 Kb.
bet3/3
Sana30.01.2023
Hajmi26.27 Kb.
#1141491
1   2   3
Bog'liq
ortiq

interfeys b o ‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar m antiq, gram m atika, semiotika, kom pyuter texnologiyalari sohalarning ijodiy ham korligi asosida
amalga oshirilm oqda. Bu sohada juda k o ‘p yutuqlarga erishildi, lekin halihanuz m o'jizakor tabiiy til ham , sirli inson tafakkuri ham to ‘la modellashtirilgani yo‘q. Ayni shu m a sa la - til va tafakkurni m odellashtirish kom pyuter lingvistikasi fanining istiqbolli yo‘nalishi sanaladi.
Semiotika yoki semiologiya (yunoncha semiotike, y a’ni «belgilash», «tasvirlash», «ifodalash» degan m a’nolarni anglatadi) belgilar sistemasi haqidagi fan b o iib , unda axborotni saqlovchi, uzatuvchi turli xil belgi va belgilar tizim larining yaratilishi, vazifalarini, belgilar sistem asiga kiruvchi
hodisalarni, ularning tabiati, m ohiyati, turlari, k o ‘rinishlari, amal qilishi
kabilarni tekshiradi." Semiotika tilshunoslikda, xususan, kom pyuter lingvistikasida ham m uhim m etodologik aham iyat kasb etadi.
Chunki til ham bel gi sanaladi, sem iotikada tabiiy tillar ham, sun’iy tillar ham , hatto yo‘l belgilari, audio va videosignallar ham tadqiq etiladi.
S em iotika fani X IX asr o x irlarid a vujudga keldi, uning asoschisi
am erikalik olim C harlz Sanders Pirs (1839 - 1914) hisoblanadi. Strukturalizm asoschisi Ferdinand de Sossyur «U m um iy tilshunoslik kursi» asarida bu fanni «semiologiya» deb nom lagan. U shbu fan yutuqlari hozirgi
zam on kom pyutershunosligida, telekom m unikatsiya, uyali telefon tizimlari, su n ’iy y o ‘ldoshlar, avtom atik boshqaruv tizim lari va boshqa sohalarda keng foydalaniladi. Sem iotikada belgilar tizimi to ‘rt aspekt asosida
o ‘rganiladi: 1) sintaktika - belgilar strukturasini tekshiradi; 2) semantika
- belgilarning m azm uniy tom onini tekshiradi; 3) sigmatika - belgi va uni
aks ettiruvchi obyekt o'rtasidagi m unosabatni o ‘rganadi; 4) pragm atika belgilarning insonga b o ‘lgan m unosabati, foydaliligi, am aliy jihatlarini
tadqiq etadi.
Semiotika belgilar haqidagi keng qamrovli nazariy-falsafiy fan bo ‘lib,
tilni belgilardan iborat butunlik sifatida o'rganadi. Tilshunoslik va semiotikaning o ‘zaro m aqsadli aloqaga va m unosabatga kirishuvidan lingvosemiotika deb ataluvchi soha shakllandi. Lingvosemiotika tilning belgi tabiatiga egaligini, inform atsiya uzatuvchi til birliklarining xususiyatlarini tadqiq
qiladi. Til birliklari, tilning tarkibini tashkil qiluvchi struktural elementlar
- m orfem a, so‘z, so‘z birikmasi, gap, m atn va boshqalar muayyan informatsiyani berish, yetkazish - ijtimoiy vazifani bajarish uchun xizmat qiluvchi belgilar sistemasi sifatida tadqiq qilinadi. Shunga k o ‘ra til jam iyatda
m avjud b o ‘lgan boshqa belgilar bilan um um iylikka, o ‘xshashlikka ega
bo iad i. Shunga k o ‘ra, til semiotika fanining - lingvosemiotikaning o ‘rganish
obyektiga aylanadi. Tilning tabiatini, m ohiyatini, jam iyatdagi o'rn i va rolini bilish uchun uni faqat qaysidir til bilan qiyoslashning o'zigina yetarli
bo'lm aydi. Tilni - til sistemasi tarkibidagi birliklarni, belgi deb olingan
elem entlarni boshqa belgilar - nolisoniy belgilar sistem asi bilan ham ,
jam iyatga faol xizmat qilayotgan ram zlar (znaklar) bilan ham, sun’iy tillar
bilan ham qiyoslash lozim. Bu, shak-shubhasiz, tilning tabiatini m ukam m al
yoritishga katta xizmat qiladi.
M a’lumki, til - til (nutq) birliklari (so‘z, so‘z birikmasi, gap va boshqalar)
muayyan belgilar sifatida m a’no, tushuncha, fikr ifodalaydi. U lar m a’no,
tushuncha, fikr kabilarning simvoli (ramzi) yoki belgisi hisoblanadi. Shunga k o ‘ra, Ferdinand de Sossyur til fikr ifoda etuvchi belgilar sistemasidir,deydi.
M orfema ifoda (moddiy) va mazmun (ruhiy) jihatlariningbir butunligidan
iborat b o ‘lib, tilning m uayyan m a’noga ega eng kichik birligi hisoblanadi.
M uayyan birlik b o lg a n so‘z (leksema) ikki planli belgi sifatida tovush va
m a’no, ifoda va m azm un tom onlarining dialektik bog‘liqligidan iborat,
nom inativ birlik holatida ijtimoiy vazifa bajaradi. So‘zning ifoda plani uning
tashqi - tovush tom oni bo'lib, bunda so'zning belgisi sifatida uning tovush
tom oni xizmat qiladi. So‘z ifoda planiga ega deyilganida so'zni formal shakllantiruvchi, uning moddiy birlik sifatida sezgi a ’zolarimizga ta ’sir qilishini
ta ’minlovchi tovushiar nazarda tutiladi.
So‘zning mazm un plani uning ichki, m a’no tom oni (leksik m a’no, leksik
tushuncha, ramziy axborot, signifikat, semema) b o ‘iib, u obyektiv borliq
elem entlarining kishi ongida aks etishi, ayni elem entlarga xos xususiyatlarning umumlashuvi natijasida yuzaga keladigan ideal (psixik) strukturadir. M a ’no obyektiv borliq elementi yoki ushbu elem entlar guruhining kishi
ongidagi shartli ramzi (belgisi, ishorasi) emas, balki bu element (yoki elem entlar guruhi)ning kishi ongida m avhum lik kasb etgan obrazi, umumlashgan in ’ikosi hisoblanadi.
So'zning mazmun tomonini o ‘zicha biron shaxsga m a’lum qilish mumkin
bo'lm aganligi uchun uning tovush jihati, ramzi talaffuz qilinadi. Bu ramz
(belgi) tinglovchi ongida tegishli tushuncha, tasavvur uyg'otadi. Dem ak, til
sistem asida ramziy m unosabat tovush va m a’no orasidagi shartli bog‘lanish
tarzida yuzaga chiqadi. M a ’noda aks etadigan aniq narsa yoki hodisa tasavvuri (denotat) ikkinchi planda b o ‘ladi.
S o‘z mazm un planida ikki hodisa farqlanadi: leksik m a’no (signifikat) va
denotat.15 D enotat so‘z m a’nosi emas, balki so‘z yordam ida k o ‘rsatiladigan,
nom lanadigan, ataladigan hodisadir. M a’no esa, qayd etilganidek, obyektiv
borliq elementlariga xos b o ‘lgan xususiyatlarning inson ongida mavhumlik
kasb etishi, umumlashuvi natijasida shakllanishidir.
Download 26.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling