1. Korporativ huquq tushunchasi Korporativ huquqiy munosabatlar tushunchasi va subyektlari Korporativ huquq prinsiplari


Korporativ huquq manbalari quyidagilardan iborat


Download 31.16 Kb.
bet2/9
Sana05.05.2023
Hajmi31.16 Kb.
#1430651
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 Korporativ huquqning umumiy qoidalari Korporatsiyalar turlari

Korporativ huquq manbalari quyidagilardan iborat:
Asosiy:
1. Konstitutsiya va qonunlar;
2. Boshqa normativ-huquqiy hujjatlar (Prezident farmonlari, hukumat qarorlari va boshqalar.
Qo’shimcha:
3. Korporatsiyaning ichki hujjatlari;
4. Huquqiy odatlar;
5. Sudlarning huquqiy qoidalari.
Korporatsiya ustavi. Ushbu mavzuda alohida ko’rib chiqadigan asosiy masalalardan biri korporatsiyaning ta’sis hujjati hisoblangan ustav e’tiborga loyiqdir. Ustav tashkilotning maxsus tashkiliy hujjatlaridan biri bo’lsa-da, ko’pchilik olimlar va mutaxassislar ushbu masalaga alohida urg’u bermaydilar.
Ustav tashkilotning ta’sis hujjati hisoblanib, ichki hayotini tartibga soladi va korporativ aktlar ierarxiyasida boshqa barcha hujjatlarga nisbatan yuqori hisoblanadi. Ichki hujjatlar ustavga zid bo’lmasligi kerak va bunday nizolar kelib chiqqan taqdirda ustavning qoidalari qo’llaniladi. Korporatsiya ustavini tasdiqlash va qonunlashtirishning maxsus tartibi mavjud.
Korporativ huquqiy munosabatlar korporatsiyani tashkil etish, faoliyat yuritishi va tugatish munosabatlari bilan vujudga keladigan, huquq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlardir.
Shunisi aniqki, korporatsiyaning o’zi majburiy sub’ekt bo’lib, ma’lum ma’noda korporativ munosabatlar mavjudligining ham shartidir.
Korporativ huquqiy munosabatlar sub’ekti korporatsiyaning aksiyadori (jamiyat ishtirokchisi) deb e’tirof etilishi lozim.
Korporativ huquqiy munosabatlar sub’ektlari qatoriga ko’pchilik olimlar va mutaxassislar xo’jalik jamiyatlarining boshqaruv organlari a’zolarini ham kiritadilar.
Shuningdek, ichki va tashqi korporativ munosabatlarni ham farqlash muhim. Ichki korporativ munosabatlar turlari:
1. ta’sischi (ishtirokchi) va boshqa ta’sischi (ishtirokchi o’rtasida);
2. ta’sischi (ishtirokchi) va yuridik shaxs o’rtasida ;
3. ta’sischi (ishtirokchi) va menedjer o’rtasida;
4. ta’sischi (ishtirokchi) va yollanma xodim o’rtasida.

Download 31.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling