Tashqi korporativ munosabatlar turlari:
1. Korporatsiya va kontragentlar (hamkorlar) o’rtasida ;
2. Korporatsiya va kreditorlar o’rtasida;
3. Korporatsiya va iste’molchilar o’rtasida ;
4. Korporatsiya va davlat (davlat organlari) o’rtasida mavjud bo’ladi.
Korporativ huquq prinsiplari. Korporativ huquq prinsiplari bu korporativ munosabatlarni tartibga solishda eng muhim bo’lgan tamoyillarni o’z ichiga oladi. Korporativ huquq normalari aynan mazkur prinsiplar asosida yaratiladi va ularning bir xil amal qilinishini ta’minlashga qaratiladi.
1) proporsionallik prinsipi
2) ko’pchilik irodasining ozchilik irodasidan ustunligi (demokratiya prinsipi),
3) daromadni taqsimlashda tenglik prinsipi
4) korporatsiya boshqaruv organlari mustaqilligi prinsipi
5) korporativ huquqlarni suiiste’mol qilmaslik prinsipi
6) majburiyatni bajarishda iqtisodiy samaradorlik prinsipi
5.O’zbek huquqida barcha korporatsiyalar. O’zbek huquqida barcha korporatsiyalar yuridik shaxslardir. O’zbek huquqida korporatsiyaga xos quyidagi xususiyatlarini ajratib ko’rsatish mumkin:
1) korporatsiya yuridik shaxs sifatida e’tirof etiladi;
2) korporatsiya – jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar birlashmasi hisoblanadi;
3) korporatsiya o’z irodasiga ega; korporatsiyaning irodasi o’z a’zolarining umumiy manfaatlari bilan belgilanadi; korporatsiyaning irodasi o’z a’zolarining individual “irodasi”dan farq qiladi;
4) korporatsiya yuridik shaxs sifatida o’z a’zoligidagi o’zgarishlardan mustaqil bo’lib qoladi;
5) korporatsiya – bu nafaqat ishtirokchilarning, balki ularning mol-mulklarining, ya’ni ustav kapitaliga qo’shiladigan ulushlar va paylarning birlashmasidir;
6) ishtirokchilar tomonidan korporatsiyaga qo’shilgan mulk unga mulk huquqi asosida tegishli;
7) korporatsiya a’zolari korporativ munosabatlarning sub’ektlari sifatida korporatsiyaning o’ziga ham va bir-biriga nisbatan ham huquq va majburiyat egalaridir;
8) korporatsiya – bu tashkiliy birlik bo’lib, u boshqaruv organlarining mavjudligida ifodalanadi, ulardan eng oliysi a’zolarning (ishtirokchilarning) umumiy yig’ilishi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |