1. Korporativ huquq tushunchasi Korporativ huquqiy munosabatlar tushunchasi va subyektlari Korporativ huquq prinsiplari
Download 31.16 Kb.
|
1 Korporativ huquqning umumiy qoidalari Korporatsiyalar turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xo’jalik (savdo) shirkatlari.
Qo’shimcha mas’uliyatli jamiyat – ustav kapitali ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdordagi hissalarga bo’lingan jamiyat; ,unday jamiyatning ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo’yicha o’ziga tegishli mol-mulklari bilan hamma uchun bir xil bo’lgan va qo’shgan hissalari qiymatiga nisbatan jamiyatning ta’sis hujjatlarida belgilanadigan karrali miqdorda solidar tarzda subsidiar javobgar bo’ladilar.
Xo’jalik (savdo) shirkatlari. Umumiy majburiyatlar uchun cheksiz shaxsiy mulkiy javobgarlikka tortiladigan shaxslarning birlashmalari sifatida sheriklik qilish tarixan korporatsiyalarning birinchi shakllari bo’lgan. Biroq, ko’plab G’arbiy Yevropa huquqiy tizimlarida ular hali ham to’liq huquq sub’ekti emas, faqat tijorat huquqining yuridik shaxslari hisoblanib, biroq fuqarolik huquqining mustaqil sub’ektlari qatoriga kirmaydi. To’liq (ochiq) shirkat O’rta asrlarda G’arbiy Yevropada birinchi navbatda o’z biznesini davom ettirishga kerak bo’lgan marhum savdogarning merosxo’rlari (o’g’illari) birlashmasi sifatida vujudga kelgan. Italiyada korporatsiyaning bu shakli 13-asrdan boshlab societas fratrum yoki compagnia deb ataladi. Bu borada klassik misol sifatida aka-uka Ulrix, Georg va Yakob Fuggerlar tomonidan imzolangan eng qadimgi mashhur sheriklik shartnomasi asosida 1494 yilda Germaniyaning Augsburg shahrida Fugger bank uyini yaratilganligini ko’rsatish mumkin. Ushbu turdagi korporatsiyaning to’g’ridan-to’g’ri qonun bilan tartibga solinishi birinchi bor fransuz qonunchiligida o’z aksini topgan (1673 yilda Tijorat to’g’risidagi Qirollik Ordonansi qabul qilingan va unda u société générale deb atalgan va 1807 yildagi Savdo kodeksida “umumiy shirkat nomi ostida” – société en nom collectif u o’zining zamonaviy nomini olgan). Shirkat ishtirokchilari maqomining eng muhim huquqiy xususiyatlari uning faoliyatida shaxsan ishtirok etishi va qarzlari yuzasidan shaxsiy javobgarligidir. Bu boshqa ishtirokchilar bilan nisbatan uzoq va ishonchli munosabatlar zarurligini anglatadi, bu umumiy qoida sifatida ishtirokchini almashtirishni istisno qiladi va uning chiqishida shirkatni tugatishni talab qiladi. To’liq shirkatlarning har bir ishtirokchisi bir vaqtning o’zida uning organidir (o’z-o’zini tashkil еtish prinsipi – Selbstorganschaft); yollanma rahbarlar yoki boshqa uchinchi shaxslar ishtirokida boshqa organlar odatda yaratilmaydi. Shuning uchun, ishtirokchining shaxsiyati (identifikatsiyasi) sheriklik uchun juda muhimdir hamda shirkatning o’zi umumiy tabiatiga ko’ra odatda shaxslarning birlashmasi sifatida tavsiflanadi. Download 31.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling