1. Korporativ huquq tushunchasi Korporativ huquqiy munosabatlar tushunchasi va subyektlari Korporativ huquq prinsiplari
Download 31.16 Kb.
|
1 Korporativ huquqning umumiy qoidalari Korporatsiyalar turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Huquqiy tartibga solish tabiati
- Aksiyadorlik jamiyati
- Mas’uliyati cheklangan jamiyat.
Aksiyadorlik jamiyati. “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga ko’ra, aksiyadorlik jamiyati – ustav kapitali aksiyadorlarning jamiyatga nisbatan huquqlarini tasdiqlovchi ma’lum miqdordagi aksiyalarga bo’linadigan tijoratchi tashkilotdir. Tadbirkorlik faoliyatining ushbu tashkiliy-huquqiy shaklining o’ziga xos xususiyati chiqarilgan qimmatli qog’ozlar - aksiyalarni joylashtirish orqali ustav fondini shakllantirishdir. Har qanday yuridik va jismoniy shaxslar jamiyat aksiyadorlari bo’lishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyat ustavi AJning ta’sis hujjati hisoblanadi. Olimlar fikricha, aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish to’g’risidagi ta’sis shartnomasi o’zining yuridik tabiatiga ko’ra birgalikdagi faoliyat to’g’risidagi shartnoma hisoblanadi. Mas’uliyati cheklangan jamiyat. Tarixiy prototiplari yoki modellari bo’lmagan mas’uliyati cheklangan jamiyat (Gesellschaft mit beschränkter Haftung, GmbH) yuridik tuzilmasi sun’iy ravishda Germaniya Adliya vazirligi tomonidan yaratilgan va 1892 yil 20 aprel kuni qonun sifatida qabul qilingan. O’sha paytlar Germaniyada aholidan turli va’dalar bergan holda pul yig’ish orqali aksiyadorlik jamiyatlarini ommaviy (tartibsiz) ravishda tashkil etish natijasida paydo bo’lgan murakkab vaziyatni («gründen» davri - nemischa gründen - yaratish, topish, ta’sis etish) hal qilish uchun juda muvaffaqiyatli urinish bo’ldi. O’sha davrdagi qonunlar liberalizmidan foydalangan holda juda yuqori daromad keltirishni va’da qilgan foiz stavkalari Germaniya aksiyadorlarini ko’plab firibgarliklar va boshqa suiiste’molliklar qurboni bo’lishiga olib kelgan. Mazkur tashkiliy-huquqiy shaklni yaratishdan maqsad kichik va o’rta tadbirkorlarga nisbatan kichik kapital va unchalik ko’p bo’lmagan ishtirokchilardan iborat huquq sub’ekti (yuridik shaxs) - korporatsiyalarni tuzish imkonini berdi, shu bilan birga mazkur korporatsiyaning ishtirokchilari tarkibining o’zgartirishga keng imkoniyat bermasligi uning ustunligi bo’ldi. Chunki, MChJlarda ta’sischilarning shaxsi muhim o’rin egallaydi, aksiyadorlik jamiyatlarida esa bunday “shaxsiy element” mavjud emas. Download 31.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling