1-kurs tarixyo`nalishitalabalariuchunArxeologiyavaetnologiyafanidan yakuniynazoratsavollari 1-variant


So‘g‘dning bronza davri arxeologiyasi


Download 276.13 Kb.
bet26/94
Sana05.01.2022
Hajmi276.13 Kb.
#227030
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   94
Bog'liq
1-58 arxeologiya

So‘g‘dning bronza davri arxeologiyasi. Bronza davrida So‘g‘d hududida turli madaniyatlar tarqalgan. Zarafshonning yuqori oqimida Sarazm madaniyati (Sarazm III-IV bosqichlari), To‘qayli, Sazog‘on 2 manzilgohlari, Zarcha Xalifa, Dashti Qozi, Mo‘minobod, Chakka qabrlari va Jukov diniy me'moriy majmualari mahalliy aholi madaniy an'anasi bilan birga shimoliy dasht hududlarda yashagan aholi madaniyatini aks ettirgan. Zarafshonning quyi oqimi hududida Zomonbobo madaniyati tarqalgan.

Sarazm madaniyatining uchinchi (Sarazm III) bosqichida moddiy madaniyat va xo‘jalik sohasida yangi yutuqlarga erishilgan. Bu davrda manzilgohda aholi soni ko‘payib, yangi uy-joy imoratlari quriladi. Xom g‘ishtdan tomonlari 15x15 m. keladigan o‘n ikki xonali mahobatli qurilish majmuasi barpo qilingan. Sopol buyumlari charxda yasalgan, sirtiga naqsh chizilgan. Ko‘kimtir sopollar o‘rnida yorqin tagli va qizil angob surtilgan idishlar soni ko‘payadi. Misdan yasalgan buyumlar turi va soni ko‘payadi.

So‘nggi (Sarazm IV) bosqichida manzilgoh inqirozga uchrab, tashlandiq holat kuzatiladi. Bu davrga oid ayrim xonalarning yaqinida ikki tabaqali kulolchilik xumdoni qurilgan. Sopol buyumlar charxda yasalib, sirtiga yorqin-qizg‘ish rangli angob surtilgan. Naqshlarning sifati pasayib ketadi.


Download 276.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling