1-laboratoriya ishi: Sifat reaksiyalarini bajarish texnikasi
-laboratoriya ishi: Tortma analiz. Haydash usuli bо‘yicha analiz qilish yо‘li
Download 161.91 Kb.
|
4 LABORATORIYA MASHGULOTLARI (1)
6-laboratoriya ishi: Tortma analiz. Haydash usuli bо‘yicha analiz qilish yо‘li.Yakka tartibda tarozida tortishni о‘rgatish. Ishchi ishqor eritmasini tayyorlash va uni konsentrasiyasini aniqlash.Ishning maqsadi: Ishchi ishqor eritmasini tayyorlash va uni konsentrasiyasini aniqlash. Haydash usuli bо‘yicha analiz qilishni o’rganish. Gravimetrik analiz tekshiriladigan va hosil bo‘ladigan moddalaming massalarini aniq o’lchashga asoslangan. Gravimetriya cho'ktirish, haydash va ajratish usullariga bo'linadi. Analitik kimyoda o‘lchash analitik signalni olishning keng tarqalgan usulidir. Massasi noma’lum bo'lgan har qanday modda oldin texnik tarozida 0,01 g aniqlikda, keyin analitik tarozida 0,0001 g aniqlikda o‘lchanadi. Hozirgi vaqtda analitik kimyoda kam miqdordagi moddalar bilan ishlanadi. Shuning uchun ham analitik tarozilar massasi 100-200 g gacha bo'lgan moddalarni tortishga mo'ljallangan. Modda quruq yoki ho`l holda tortilishi mumkin. Gravimetrik analizda aniq natijalar olish uchun modda quritilgan shaklda tortiladi. Tarozining pallasiga tortiladigan moddani bevosita qo'yish yaramaydi. Modda biror idishda tortiladi. Moddalami tortish uchun byuks, soat oynasi, tigel, stakancha, probirka singari idishlar ishlatiladi. Tortiladigan modda namtortar (gigroskopik) bo'lsa, uni qopqoqli byukslar yordamida tortish maqsadga muvofiqdir. Modda tortiladigan idish tortishdan awal astoydil tozalab yuviladi va doimiy massagacha quritiladi. Yaxshilab quritilgan idish yoki moddaning massasi takroriy quritishdan keyin amalda o'zgarmasa, uning massasi doimiy hisoblanadi. Analitik kimyo laboratoriyasida moddalami qog'oz ustida tortish mumkin emas. Qog'oz gigroskopik bo'lganligi uchun u havo namini tortadi. Bundan tashqari, tortilgan moddani qog'ozdan to'liq ajratib olishning imkoniyati yo'q. Gravimetrik analizdagi tortishlarning ko'p qismi moddani quritish va kuydirish bilan bog'liq. Issiq buyum tarozi pallasiga qo'yilsa, uning massasi haqiqiy qiymati dan farq qiladi. Issiqlik tarozi shayinini uzaytiradi, issiq oqim esa pastdan yuqoriga tomon harakatlanadi. Issiq oqimning pastdan yuqoriga tomon harakati natijasida tarozi pallasi ham ko'tarilishi mumkin. Tortish aniqligining yetarli talab darajasida bo'lishi uchun quritish yoki kuydirish pechidan olingan tekshiriladigan modda bo'lgan idish sovitiladi. Sovuq buyumlar tortilganda buning teskarisi boladi. Shuning uchun ham tortilishi talab etilgan issiq yoki sovuq buyumning harorati tarozixona haroratigacha keltirilgan bolishi kerak. Issiq buyumni sovitish davomida uning sirtida havo tarkibida doimo bo'ladigan namlik kondensatlanadi. Buning oldini olish uchun buyum eksikatorga joylanadi. Download 161.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling