5-laboratoriya ishi: Quruq tuzni (noma’lum tarkibli) analizini bajarish.
Ishning maqsadi: Noma’lum tarkibli quruq tuzni analizini bajarish.
Quruq moddani eritilgandan so'ng, dastlab undan kationlar topiladi, chunki ba'zi kationlarning bo'lishi bir qator anionlarni modda tarkibida yo'qligi to'g'risida xulosa chiqarishga yordam beradi.
Quruq modda eritmasi tarkibida PO43- anionlarining bo'lishi kationlarni topishga halaqit beradi. III guruh kationlarini (NH4)2S ta'sirida cho'ktirishda ishqoriy eritmadan bir vaqtning o'zida II guruh kationlari va magniy kationini fosfatlari ham cho'kmaga tushib qoladi. Shunday qilib P043+ anioni ishtirokida III guruh kationlarini II guruh kationlaridan ajratib bo'lmaydi. Ulami ajratish uchun eritmadan PO43- ni yo'qotish kerak. Buning uchun eritmada kislotali muhit(pH=5) mavjud qiladigan atsetat bufer aralashma CH3COOH+CH3COONa ishtirokida Fe3+ tuzlari bilan PO43- ni FeP04 holida cho'kmaga tushiriladi. pH ning bunday qiymatida Ba2+, Si2+, Ca2+ va Mg2+ ionlari hamda Zn2+, Mn2+, Ni2+, Co2+ va Fe2+ (ya'ni barcha ikki zaryadli kationlar) eritmada qoladi. Alyuminiy, xrom fosfatlari, aksincha FePO4 bilan birga cho'kmaga tushadi. Fosfat anionini to'liq cho'kmaga tushirish uchun ortiqcha Fe3+ kationlari zarur bo'ladi. Ortib qolgan Fe3+ ni yo'qotish va FePO4 ni to'liq ajratib olish uchun eritma qaynatiladi. Bunda ortiqcha Fe3+ kationlari asosli atsetat holida cho'kmaga tushadi. Cho'kma ajratib olinib Al3+, Cr3+ kationlari bor- yo'qligi tekshiriladi. Sentrifugat tarkibidagi boshqa kationlar boriigi I-V guruh kationlari aralashmasini analiz qilish tartibi bo'yicha topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |