1-laboratoriya ishi: Sifat reaksiyalarini bajarish texnikasi


Quruq modda tarkibidagi anionlarni topish


Download 161.91 Kb.
bet23/35
Sana27.01.2023
Hajmi161.91 Kb.
#1130271
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35
Bog'liq
4 LABORATORIYA MASHGULOTLARI (1)

Quruq modda tarkibidagi anionlarni topish
Quruq modda eritmasidan kationlarni topish jarayonida yo'l-yo'lakay u yoki bu anionlarning bor- yo'qligi to'g'risida ma'lumotga ega bo'lish mumkin. quruq modda suyultirilgan xlorid yoki nitrat
kislotada eritilgan bo'lsa, va bu eritmadan Ba2+, Sr2+, yoki Pb2+ kationlari aniqlangan bo'lsa, o'z- o'zidan ravshanki. tekshirilayotgan eritmada SO4 2- anionlari bo'lmaydi. Neytral yoki ishqoriy muhtli eritmadan Ba2+ kationlari topilgan bo'lsa, ishonch bilan tekshirilayotgan eritmada I guruh anionlarining hammasi yo'q deb aytish mumkin bo'ladi. Cho'kmasi bo'lmagan eritmadan Ag+ kationlari topilsa, II guruh anionlari yo'qligini ko'rsatadi. CO32-, S2-, SO32- va S2O32- anionlari borligi kationlarni analiz qilish yo'lida eritmani kislotali muhitga keltirishda gazlar(CO2, H2S, SO2) ajralib chiqishga qarab topilishi mumkin.
Tekshirilayotgan quruq modda eritmasida ayrim anionlarning bor-yo'qligi haqida xulosa chiqarilgandan. unda bo'lishi ehtimoli tutilgan anionlarni topishga o'tiladi.
Anionlarni topish uchun quruq moddani maxsus tayyorlab olish lozim. Anionlarni faqat eritmada K+, Na+ va NH4+ kationlari ishtirokidagana oson aniqlash mumkin. Boshqa kationlar, ya'ni «og'ir metallar»ning kationlari — II-V guruh kationlari Mg2+ kationi bilan birgalikda anionlarni aniqlashga halaqit beradi. Eritmada bu kationlarning ba'zilarini rangli bo'lishi, oksidlash-qaytarish xossalari borligi, bir qator anionlar bilan birkib, cho'kma berishga qobil ekanligi anionlarni topishga xalaqit beradi. Shuning uchun «og'ir metallanming kationlarini yo'qotish va hamma tuzi ami natriy tuzlariga aylantirish maqsadida tekshirilayotgan modda natriy karbonat Na2CO3 eritmasi qo'shib qaynatiladi Bunda II-V—guruh kationlari karbonatlar yoki gidroksidlar holida cho'kadi:
BaSO3+Na2CO3=BaSO3↓ + Na2SO3
AlCl3 + 3Na2CO3 + 3H2O = 2Al(OH)3↓+6NaCl+3CO2
Taxminan 0,lg quruq modda tigelda 0,4g kimyoviy toza suvsiz natriy karbonat Na2CO3 bilan aralashtiriladi, ustiga 50-60 tomchi distillangan suv qo'shiladi, aralashma 5 minut davomida (bug`langan suvni o'rnini to'ldirib turish uchun suv qo'shib turgan xolda) qaynatiladi.
Tigeldagi bo'lgan aralashma konussimon probirkaga o'tkaziladi, sentrifugalanib, cho'kmasi ajratiladi. Analiz kilishdan oldin «sodali so'rim» natriy karbonatniig ortiqchasini yo'qotish maqsadida sirka kislota bilan neytrallanadi. Bu ishni juda ehtiyotlik bilan bajarish lozim, kislotadan ko'prok ko'shilsa S2-, NO22- va ba’zi bir anionlarni yo'kotib yuborish mumkin. Shuni e’tiborga olish kerakki, CO32- anioni so'rim tayyorlashda eritmaga kirib koladi. Shu sababli CO32- anioni quruq moddaning ozgina ulushidan xlorid kislota ta’sir ettirib topiladi.
Quruq modda eritmasi tarkibidagi kationlar va anionlar aniqlanib bo'lgach, tekshirilayotgan namunani tuz tarkibi to'grisida xulosa chiqariladi. Masalan, agar Na+, K+, NH4+ kationlari va NO3- anioni topilgan bo'lsa, namuna kaliyli, natriyli va ammoniy nitratlari aralashmasidan iborat bo'ladi. Bordiyu, K+ kationi, shuningdek SO42+ va NO3- anionlari topilgan bo'lsa, unda quruq modda ikki tuz — K2SO4 va KNO3 aralashmasi bo'lib chiqadi va xokazo.



Download 161.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling