CrO42- -xrom ionlarining reaksiyalari.
CrO42- anioni – sariq rangli, kislotali muhitda u zarg‘aldoq rangli Cr2O72- ga aylanadi:
2CrO4-2 + 2H Cr2O7-2 + H2O
Xromat va dixromat kislotalar faqat eritmalardagina mavjud bo‘ladi va ularni toza holda ajratib olishga harakat qilinsa ular xromat angdrid CrO2 bilan suvga parchalanadi:
1.BaCl2-bariy xlorid bilan o‘tkaziladigan reaksiya
Bariy xlorid-BaCl2 xromat ionlar bilan bariy xromatning sariq cho‘kmasini hosil qiladi:
CrO4-2 + Ba2+ → BaCrO4↓
Tajriba: 2-3 tomchi bariy xlorid yoki nitratga shuncha kaliy xromat quyiladi. Bariy xromatning oq-sariq cho‘kmasi tushishi kuzatiladi.
2.AgNO3 -kumush nitrat bilan o‘tkaziladigan reaksiya.
AgNO3-kumush nitrat xromat ionlar bilan kumush xromatning nitrat kislotada eriydigan qizil-qo‘ngir cho‘kmasini hosil qiladi:
CrO4-2 + 2Ag+ → Ag2CrO4↓
Tajriba: Kaliy yoki natriy xromatning eritmasiga shuncha kumush nitrat eritmasi qo‘shiladi. Kumush xromatning qizil-qo‘ngir cho‘kmasi tushishi kuzatiladi.
3.Qo‘rg‘oshin atsetat bilan o‘tkaziladigan reaksiya
qo‘rg‘oshinning eruvchan tuzlari xromat ionlar bilan nitrat kislotada, o‘yuvchi ishqorlarda eriydigan va kislotada erimaydigan qo‘rgoshin xromatning sariq cho‘kmasini hosil qiladi:
CrO4-2 + Pb2+ → PbCrO4
Tajriba: 2-3 tomchi qo‘rg‘oshin atsetatga shuncha kaliy xromat quyiladi. Kuchli kislotali muhitda sariq cho‘kma hosil qiladi.
3.Vodorod peroksid bilan o‘tkaziladigan reaksiya.
H2O2 kislotali muhitda Cr2O72- ionini oksidlab, eritmani ko‘k rangga kiritadigan perxromat kislota H2CrO6 ga aylanadi:
K2Cr2O7 + 4H2O2 +H2SO4 → 2H2 CrO6 +K2SO4 +3H2O
Cr2O7-2 +4H2O2 +2H+ → 2CrO6-2 + 3 H2O + 2H+
Tajriba: Uch valentli xrom tuzining 3-4 tomchi eritmasiga nitrat kislotani 2n eritmasidan 3-4 tomchi, kumush nitratning 0,1 n. eritmasidan 3-4 tomchi va ammoniy yoki kaliy persulfatning 50%li eritmasidan 5-6 tomchi qo‘shiladi. Aralashma qaynaguncha qizdiriladi. Eritma to‘q sariq rangga o‘tadi. Hosil bo‘lgan eritmada CrO42- ionlari borligini tekshirish uchun eritmani sovitish, 4-5 tomchi efir, benzol yoki probirkani chayqatish kerak. Olti valentli xrom bo‘lsa, efir qatlami perxromat kislota H2CrO6 hosil bo‘lishi tufayli ko‘k rangga bo‘yaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |