1 лаборатория иши
Download 0.95 Mb.
|
грунт.мех.лаб.лотин (2)
9 - Laboratoriya ishi.
Gruntni oquvchanlik chegarasidagi namligini aniqlash. Oquvchanlik chegarasidagi namlik (Wg) deganda - namligini kamaytirib yoki ko’paytirib qilingan grunt loyini shunday xolati tushiniladiki byuksdagi loyni yuzasiga qo’yilgan standart konus, o’z og’irligi tahsirida 5 sekund davomida 10 mm chuqurlikga botishiga aytiladi va namlikni foiz bilan o’lchanadi. Maqsadi: Gruntdagi namlikni o’rganish mavzularida talaba olgan bilimlarini mustaxkamlash, ularni bilimlarini gruntlarni oquvchanlik chegarasidagi namligini tajriba usullarida qanday aniqlashga tadbiq qilishga yo’naltirishdir. Amaliy axamiyati: Gruntlarni bu chegaradagi namlik darajasini aniqlash - ularni qovushqokligini (konsistentsiyasini), qayishqoqligini (plastichnostg’), gruntni nomlarini va boshqa xossalarini xisoblash imkonini beradi. Vazifasi: Gruntni yuqori chegara namligini aniqlash tajribasini o’tkazish uchun texnologik jarayonni tayyorlash, grunt namunasini olish, tajribani o’tkazish, mexnat muxofazasi va xafsizlik texnikasiga rioya qilishni talabalarga o’rgatishdir. Zaruriy asbob-uskunalar va materiallar. 1. Gruntni quriq va loyidan namuna 250 gk 2. Farfor xovoncha va yog’och dasta 3. SHpatelg’(kurakcha) 4. Kolba suvi bilan 5. Temir idishcha (stakan) 6. Ikki yon tomonlari pasangili (balansirniy) konus KON-1( Rasm 9.1.). 7. Texnik vazelin 8. Byukslar - 4 dona 9. Torozi toshlari bilan 10. Sekundomer yoki soat 11. SHisha eksikator таглик Думалок болчи ушлагич Грунт лойи пасанги Rasm 9.1. Standart konusi KON-1. Ishni borishi: 1. Tabiiy gruntdan namuna olinib, quritiladi va farfor xovonchaga solib yog’och dastacha bilan maydalanadi (bunda grunt donachalarini pachaqlab sindirib ko’yishdan extiyot kilish kerak). 2. Bu gruntni 200 gk cha xajmda olib, suv bilan qorishtiriladi, qo’yiq loy xosil bo’lgunga qadar, loy bir sutka davomida yopiq shisha idishda (eksikatorda) usti yopiq xolda saqlanadi, bundan maqsad shuki gruntda namlik bir xilda tarqalishni tahminlashdir. 3. Standart konus KON-1 asbobi tagligi, alyumin byuksi va 30 burchakli uchidan 10 mm yuqorida dumaloq chizilgan belgisi bor konus, unga yarim doirasimon po’lat sim biriktirilgan, simni ikkita uch tomoniga teng vazinli metall pasangilar biriktirilgan. Konusni pasangilari bilan og’irligi 76 gk ga teng, uni tozalab ishlatishga tayyorlanadi. 4. Eksikatordagi tayyorlangan loy shpatelg’ bilan standart byuksga solinadi, unda loyni ichida g’ovak bo’shliqlar kolmasligi zarur, stakanni qirg’og’i bilan tekkis qilib loyni to’ldirib, KON-1 ni tagligi ustiga qo’yiladi. SHakl -9.1. 5. Stakandagi loy yuzasiga, vazelin surkalgan pasangilik konusni uchini asta-sekinlik bilan qo’yiladi, konus o’z og’irligi bilan gruntga botadi, botish vakti 5 sekund o’tgandan keyin, konusdagi doiraviy chizik belgisi loy yuzasiga yetib kelmasa, gruntdagi namlik oquvchanlik darajasida emas. — Bunda loyni idishga qaytarib solinadi va qo’shimcha suv berilib loy yaxshilab shibbalanadi va qayta ishlanadi. — Loy tayyor bulgandan keyin temir byuksga solinib konusni botiriladi 5- bandda aytilgan xolatni qaytariladi. — Agar konusni chizigi 5 sek ga yetmay loyga botib ketsa, u xolda gruntda namlik oshib ketganligini bildiradi, loy idishga kaytarib solinadi unga quruq grunt qushilib yaxshilab shibbalanib qayta ishlanadi. — Loy tayyor bo’lgandan keyin temir stakanga solinib konusni botirish yana takrorlanadi. — Bu xolatlarni bir necha martda takrorlab 5 sekund davomida, konus o’z og’irligi tahsirida 10 mm cho’kishiga erishiladi. 6. Jarayon tugagach stakandagi loydan 25 gk miqdoridan kam bo’lmagan grunt namunasi olinib 5-chi laboratoriya ishidagi namlikni aniqlash ishlari qaytariladi, Uning natijalarini 9-jadvalga kiritilib, gruntdagi namlik aniqlanadi va butun foizda o’lchanadi. Grunt namunasini mutloq quruq xoldagi og’irligi Q0 = Q3 - Q1, gk Grunt namunasidagi oquvchanlik chegarasidagi namlik miqdori Q4 = Q2 – Q3 Gruntni oquvchanlik chegarasidagi namligi quyidagi ifodadan topiladi Wt = (Q4 / Q0 ) 100 % Tajriba uch marta takrorlanib o’rtachasi olinadi. 9-jadval Tajriba natijalari
Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling