1 лаборатория иши


Download 0.95 Mb.
bet9/21
Sana10.10.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1697076
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
грунт.мех.лаб.лотин (2)

7 - Laboratoriya ishi.


Qumli gruntlarni donadorligini aniqlash (elash usulida).

Donadorlik gruntni zarralarini qanaqa o’lchamlarda va ular qanday miqdorda grunt tarkibida mavjudligidan dalolat beradi. Yaqin o’lchamli grunt zarralarini to’plamiga - fraktsiyalar deb ataladi.


Masalan: kum zarralarini fraktsiyasi (2  0,05 mm)gacha, changsimon zarralar fraktsiyasi esa (0,05  0,005 mm) o’lchamlarda bo’ladi va x.k.


Maqsadi:
Talabalarni nazariy bilimlarini aniq masalalarga tadbiq qilish, tabiiy xolda yotgan qumli gruntlarni donadorligini aniqlash usullarini, unga ishlatiladigan asbob-uskunalar va ularda tajribalar o’tkazib natijalarni taxlil qilishni talabalarga singdirishdir.
Amaliy axamiyati:
Gruntni donadorlik tarkibidan - uning siqilishi, qirqilishga qarshiligi, g’ovakligi, suv sizuvchanligi, elastikligi, xajm o’zgartirishi, o’tirishi, shishishi (donalari yopishgan gruntlarda) va boshqa xisoblash ishlarini bajarishga imkon beradi.
Vazifasi:
Donadorlikni aniqlashda ishlatiladigan texnologik tizimni ko’rsatish, talabalarga tajriba o’tkazishdagi mehyoriy xujjatlar, standartlardan foydalanishni o’rgatishdir.
Zaruriy asbob-uskunalar va materiallar.
1. Qumli grunt namunasi (500 - 1000 gk)
2. Torozi toshlari bilan.
3. Standart g’alvirlar komplekti.
4. Idishchalar 510 sm3 xajmli
5. SHpatelg’
6. Farfor tayoqcha, rezina pestik bilan


Ishni borishi:
1. Qumli gruntni (500 - 1000 gk) xajmdagisini xavoda quritib, qattiq karton kog’ozga, yupqa qilib (4-6 mm) tekkis qalinlikda yoyiladi; kvadrat usuli asosida, yani tekislab yoyilgan gruntni perpendikulyar chiziqlar o’tkazish bilan to’rtta teng kvadratga bo’linadi xamda bir-biriga qarama-qarshi tomonidan namuna olinadi.
2. Grunt namunasini farfor idishga solib, yepishib qolgan kesaklarini tayoqcha bilan oxista maydalanadi va 100 gk (0,01 gk aniqlikda) namuna tortib olinadi.
3. G’alvirlar ko’zlarini o’lchamlariga ko’ra quydagi tartibda tik qilib teriladi 10; 5; 2; 1; 0,5; 0,25; 0,1 mm, eng tagiga osti butun taglik quyiladi.
4. Qumli grunt namunasini g’alvirni yuqoridagisiga solinadi va kopqog’i yopilib, qo’lni qafti orkali yengil tahsir bilan elanadi. Elash 3 min davom etadi.
5. Elash tugalandi deyish uchun, xar bir ko’zli g’alvirni aloxida olib oq qog’oz ustida elanganda zarralar tushmasligi kerak. SHunda shu g’alvirda elash tugadi deyiladi; xamma g’alvirlarni shu tarzda tekshiriladi.
6. Elash natijasida qumli grunt namunasi kuyidagicha fraktsiyalarga ajraydi; yuqori g’alvirda 10 mm dan yirikrog’i; undan keyingilarida 10-5 mm, pastida 5-2 mm, yana pastda 2-1 mm va x.k. Taglikda esa 0,1 mm dan kichik fraktsiyalar to’planadi.
7. G’alvirlardagi kumli grunt qoldiqlarini, oldindan kuritilib, tozalab, tortilib qo’yilgan idishlarga aloxida-aloxida solinadi va ularni xar-birini tortiladi, grunt namunasini umumiy massasiga nisbatan foizda qoldiqlar aniqlanadi. Natijalar 7-jadvalga kiritiladi.
8. Namunani umumiy massasiga nisbatan uni kamayish 1 foizdan kichik bo’lishi kerak, aksi xolda tajriba aniq bajarilmagan deb topiladi.
Sinovda paydo bo’lgan 1 foizdan kam tapovutni xamma fraktsiyalarga baravar bo’lib tashlanadi.
9. 7-jadvalni, 3, 5 va 7 bandlaridagi grunt massasiga nisbatan foiz xisobida 2; 0,5; 0,25 va 0,1 mm yirik fraktsiyalarini yig’indisi aniqlanadi.
QMQ ni jadvaliga asosan qumli gruntni nomi aniqlanadi.
7-jadval
Elash usulidagi tajriba natijalari taxlili.



Tar №

Ko’rsatgichlar

G’alvir ko’zlarini diametri, mm

Taglik (poddon)

10

5

2

1

0,5

0,25

0,1

1

Gruntni fraktsiyasi, mm

> 10

105

5….2

2….1

1…0,5

0,5…0,25

0,250,1

<0,1

2

Fraktsiya massasi, gk

























3

Fraktsiyani massaga nisbatan xajmi foizda

























4

Gruntni fraktsiyasi, mm

> 2

>0,5

-

>0,25

-

>0,1

-

<0,1

5

Fraktsiyani massaga nisbatan xajmi foizda

























6

Gruntni fraktsiyasi, mm

-

<10

<5

<2

<1

<0,5

<0,25

<0,1

7

Fraktsiyani massaga nisbatan xajmi foizda

























Xullosa: qumli gruntni nomi ___________________________



Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling