1 лаборатория иши
Gruntlarning siljishga chegaraviy qarshiligini mustaxkamlik sharti
Download 0.95 Mb.
|
грунт.мех.лаб.лотин (2)
Gruntlarning siljishga chegaraviy qarshiligini mustaxkamlik sharti.
Gruntlarni siljishga qarshiligini aniqlanish, bino va inshootlar zaminidagi gruntlarni mustaxkamligini va turg’unligini baxolaydi, chunki buzilish gruntlarni donalarini siljishi bilan boshlanadi. Morni mustaxkamlik qonuniyatlarida keltirgan isbotlarida, namuna qaysi materialdan bo’lmasin, uni buzilishi, normal va tangensial kuchlanganlik larni mahlum nisbatidan boshlanadi, chunki namunani qirqilish tekisligini ayrim joylarida siljish yuzachalari paydo bo’ladi. Tangensial kuchlanish , siljish yuzasiga tahsir etayotgan normal kuchlanish ni funktsiyasidir, shuning uchun qiymatini oshishi bilan qiymati oshadi. Bu bog’lanishni 1773 yilda Kulon taxlil qilib qumsimon (sochiluvchan) gruntlarni siljishga qarshiligi, grung donalarini ishkalanish qarshiligi bo’lib, u normal bosimga to’g’ri proportsionaldir deb izoxlangan. Kumsimon (sochiluvchan) gruntlarni donalarini yopishqoqlik kuchi (s 0) juda kichik bo’lganligi uchun, uni xisobga olinmaydi, unda chegara i = I tg MPa ; ularni bog’lanishi to’g’ri chiziqli bo’lib, 13.3 grafiklarda keltirilgan. Rasm.13.1. Gorizontal yuza bo’yicha gruntni siljishini aniqlash asbobi: a - yuqori qismi ko’zg’aluvchan oboymali; b - ostki qismi ko’zg’aluvchan oboymali; 1 - kolg’tso; 2 - grunt namunasi; 3 - shtamp; 4 - asbob korpusi; 5 - teshikli plastina; 6 - gorizontal bosim ulanuvchi ilgaklar; 7 - indikatorlar. 6 2 5 1 3 4 Rasm 13.2. Kundalang o’q bo’yicha gruntlarni siljishini (kirqilishini) aniqlash M.N.Troitskoy asbobi: 1 - tik bosim berish mexanizmi; 2 - stol; 3 - gruntni namunada siljishini yuzaga keltiruvchi qismi; 4 - tormoz; 5 - gorizontal bosim berish mexanizm; 6 - toshlar. Gill gruntlarni siljituvchi tahsirlarga qarshiligini, normal bosimni siljish yuzasidagi bosimga to’g’riproportsionalligi va normal bosimga bog’lanmagan, grunt donachalarni (zarralarni) yopishqoqlik kuchlari yig’indisidir deb olish mumkin, yoki gilli gruntlarni konsolidatsiyasi tugagandan keyingi siljishga chegaraviy (oxirgi) karshiligi, normal bosimni birinchi darajali funktsiyasi ifodasidan aniqlanadi. chegara i = I tg + s , MPa ; bu yerda - gruntlarni ichki ishqalanish burchagi; s - gruntlarni (tutinish) yopishqoqlik kuchi. Gilli gruntlarni siljishga qarshiligi, ularni namligiga, g’ovakligiga, elastikligiga va konsistentsiyasiga bog’liqdir. Gruntlarni mustaxkamlik ko’rsatgichlari s va , zaminni yuk ko’tarishini, grunt massivlarini turg’unligini, to’siqlarga bosimlarni aniqlashda va boshka loyixalashlarda ishlatilib, ularni laboratoriyalarda o’ta aniqlikda bajarilishi zarur. Gilli gruntlarni siljishiga qarshiligini aniqlashdagi kuchlanishlar o’rtasidagi chiziqli bog’lanish 13.4 grafiklarda keltirilgan. Rasm 13.3. Qumli gruntlarni siljishga qarshiligi diagrammasi. a - gruntni siljishidagi ko’chishlar diagrammasi (1-2-3-bosimning xar xil qiymatlarida); b - gruntni siljishidagi chegaraviy (oxirgi) qarshiligi diagrammasi. Rasm 13.4. Gilli gruntlarni (donalari yopishgan) siljishga bo’lgan chegaraviy (oxirgi) qarshiligi diagrammasi (suvlari sizigan - berilgan bosimlarda konsolidatsiyasi tugagan): a - zichlanish va bo’shatish (ko’pchish) egri chiziqlari; b - siljish diagrammasi. Gruntlarga bosimlar tahsirida, yuqoridagi qonuniyatlarni bajarilishini va s - yopishqoqlik kuchini xisoblash ishlarini laboratoriya usulida, ko’rsatilgan o’qni gorizontal yuzasi bo’yicha, bir qirqimli gruntlarni siljishga karshiligini VSV-1, GGP-30 asbobida aniqlashni kuyida tajribida bajariladi. Rasm 13.2. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling