1 лаборатория иши
Download 0.95 Mb.
|
грунт.мех.лаб.лотин (2)
14 - Laboratoriya ishi.
Nisbiy cho’kuvchanlikni aniqlash. Maqsadi: Gruntlarni cho’kuvchanlik xossalari nima, ular kanday toifalarga bo’linadi, tajribalarda aniqlanish usullari, gruntlarni yuk ko’tarishiga bog’liqligi, poydevorlarni talofat olishiga tahsiri, shu jarayonda qilinadigan injenerlik ishlarini, talabalar «Gruntlar mexanikasida» o’rgangan nazariyalarni, laboratoriya sinovlarida qo’llab bilimlarini chuqurlashtirishdir. Amaliy axamiyati: O’zbekiston mamlakatimizda ko’p xududlarni yer maydonlarini cho’kuvchan lyoss va lyossimon gruntlar egallab yotadi, ularni qalinligi 0,5 m dan 74 m gachadir, bu rayonlarda xamma ko’rinishdagi qurilishlarni qilish katta sarf-xarajatlarni talab qiladi. Sarf xarajatlarni tejash, samarali qilish uchun joylardagi mavjud cho’kuvchan gruntlarni qurilish xossalarini yuqori aniqlikda bilish zarur, faqat shundagina ishlatilayotgan bino va inshootlarni, xamda yangilarini zamin gruntlarini cho’kuvchanlik xususiyatlarini muxofaza qilib, qattiq talofatlar oldini olinadi. Vazifasi: CHo’kuvchan gruntlarni toifalarini, tarkibini, deformatsion xossalarini, suv tahsirida bo’ladigan o’zgarishlarini, shularni aniqlashda ishlatiladigan asboblarni, ularni ishlatishni talabalarga o’rgatishdir. Zaruriy asbob uskunalar va materiallar: 1.12-laboratoriyada gruntlarni kompressiyasini aniqlashda ishlatilgan asboblar. 2.CHo’kuvchan lyoss yoki lyossimon grunt monoliti. Ishni borishi: 1. Gruntni namunasini olish, tajribaga tayyorlash, odometrga joylashtirish, tajribani gruntni tabiiy namlik darajasida bosilab ishni olib borish tartiba 12-laboratoriyadagi ko’rsatmalar asosida bo’ladi. Nisbiy cho’kuvchanlikni kompressiya asbobida aniqlashda, bir egri chiziqli va ikki egri chiziqli usullardan foydalaniladi. Bir egri chiziqli usuli - (rasm 14.1a) bitta grunt namunasini, tabiiy namligida, odometrda berilgan ixtiyoriy bosim tahsirida kompressiyasi kuzatiladi, gruntda deformatsiya stabillashgandan keyin (konsolidatsiya tugagach) xisob jurnaliga yozilib, bosimni o’zgartirmasdan, gruntni to’la suv shimdiriladi, bunda gruntda qushimcha deformatsiya sodir bo’ladi, uni o’lchab jurnalga yoziladi. Tajribani qolgan (bosimni boshqa bosqichlarida) davom etiriladi. Tajriba uch marta qaytarilib o’rtachasi olinadi, chiziqli bog’lanishi 14.1a grafikga o’xshab chiziladi. Ikki egri chiziqli usul – (rasm 14.1b) grunt namunasini oldin tabiiy namligida tashqiy bosimni belgilangan bosqichlari uchun tajribasi o’tkazilib kompressiya egri chizig’i tuziladi (20.1b.1). Keyin ikkinchi namunani o’sha gruntdan olib to’la suv shimdirilgan xolda o’sha bosimlarda kompressiya tajribasi o’tkazilib kompressiya egri chizig’i tuziladi (rasm 14.1b.2). Tajriba borayotgan jarayonda grunt namunasini suvsizlanib qolishidan extiyot bo’linishi kerak, suvni odometrga maxsus joyidan, namunani osti yoki ustidan berilishi mumkin. Bir egri chiziqli usul - poydevor ostidagi bosim aniq bo’lgan xollar uchun ishlatiladi. Ikki egri chiziqli usul - poydevorga beriladigan bosim aniq bo’lmagan xollarda ishlatiladi, uni samarali tomoni shuki, xoxlagan tashqiy bosimni qiymatida nisbiy cho’kuvchanlikni g’ovaklik koeffitsienti orqali quydagi ifodadan aniqlash mumkin. pr = (e1 - e2) / (1+ e0) bu yerda ye1 - tabiiy namlikdagi gruntni g’ovaklik koeffitsienti, berilgan R bosim uchun; e2 - R bosim tahsirida turgan o’sha grunt namunasiga to’la suv shimdirilgandan keyingi g’ovaklik koeffitsienti; e0 - tabiiy namlik xolatidagi gruntni, tabiiy bosim tahsirida turgandagi g’ovaklik koeffitsienti. CHo’kuvchanlik, deformatsiyani ko’rinishi bo’lib u lyoss va lyossimon gruntlarni minerologik, donadorlik tarkibiga, zichligiga, namligiga va gruntni qanday kuchlanish xolatda turganligiga bog’liq.SHuning uchun zamin gruntlarini cho’kuvchanligini, poydevordan tushayotgan bosimni aniqlab, o’sha bosim tahsirida aniqlanishi maqsadga muvofiqdir. CHo’kuvchanlik grunt massivlarida, uni yuzalarida yoriqlar paydo bo’lishi va grunt satxlarini o’trishlarini sodir qiladi. Ilova-1. Gruntlarni siljishga (qirqilishga) sinash tajriba natijalari.
Rasm 14.1. CHo’kuvchan gruntni kompressiya egri chizig’i: a - bir egri chiziq usulida; b - ikkita egri chiziq usulida; 1 - tabiiy nam grunt uchun; 2 - g’ovaklari suvga to’la grunt uchun. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling