1 лаборатория иши


Download 0.95 Mb.
bet18/21
Sana10.10.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1697076
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
грунт.мех.лаб.лотин (2)

13 - Laboratoriya ishi.


Gilsimon gruntlarni siljishga qarshiligini namunani
to’g’ri kesilish usulida aniqlash.

Gruntlarni siljishga qarshiligini laboratoriya sharoitida ishlashga qulay, amaliy jixatidan sinovlardan o’tgan, ustki yoki ostki oboymasi (metall qismi) qo’zg’alib belgilangan o’q bo’yicha gruntni siljishini taminlaydigan asbob VSV-1 yoki GGP-30da bajariladi.




Maqsadi:
Zamin gruntlarini tabiiy xolatdagi mustaxkamligini, zarralarni yopishqoqlik (tutinish) kuchlarini, ichki ishqalanish qarshiligini, qirqilish yuzlaridagi normal va tangentsial kuchlanishlarni aniqlash, ularni bog’liqligi, siljishga chegaraviy qarshiliklarini aniqlashda nazariy bilimlarni tajriba ishlariga tadbiq qilib talabalar bilim sifatini ko’tarishdir.


Amaliy axamiyati:
Bino zaminlarini yer qurilishi, suv inshootlari dambalari, qirg’oqlarni, grunt massivlarini surilishi va boshqa ko’p xollarda gruntlarni mustaxkamligi xamda turg’unligini aniqlashga imkon yaratiladi.


Vazifasi:
Ishning maqsadida keltirilgan ishlarni bajarishda ishlatiladigan asbob-uskunalarni ishga tayyorlash, ishlatish, natijalarni taxlil qilishni talabaga o’rgatishdir.


Zaruriy asbob uskunalar va materiallar:
1. Bir qirqimli siljishga qarshilikni aniqlash va GGP-30m asbobi.( Rasm 13. 2)
2. Filg’tr qog’ozi
3. Soat
4. Pichoq
5. Soatsimon indikatorlar
6. Grunt namunasi


Ishni borishi:
1. GGP-30m asbobini (rasm 19.2), yuk yelkalarini osma bog’iqlari bo’shatilib, tik bosim beruvchi ramalar joyidan olinadi, asbobni yuqorigi qo’zg’aluvchan qismi chaqirilib olinib porsheni, ko’zli plitasi, kolg’tsosi va boshqa qismlarga ajratiladi.
2. Asbobni kolg’tsosini tekshiriluvchi gruntga botiriladi, grunt namunasi kolg’tsoga joylashgandan keyin, kolg’tsoni usti va ostidagi chiqib turgan grunt, tekaslagich bilan qirqib tozalanadi. Unda gruntni tabiiy strukturasi buzilmasligi shart.
Kolg’tsodagi grunt namunasini ostki va ustki qismini filg’tr qog’ozi bilan berkitilib, yon tomonlari tozalanadi.
3. Kolg’tsoni asbobga joylashtiriladi, uni ustki qismidagi qolgan detallari o’rnatiladi, ustki qismini joyidan qo’zg’almasligini tahminlovchi, ikki yon tomondagi boltlar joylariga tushariladi, ko’zg’aluvchi kolg’tso porshinini bosib oldingi gruntli kolg’tsoni o’zini qirqilish o’qidan pastga tushiradi. Yuqoridan bosilgan porshen kolg’tso qirqilish yuzasiga kelib tuxtaydi.
4. Asbobni ikki qismga ajratib turgan o’qda grunt namunasi o’zi qoladi.
5. Bosim richaglari joyiga keltirilib, tashqiy yukni qo’yishga xozirlanadi, soatsimon indikatorlar o’rnatiladi, ulrni shkalalari 0ga keltiriladi. Gruntni tik o’qi bo’yicha tik o’q pasangisiga bosimni birinchi pog’onasini (40N) sekin-asta qo’yladi.
6. Bosim berilishi zaxotidan vaqtni sanog’i boshlanadi, jurnalda ko’rsatilgan xar bir vaqt boskichida indikatorlardan cho’kish miqdori yozib boriladi.
7. Agar berilgan bosim bosqichida indikatorlarni shkalasi to’xtab, 12 min ichida joyidan qo’zg’almasa, shartli ravishda deformatsiya konsolidatsiyalandi deb, cho’kishni jurnalga yoziladi.

13.1-jadval


Gruntlarni siljishga (qirqilishga) sinash tajriba natijalari.




taj-rib

Kuch yelkalaridagi toshlar

Qirqilish yuzasidagi kuchlanishlar MPa

Grunt namunasini qirqilish yuzasidagi gorizontal deformatsiyasi
S, mm







Tik o’k bo’yicha R, n

Gorizontal o’k bo’yicha Q, n

Normal 

Tangensial 

1

2

3

4

5

6























































8. Tik o’q bo’yicha deformatsiyalar indikatorlarni ko’tarib qo’yilib, birinchi bosqich bosim 0,1 MPa (40N) tahsirida zichlashib turgan gruntni, siljishga qarshiligini aniqlanadi.


9. Asbobni ustki qismini gorizontal o’q bo’yicha siljish deformatsiyasini o’lchaydigan maxsus joyiga indikatorni o’rnatiladi (rasm 13.2), uni shkalalari 0ga keltiriladi.
Ustki qismini qo’zg’alishdan saqlaydigan (kontrol) boltlari ko’tariladi, asbobni ishga shayligi tekshiriladi.
10. Gorizontal bosim beruvchi yelkani yuk bog’ichlarini o’rniga qo’yib, pasangisiga jurnalda ko’rsatilgan (ilova 1) yukni birinchi miqdorni 4 N asta-sekin qo’yiladi, shu daqiqadan boshlab, sekundomer yoki soat yordamida gruntdagi siljishni kuzatiladi, indikatorni shkalasi to’xtab 12 min ichida joyidan qo’zg’almasi, (13.1 jadval) jurnalga xosil bo’lgan siljishni miqdorini yoziladi. Pasangidan yukni olmay uni ustiga qo’shimcha yuk qo’yilib (ilova-1) gorizontal yelkadagi ikkinchi bosqich yukni 8 Nga orttiriladi. (40 N tik bosim tahsirida turgan gruntni) Gorizontal yuza bo’yicha siljishni davomi indikator yordamida vaqt bo’yicha kuzatiladi, indikatorni shkalasi to’xtab 12 min ichida, joyidan qo’zg’almagan xolatdagi siljish ko’rsatgichi jurnalga yoziladi (13.1 jadval).
11. 40N bosim tahsirida zichlashib turgan gruntni siljishga qarshiligini, gorizontal qirqilish yuzasidagi bosimni, 12, 16, 20, 24, 28N yuklar qo’yib o’stirib, siljishni 10-bandda aytilgandek kuzatiladi, yukni xar bir bosqichi uchun oxirgi siljish deformatsiyasini qiymati jurnalga yozilaveradi.
12. Gorizontal yelka pasangisiga qo’yilayotgan yuklarni 4 dan 28 N gacha yoki undan ko’p oralig’ida, yukni i bosqichida indikatorni strelkasi bir-uch marta to’la aylanib ketadi, bu xolat gruntni gorizontal yuza bo’yicha qirqilganidan dalolat beradi, bu xolatni yuzaga keltirgan yukni 13.1 jadvaldagi grafasiga «qirqilish» yuz berdi deb yoziladi.
13. Asbobni ichidagi grunt olib tashlanadi, keyingi etap tajribasini o’tkazish uchun, zaminni ilgarigi namuna olingan joydan yangi namuna olinib 14 bandlaridagi tajriba ishlar yangidan bajariladi.
14. Xuddi shunday tik bosimni 0,2 MPa boschiqlariga yoki tik o’q pasangidagi yukni 80N miqdorlarida gruntni deformatsiyasi kuzatilib, 5,6,7 bandlardagiday ishlar bajariladi, stabillashgandan keyin, indikatorlardan cho’kishlarni miqdorini olib jurnalga yoziladi va 8 bandda ko’rsatilgan ish bajariladi.
15. Tajriba ishlarini 912 bandlaridagi ko’rsatmalarni tik bosimni 0,2 MPa ikkinchi pog’onasi uchun xam bajarilgandan keyin 13 banddagi ko’rsatma qilinadi.
16. Yuqoridagi ikkinchi bosqich, tik o’q bo’yicha bosimni 0,2 MPa qiymatida bajarilgan ishlar, endi tik o’q bo’yicha bosimni 0,3 Mpa qiymatida to’la taqrorlanadi. Olingan natijalarni tajriba jurnaliga kiritiladi.
17. Tajriba natijalarini taxlil qilib, 13.3 yoki 13.4 rasmlardagi chiziqli tangensial  kuchlanganlikni, normal  kuchlanganligiga bog’lanish grafiga tuziladi, grunt xaqida xulosalar yoziladi.

Sinovni donalari yopishgan gilli gruntlar uchun o’tkazilishi rejalashtirilganda, tajribani birinchi etapidagi 5, 6, 7 va 8 bandlaridagi ko’rsatmalar qilinmaydi. CHunki gruntni tutinish kuchi S (stseplenie) aniqlanishi zarur (yoki gruntga tik bosim berilmaydi,  = 0 bo’ladi).


Tajribani birinchi etapidagi qolgan barcha ko’rsatmalar bajariladi, natijalari jurnalga kiritilib, tutinish kuchi S kuyidagicha aniqlanadi.
S = S/F MPa;
bu yerda S - gruntni gorizontal yuzasida qirqilishni sodir qilgan yuk;
F - grunt namunasini gorizontal yuzasi, sm2.
Donalari yopishgan o’sha gruntni yangi namunalarida, tik bosimni 0,1 ; 0,2 va 0,3 MPa qiymatlarida, tajribani 112 bandlaridagi ko’rsatmalarini sifatli bajarilib, 13.1 jurnaliga kiritilib natijalari taxlil qilinib chiziqli bog’lanishi grafigi tuziladi.



Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling