1 лаборатория иши
Download 0.95 Mb.
|
грунт.мех.лаб.лотин (2)
11 - Laboratoriya ishi.
Qum gruntlarining tabiiy qiyalik burchagini aniqlash. Tabiiy qiyalik burchagi deb - gorizontal yuzaga erkin to’kilgan qumni, shu yuzaga nisbatan xosil qilgan burchagiga aytiladi va belgilanadi. Maqsadi: Qum gruntlarini yonbosh va gorizontal yuzalarda xosil bo’layotgan kuchlanishlarni aniqlash, gruntlarni turg’unligini baxolash, ularni yuk ko’tarishini xisoblash, chegaraviy xolatdagi mustaxkamligini aniqlashlarni texnologik tizimlarini o’rgatishdir. Amaliy axamiyati: Tangensial kuchlanishlarni xisoblashda, yonbag’irliklardagi gruntlarni turg’unliklarini, kumsimon gruntlarni yuk ko’tarishi, mustaxkamligini aniqlash va boshqa xisob-loyixalash ishlarini olib borish imkonini beradi. Vazifasi: Talabalarga tajriba tizimida ishlatiladigan asbob-uskunalarni o’rgatish, grunt namunalarini tayyorlash, tajriba natijalarini taxlil qilishni o’rgatish. Zaruriy asbob-uskunalar va materiallar. 1. IIB (UVT)-2 asbobi 2. Qum 3. Kurakcha 4. SHpatel 5. Farforli tayokcha, rezina pestik 6. Quritish shkafi Ishni borishi: 1. 2mm ko’zli g’alvirda xavoda qurigan qumni oldindan elab tayyorlanadi. 2. IIB(UVT)-2 asbobi, quyidagi elementlardan tuzilgan (rasm 11.1), organik moddalardan tayyorlangan oynakli idish 1, qirg’og’i gorizontal yuza 2, uni o’rtasiga o’rnatilgan gradusli o’lchov lineykasi 3, konussimon oboyma 4, qumni solgani voronka 5. 3. Gorizontal yuza uchta puti bulib asosga tayanib turadi 2, atrofida balandligi 5 mm bo’lgan kirg’og’i bor, yuzaning markazida tik o’rnatilgan 3 sterjenda o’lchash shkalalari bo’lib shkalalarni gradatsiyasi 5 dan 45 gacha 1 aniqlikda bo’lingan. Konussimon oboymani (4) vazifasi to’kilayotgan qumni ushlab qolish. 4. Tayer terilgan asbob(Rasm 11.1a) IIB-2 ga qumni oxista voronka orqali xamma atrof joylariga bir xilda qilib quyiladi. 5. Sekin-asta oboymani yuqoriga ko’tariladi, qumni idishga to’kilishi boshlanadi. 6. Qum idishga erkan tukilib bo’lgandan keyin qolgan kumni ustidan tik sterjendan xisob olib, jurnalga yoziladi. 7. Bu xolat 3-5 marta takror qilinib xar safar tik sterjendan xisobot olib jurnalga yoziladi (butun gradus xisobida). Ularni o’rtachasini xisoblanadi. Xar bir takrorlangan xolatda natijalar o’rtasidagi tapovut 1ga ruxsat etiladi. 3 5 4 1 3 4 5 Rasm 11.1. Qum gruntlarini tabiiy kiyalik burchani aniqlash asbobi. a - ishchi xolatda b - bo’laklarga ajratilgan xolatda 1 - organik oynakda qilingan idish 2 - qirg’oqli gorizontal yuza, qirg’og’i balandli 5 mm. 3 - tik tsilindrik sterjen’ graduslarga bo’lingan. 4 - konussimon oboyma 5 - voronka qumni tukish uchun Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling