1 лаборатория иши
Download 0.95 Mb.
|
грунт.мех.лаб.лотин (2)
6 - Laboratoriya ishi.
Gruntning tabiiy namligini «Spirt-benzin» usulida aniqlash (laboratoriya xamda dala usuli). Gruntni tabiiy namligini bu usulda aniqlash gruntni 7-10 gk miqdordagi namunasiga, spirt yoki aviatsion benzinni aralashtirib yoqilishi natijasida suvni parlanib, quritilishiga asoslanadi. Maqsadi: Mahruzada shu mavzu bo’yicha, talabalarni olgan nazariy bilimlarini, gruntlarni tabiiy namligini laboratoriya va dala sharoitilarida tezkor usullarida aniqlashga tadbiq qilishni va uni texnologik tizimini talabalarga singdirishdir. Amaliy axamiyati: Laboratoriya uzoqda joylashgan tumanlarda yoki gruntlarni tabiiy namligini joyida aniqlanishi zarur xollarda, zamin gruntlarini xossalarini tezkor aniqlab loyixalashga topshiriqlar tayyorlash va boshka xolatlarda 5-laboratoriya ishida kursatilgan xisoblash ishlarini tezkor bajarilishi tahminlanadi. Vazifasi: Namlikni tezkor usullarda aniqlash yo’llarini talabalarga ko’rsatish, unda ishlatiladigan asboblarni sozlash, texnologik jarayonni talabalarga o’rgatishdir. Zaruriy asbob-uskunalar va materiallar. 1. Bogdanov uskunasi (rasm 6.1) 2. Torozi toshlari bilan 3. Sopol idish 4. SHpatelg’ 5. Spirt yoki aviatsion benzin 6. Sopol (metlax) plitkasi 7. Filg’tr qog’ozi 8. Gurgut Ishni borishi: 1. Tagankani galvirsimon ko’zlaridan taglikga gruntni zarralari tushib ketmasligi uchun, filg’tr qog’ozi to’shaladi, taganka filg’tr qog’oz bilan tortiladi (Qt ; gk). 2. Tagankani ichiga 10-15 gk tabiiy nam grunt solinadi va filg’tr qog’oz ustida tekkis qilib yoyiladi; taganka, filg’tr qog’ozi va grunti bilan tortiladi (Q1 ; gk). 3. Tagankani grunti bilan birga sopol yoki beton plitka (taglik) ustiga qo’yiladi (yong’in xafini oldini olish uchun). 4. Tagankadagi grunt namunasini 5 sm3 spirt yoki aviatsion benzin bilan xo’llanadi, suyuklikni nami qog’ozdan o’tib taglikni usti namlangandan keyin yana 5 sm3 quyilib grunt aralashtiriladi. 5. Gruntdagi spirtni yoqib yuboriladi. Spirt yonib bo’lgandan keyin, grunt sovutiladi va taganka quriq grunti bilan tortiladi (Qi0 ; gk). Rasm 6.1. Grunt namunasini «spirt-benzin» usulida quritish asbobi (Bogdanov): 1- uch oyoqli taglik idishi; 2 - galvirsimon ko’zli idish «taganka». 6. Grunt namunasiga 5 sm3 spirtni yana sepiladi; spirtni yondirib gruntdagi qolgan suvlarni xam parlatib - uni sovutib, gruntni taganka bilan yana tortiladi (Q20 ; gk). Natijalarni tajriba jurnaliga kiritiladi (6-jadval). Agar Q10 va Q20 lar o’rtasidagi farq 0,05 gk dan oshmasa, grunt quriq xolga kelgan deb olinadi, aks xolda gruntni yoqish bir necha marta davom ettirilaveradi Qi0 Namunani tarkibidagi suvni aniqlash uchun to’g’ri kelsa Q20ni miqdorini yoki shart qanoatlanmasi Q10dagi miqdorini olinadi. Q2 = Q1 - Q20 yoki Q2 = Q1 - Qi0 Quruq xolatdagi grunt namunasini og’irligi xam Q0 = Q20 - Qt yoki Q0 = Qi0 - Qt bo’ladi. Q2 va Q0 larni xisoblangan natijalarini 6-jadvalga kiritiladi. 6-jadval Tajriba natijalari.
Gruntni tabiiy namligini kuyidagi ifodadan xisoblab topiladi. W = (Q2 /Q0) 100 % Tajribani uch martta qaytariladi va o’rtachasini xisoblab, gruntni tabiiy namligi aniqlanadi. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling